O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.97 Mb.
bet59/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

Pedagogik qobiliyatlar

Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishidir.

Pedagogik qobiliyat - bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishini aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi qanday? Quyida bu masalani ko’rib chiqamiz.

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko`p qirrali psixologik bo’limlardan iboratliligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin egallaydigan qator komponentlarni (tarkibiy qismlar) ajratab ko`rsatish mumkin:

1. Didaktik qobiliyatlar-bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg`ota oladigan qobiliyatlardir.

Didaktik qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv materialini osonroq, murakkabrog`ini soddaroq, tushunishi qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bera oladi, o’qituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «o’qituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani aniq, ravshan va tushunarli qilib berishida-da. Bunday o’qituvchining qo’lida mazza qilib o’qiging keladi»; «Unusi esa hech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, hech ham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq - mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz» - deydilar.

Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat, shunchaki bilimlarni osonroq, hammabop va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina emas, balki, shu bilan birga o’qituvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va mohirlik bilan boshqarib, ularni kerakli tomonga yo’naltirib turishdan iborat qobiliyatni ham o’z ichiga oladi.

Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo’naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.

Ko`pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hech qanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.

Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o`ziga qarab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun aniq, ravshan va tushunarli bo`lgan material o’quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladilar.

Shuning uchun ham bunday o’qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o’ylab ko’rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi uchun o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo`lganda dars bayonotiga alohida e`tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’gri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.

Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchining fikri ayrim sinf o’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi.

Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga bir oz nafas olib, o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat-e`tiborlarini bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «so’ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo’shashganligini, sustligini va loqaydligini yengishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishning vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlarini yetarlicha idrok qilmaydi,


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling