O’’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati


Download 0.97 Mb.
bet67/70
Sana09.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#256848
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
pedagogika kitobi nashr uchun

9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g`oyat muhim ahamiyatga egadir.

Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e`tiborini o’quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan goniqmaganligiga, e`tiborli yoki e`tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o’quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o’zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o’zini tutishiga, mimika va pontamimikasiga) e`tibor beradi. Tajribasiz o’qituvchi, ko’pincha o’quv materialini bayon etishga berilib ketib, o’quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo’yadi, agar, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat-e`tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o’z bayonotining izchilligini yo’qotib qo’yadi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari, o’qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo’lishi lozim.

U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq-atvori, yurish, turishi, xullas, butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga o’rnak bo’lishi kerak.

O’qituvchining o’zini qo’lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa qilib, shuni aytish joyizki, o’qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me`yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarini olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muhim omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si shakllanishiga ta`sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-saramjonligi, sipogarchiligi, uning qiliqlari, o’zining chiroylik tutishi, qaddi-qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. Jumladan, o’quvchilaring «Fazilat opani nechuk yaxshi ko’rmaysan, ular har doim shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku!?» yoki «Roziya opa maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko`rsatishi kerak - chunki ularning turqi-qiyofasi, yurish turishi yasama, soxta» degan fikrlarni olishimiz mumkin.




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling