O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 4.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/53
Sana18.12.2017
Hajmi4.89 Mb.
#22510
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53

 

XII. Uglevodlar  

Uglevodlar, ularning sinflanishi va ahamiyati. Monosaxaridlar- 

fruktoza va glukoza. Disaxaridlar- saxaroza, maltoza, laktoza. 

Polisaxaridlar- kraxmal, selluloza.  

Ko‘rsatiladigan namoyishli tajribalar: 

Mono-, di- va polisaxaridlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari, suvda 

eruvchanligi, o‘xshashligi va farqini ko‘rsatuvchi tajribalar o‘tkazish. 

 Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: 

O‘qituvchi  va  o‘quvchilar  uchun  laboratoriya  tajribalari  o‘tkazish 

shisha  asboblar  va  anjomlar  to‘plamlari.  Mavzularga  oid  plakatlar  va 

slaydlar to‘plami. Shar sterjenli moddalar molekulalarining namoyish qilish 

to‘plami,  moddalar  molekulalarini  namoyish  qilish  doskasi  va  to‘plami. 

Kimyoviy  idish  va  anjomlar  to‘plami.  Kimyoviy  reaktivlar  to‘plami. 

Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami. 

 

 



 

228 

 

 

XIII. Azotli organik birikmalar  

Azotli  organik  birikmalar.  Nitrobirikmalarning  ayrim  vakillari  va 

xossalari.  

Konovalov  reaksiyasi,  nitrolash.  Trinitrotoluol  va  trinitroglitserin 

olinishi.  Aminlarning  sinflanishi,  alifatik  va  aromatik  aminlar,  fizik-

kimyoviy  хоssalari.  Goffman  reaksiyasi.  Birlamchi,  ikkilamchi  va 

uchlamchi  aminlar.  Аromatik  aminlar  va  kislota  amidlari.  Anilinning 

tuzilishi. Olinishi va ishlatilishi. 

 



-aminokislotalar.  Izomeriya  va  nomenklaturasi,  fizik-  kimyoviy 



xossalari. Olinishi va bipolyar ko‘rinishi. Peptid bog‘lar. Keng tarqalgan 

-



aminokislotalar vakillari. Polimerlanish reaksiyasi. 

 

XIV.  Oqsillarning turlari va xossalari  



 Oqsillarning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi tuzilishi. 

Oqsillarning sintezi. Denaturatsiya. Oqsillarning fizik-kimyoviy xossasi. 

Oqsillarning amfoterligi. Oddiy va murakkab oqsillar haqida 

tushuncha. Protein va proteidlar. Oqsillarning sifat reaksiyalari. 

Oqsillar turlari va asosiy vazifalari. 

 

Ko‘rsatiladigan namoyishli tajribalar: 



Aminokislotalarning  amfoter  xossalari.  Oqsillarni  aniqlashga  oid 

tajribalar. Oqsillarning denaturatsiyasi. 

 Jihozlar va o‘quv ko‘rgazmali qurollar: 

KEX.  Shar  sterjenli  moddalar  molekulalarining  namoyish  qilish 

to‘plami,  moddalar  molekulalarini  namoyish  qilish  doskasi  va  to‘plami. 

Kimyoviy  idish  va  anjomlar  to‘plami.  Kimyoviy  reaktivlar  to‘plami. 

Mavzularga  oid  plakatlar  va  slaydlar  to‘plami.  O‘qituvchi  va  o‘quvchilar 

uchun  laboratoriya  tajribalari  o‘tkazish  shisha  asboblar  va  anjomlar 

to‘plamlari. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to‘plami. 

 

XV.  Geterosiklik birikmalar  

Geterosiklik  birikmalarning  sinflanishi:  pirrol,  furan,  tiofen,  piridin 

(azotli, 

kislorodli, 

oltingugurtli 

geterohalqali 

birikmalar) 

haqida 

tushunchalar. 



Tarkibida  bir  va  undan  ortiq  azot  geteroatomlari  bo‘lgan  geterosiklik 

birikmalar.  Pirimidin,  purin  qatori  geterosiklik  birikmalar.  Adenin,  guanin, 

timin, uratsil va sitozin haqida tushunchalar. 

 

 



 

229 

 

 

XVI.  Nuklein kislotalar  

Nuklein  kislotalarning  tuzilishi.  DNK  molekulasining  tuzilishi. 

Vodorod  bog‘larining  hosil  bo‘lishi.  Replikatsiya  xossasi.  Ribonuklein 

kislotaning  tuzilishi  (RNK).  RNKning  biologik  va  kimyoviy  xususiyatlari. 

Nuklein kislotalarning gidrolizi 

 

XVII.  Tabiiy va sintetik yuqori molekulali birikmalar  

 Polimerlanish  reaksiyasi  va  mexanizmi.  Yuqori  molekulali  birikmalar 

sinflanishi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan polimer moddalar. Tabiiy va sintetik 

tolalar. 

 

XVIII.  Kimyoning jamiyat hayotida o‘rni  

O‘zbekistonda 

metallurgiya 

sanoati, 

qishloq 

xo‘jaligidagi 

zararkunandalarga  qarshi  kurash,  xalq  xo‘jaligida  va  tibbiyotda  kimyo 

fanining rivojlanishi



3. Tavsiya etiladigan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari 

Amaliy ishlar: 

1.

 



Kimyo  tajribaxonalarida  ishlash  qoidalari.  Kimyoviy  idishlar  va  asbob-

uskunalar  bilan  tanishtirish.  Kimyoviy  moddalar  bilan  ishlashda  xavfsizlik 

qoidalari.  

2.

 



Kimyoviy elmentlarning atom tuzilishi elektron konfigurasiyasi.  

3.

 



Uglevodorodlarning izomeriyasi va nomenklaturasi.  

Laboratoriya ishlari: 

1.

 



Ion almashinish reaksiyalari. 

2.

 



a) kimyoviy moddalar gidrolizi; 

b) kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanatni o‘rganish. 

3.

 

Organik moddalar sifat analizi. 



4.

 

a) etilenning olinishi va kimyoviy xossalarini o‘rganish; 



b) asetilenning olinishi va kimyoviy xossalarini o‘rganish. 

5.

 



a)  glitserinning  kimyoviy  xossasini  o‘rganish  (mis  glitserinatlarining 

olinishi); 

 b) etil spirtni kaliy dixromat bilan oksidlash. 

6.

 



Karbon kislotalarning kimyoviy xossalarini o‘rganish. 

7.

 



Quruq  mevadan  qand  moddalarni  ajratish  va  kimyoviy  xossasini 

o‘rganish. 

8.

 

Oqsillarning sifat reaksiyalari. 



 

  

 

230 

 

Fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi 

Fanni o‘rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli 

amaliy  mashg‘ulotlarni  mustaqil  bajarish,  referatlar  yozish,  testlar,  o‘quv  – 

Тexnik  vositalar,  kompyuter  elektron  versiyalarni  qo‘llash,  ayrim  zararli 

reaksiyalarni o‘tkazishda ularni kompyuterda yoki videotasmalar yordamida 

ko‘rsatish nazarda tutiladi. 



 

Texnik o‘quv vositalari 

1. Ko‘rgazmali qurollar: jadvallar, slaydlar, CD- disklar  

2. Organik birikmalarning tuzilishi – 12 ta plakat  

3. Kompyuter tizimi. Multimediya proektori, ekran. Kodoskop 

4. Taqdimot dars disklari 

5. Videotasmalar 

6. Elektron davriy jadval 

7. Elektron eruvchanlik jadvali 

8. Kichik laboratoriya anjomlar plastik tagligi 

 

4.



 

O‘quv yuklamalarining hajmi 

Ushbu fan o‘quv dasturi 80 soatga mo‘ljallangan, jumladan, ma’ruzalar 

uchun 58 soat, amaliy mashq’ulotlar uchun 6 soat va laboratoriya ishi uchun 

16 soat ajratilgan. Joriy, oraliq nazorat turlarini o‘tkazishda o‘quvchilarning 

mustaqil ishlashiga keng imkoniyat beriladi. Laboratoriya ishlari kasb-hunar 

kollejlari yo‘nalishi boyicha ma’lum darajada o‘zgartirilishi mumkin. 

 

6. Bilimni nazorat qilish turlari  

  1-yarim  yillikda  2  ta  oraliq  baholash  va  1  ta  yakuniy  baholash 

nazorati,  

2-yarim  yillikda  ham  2  ta  oraliq  va  1  ta  yakuniy  nazorat  turlarini 

o‘tkazish tavsiya qilinadi. Joriy nazorat turlarini tanlash va ballarni belgilash 

o‘qituvchi ixtiyoriga beriladi. 



  

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 

1. Abdulxayeva M.M.,Mardonov M.M. Kimyo. – T.: “O‘zbekiston”. 2011. 

2. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Anorganik kimyo. – T.: 2003 

3. Masharipov S., Tirkashev I. Kimyo. – T.: 2012 

4. Xomchenko G.P., Xomchenko I.G. Kimyo. – T.: 2010 

5. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Organik kimyo. – T.: 2004 

6. Abdusamatov A., Mirzayev R. Organik kimyo. – T.: 2003 

7. Muftaxov A.G., Omonov H.T. Umumiy kimyo. – T.: 2002 

8. Gabrielyan O.S., Lisova G.G. Ximiya. –Drofa. 2012 (10 sinf) 


231 

 

9. Gabrielyan O.S., Lisova G.G. Ximiya. –Drofa. 2012 (11 sinf) 

10. Gusev. L.S., Surovseva R.P. Ximiya. –Drofa. 2012 (10 sinf) 

11. Gusev L.S., Surovseva R.P. Ximiya. –Drofa. 2012 (11 sinf) 

12. Xomchenko G.P., Xomchenko I.G. Ximiya. – M.: 2012. 

 

Qo‘shimcha adabiyotlar: 

1. Toshev I.A., Ro‘ziyev R.R., Ismoilov I.I. Anorganik kimyodan mashq va 

masalalar to‘plami. – T.: 2003. 

2. Koreyaning zamonaviy asbob-usknalaridan uslubiy qo‘llanma. – T.: 2005. 

3.  Toshev  I.A.,  Ro‘ziyev  R.R.,  Ismoilov  I.I.  Anorganik  kimyodan 

laboratoriya mashg‘ulotlari. – T.: 2003. 

4. DTMning testlar to‘plami. (2001-2014). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


232 

 

 

 



 B I O L O G I Y A 

 

 

Tuzuvchilar: 

 

A.T. G‘ofurov – Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari doktori,   



                            professor. 

J.O.Tolipova – Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori. 

D.R.Inogamova – P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji o‘qituvchisi,  

                             pedagogika fanlar nomzodi. 

M.A.Aslanova – O‘zMU qoshidagi S. H.Sirojiddinov nomidagi  

                            akademik litseyi

 

bosh


 

o‘qituvchisi. 

 

Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a’zolari:   

 

M.Umaraliyeva – TFI qoshidagi akademik litseyi

 

bosh


 

o‘qituvchi.  

R.Inamova – Axborot-metodik ta’minlash xizmati yetakchi metodisti 

 

 



Taqrizchilar: 

 S.S .Fayzullaev – Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari  

                              nomzodi, dotsent.  

O.E.Eshonqulov – TPTI qoshidagi akademik litsey direktori, biologiya  

                              fanlari doktori, professor. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


233 

 

 

Kirish 

Biologiya  –  tirik  organizmlarning  kelib  chiqishi,  turli-tumanligi, 

tuzilishi,  rivojlanishi  ularda  sodir  bo‘ladigan  hayotiy  jarayonlar,  tashqi 

muhit  bilan  aloqasi,  moslashishi  haqidagi  fandir.  Biologiya  o‘quv  fani 

umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va O‘rta maxsus, 

kasb-hunar  ta'limi  muassasalarida  umumta'lim  o‘quv  fani  sifatida  uzviy 

davom etadi. 

Akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlarida  o‘qitiladigan  biologiya, 

ayniqsa,  9–sinfda  o`qitiladigan  biologiya  o‘quv  fani  bilan  mantiqan 

bog‘langan  bo‘lib,  yagona  o‘quv  kursini  tashkil  etadi.  Mazkur  sinfda 

o‘quvchilarga organik olamning turli-tumanligi, sitologiya asoslari, hujayra 

va  organizmlarda  kechadigan  hayotiy  jarayonlar,  ko‘payish,  individual 

rivojlanish, 

irsiyat 

va 


o‘zgaruvchanlik, 

o‘simliklar, 

hayvonlar, 

mikroorganizmlar  seleksiyasi  haqida  bilim  berilsa,  akademik  litsey,  kasb-

hunar  kollejlarining  o‘quv  dasturiga  genetik  injeneriya  va  biotexnologiya 

evolyutsion  ta’limot,  evolyutsiya  dalillari,  hayotning  kelib  chiqishi, 

rivojlanishi, odamning paydo bo‘lishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning 

evolyutsiyasiga  oid  o‘quv  materiallar  kiritilgan.  Qayd  qilinganlarning 

hammasi  o‘quvchilar  ongida  hayotning  yer  yuzida  paydo  bo‘lishi, 

rivojlanishi,  organik  olamning  tuzilish  darajalari,  ularning  muhit  bilan 

aloqasi,  organizmlarning  moslanishi,  biologik  sistemalarning  bir  butunligi, 

o‘z-o‘zini  boshqarishi,  organ  tuzilishi  bilan  boshqaradigan  funksiyasining 

o‘zaro  bog‘liqligi,  nazariya  bilan  amaliyotning  bir-biri  bilan  munosabati 

haqida ilmiy tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi. 

Umumiy  o‘rta  ta'lim  maktablari  biologiya  ta'limida  o‘rganilgan  o‘quv 

materiallarining  akademik  litsey  va  kasb  -  hunar  kollejlari  biologiya 

ta'limida  takrorlanmasligi,  o‘quvchilarning  yosh  psixologik  xususiyatlari, 

umumiy  o‘rta  ta'lim  tayyorgarligiga  mos  kelishi  hamda  biologik 

tushunchalarni  asta  -  sekin  oddiydan  murakkabga  shakllantirish  e'tiborga 

olingan.  

Biologiya  ta'limi  o‘quv  dasturi  asosida  fan  o‘qituvchisi  yillik  taqvim-

mavzuviy reja ishlab chiqadi va ta'lim muassasasining o‘quv ishlari bo‘yicha 

direktor  o‘rinbosari  tomonidan  tasdiqlanadi.  Taqvim  -  mavzuviy  reja 

tuzishda namoyishli tajriba va laboratoriya ishlarining o‘tkazilishi, oraliq va 

yakuniy  nazorat  ishlarining  to‘g‘ri  taqsimlanishi,  nazariy  bilim  berish  va 

amaliy mashg‘ulotlarning ketma - ketligiga e'tibor qaratish lozim. 

Umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablaridan  farqli  ravishda  akademik  litsey, 

kasb-hunar  kollejlarida  o‘quvchilarning  mustaqil  bilim  olishi,  mantiqiy 

tafakkurini  rivojlantirish  o‘qituvchining  diqqat  markazida  bo‘lishi  kerak. 

Shu maqsadlarni ko‘zlab pedagogik jarayonda ma’ruza, seminar munozara, 



234 

 

konferenstiya, muammoli hamda boshqa noan’anaviy darslardan, o‘qitishni 

faollashtiruvchi metodlardan keng foydalanishi lozim. 

Shu bilan bir qatorda mavzular mazmuni bilan  aloqador turli manbalar 

ustida  mustaqil  ishlash,  internet  ma’lumotlaridan  tabiiy  obyektlardan  keng 

foydalanish, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, laboratoriya, amaliy 

mashg‘ulotlar, ekskursiyalar o‘tkazishga ham alohida ahamiyat berish zarur. 

Akademik  litsey,  kasb-hunar  kollejlarida  biologiyani  o‘qitish  yagona 

o‘quv dasturi asosida tashkil etilsa ham u ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. 

Akademik  litseylarda  o‘quvchilarni  oliy  o‘quv  yurtlariga  tayyorlash 

bosh maqsad bo‘lgani sababli, ularning biologiya fani asoslarini o‘rganishga 

bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun shu fanning turli sohalarida ishlaydigan 

ilmiy xodimlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish, ayrim mavzularni o‘tishga 

ularni  jalb  etish,  ilmiy  tadqiqot  institutlari,  stansiyalarga  ekskursiyalar 

uyushtirish  yoshlarni  kelgusida  qanday  soha  bo‘yicha  kasb  egasi  bo‘lib 

yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Kasb-hunar  kollejlarida  esa  biologiyani  o‘qitishni  amaliy,  ayniqsa, 

qishloq xo‘jalik, tibbiyot,  o‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat hamda xalq 

xo‘jaligining boshqa sohalari, tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan bog‘liq 

holda  amalga  oshiriladi.  Shu  maqsadlarni  ko‘zlab  shifoxonalar,  jamoa, 

fermer, o‘rmonchilik, baliqchilik, parrandachilik xo‘jaliklariga ekskursiyalar 

o‘tkazish,  tabiatni  muhofaza  qilish  ishlariga  o‘quvchilarni    jalb  etish 

diqqatga sazovor. 

Yuqoridagilardan  tashqari  o‘quvchilarning  qobiliyatlari,  qiziqishlarini 

hisobga  olgan  holda  ular  bilan  individual  ishlash  sinfdan  tashqari 

mashg‘ulotlar  olib  borish,  adabiyotlar  tavsiya  etish,  kechalar  o‘tkazishni 

rejalashtirish lozim. 

 

Fan mavzulari bo‘yicha o‘qitish rejasi tarkibi 



 

№ 

 



Darslar turi bo‘yicha soatlar taqsimoti 

(auditoriya yuklamasi) 

 

H

ammasi

 

 

J

ami

 

N

azariy

 

 

L

aborator

iya 

ishi

 

S

eminar

 

(ekskursi

ya)

 

 

M

ustaqil 

ish

 

1  Kirish 







2  Biologik nazariyalar va 

qonunlar 

12 







3  Genetik injeneriya va 

15 


10 

10 




235 

 

biotexnologiya 

4  Evolyutsion ta’limot 

24 


18 

12 


 



5  Organik olamning 

evolyutsion dalillari 

11 







6  Organik olamning paydo 

bo‘lishi va rivojlanishi 

12 







7  Odamning paydo bo‘lishi 





8  Ekologiya asoslari 

22 

16 


14 



9  Biosfera va uning 

evolyutsiyasi 

12 




 



116 

80 

70 

10 

 

36 

 

 

Kirish  

  Biologiya  -  tirik  organizmlar  haqidagi  fan.  Tiriklikning  tuzilish 

darajalari.  

Biologiyaning  istiqbolli  tarmoqlari.  Tirik  organizmlarni  o‘rganish 

metodlari:  kuzatish,  taqqoslash,  tajriba,  modellashtirish.  Hayot  va 

tiriklikning mohiyati.  

Biologiya  fanining  muammolari.  Biologiya  fanining  qishloq  xo‘jalik, 

tibbiyot,  sanoat,  o‘rmonchilik,  baliqchilik,  tabiatni  muhofaza  qilishdagi 

ahamiyati. 



Biologik nazariyalar va qonunlar  

Hujayraning  tuzilishi  va  kimyoviy  tarkibi.  Hujayra  nazariyasi.  Tirik 

organizmlarning  ko`payishi:  jinssiz  va  jinsiy  ko`payish.  Jinssiz  ko‘payish. 

Bir  va  ko‘p  hujayrali  organizmlarning  jinssiz  ko‘payishi.  Jinsiy  ko‘payish. 

Jinsiy  ko‘payish  usullari.  Gulli  o‘simliklarda  jinsiy  ko‘payish.  Hayvonlar 

jinsiy  hujayralarining  rivojlanishi.  Gametogenez.  Gametogenez  jarayoni 

bosqichlari.  

Irsiyat  qonunlari  va  nazariyalari.  Asosiy  genetik  tushunchalar  va 

qonuniyatlar.  G.Mendel  qonunlari.  Irsiyatning  xromosoma  nazariyasi. 

Genlarning o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’siri. Belgilarning to‘liq va to‘liqsiz 

birikkan  holda  irsiylanishi  haqidagi  asosiy  tushunchalarni  umumlashtirish. 

Modifikator genlarning ta'siri. Genetikadan masalalar yechish. 

O‘zgaruvchanlik  va  uning  xillari:  fenotipik  va  genotipik 

o‘zgaruvchanlik.  Fenotipik  o`zgaruvchanlik  turlari:  ontogenetik  va 

modifikatsion 

o`zgaruvchanlik. 

Genotipik 

o`zgaruvchanlik 

turlari: 

kombinativ,  rekombinativ,  mutatsion  o‘zgaruvchanlik.  Mutatsion  nazariya 

va 

mutatsiya 



xillari: 

gen, 


xromosoma, 

genom 


mutatsiyalari. 

Mutatsiyalarning seleksiyadagi ahamiyati.  



236 

 

Jihozlar  va  o‘quv  ko‘rgazmali  qurollar:  DNK  modeli,  o‘quv 

laboratoriya  mikroskopi.  Hujayra  tuzilishi  to‘g‘risidagi  plakatlar.  Biologiya 

o‘qituvchisining  laboratoriya  asbob-anjomlari  to‘plami.  Genetikadan 

magnitli applikatsiyalar to‘plamlari, DNK molekulasining bo‘linish modeli. 

Genetikaga  oid  rasmlar,  sxemalar,  «Umumbiologik  qonuniyatlar»  bobiga 

tegishli plakatlar va proyeksion ko‘rgazmali-metodik qo‘llanmalar. 

 

Genetik injeneriya va biotexnologiya.  

  Genetik injeneriya haqida tushuncha. Gen injeneriyasi fanining 

maqsadi. Genetik injeneriyaning tadqiqot obyektlari: bakteriyalar, viruslar, 

bakteriofaglar, tuban zamburug‘lar, hujayralar. 

  Irsiyatning  moddiy  asoslarini  o‘rganish  tarixi.  Hujayra  irsiyatini 

o‘zgarishiga  olib  keladigan  transformatsiya,  transduksiya  jarayonlari. 

Shtammlar, klonlar. 

  Ko‘chib  yuruvchi  genetik  elementlar–transpozonlar,  plazmidalar, 

restriktsion  endonukleazalar.  Rekombinativ  DNK  olish.  Genlarni  klonlash. 

Hujayra  va  gen  injeneriyasiga  asoslanib  o‘simlik  irsiyatini  o‘zgartirish. 

Hayvonlar  irsiyatini  hujayra  injeneriyasi  yo‘li  bilan  o‘zgartirish. 

Gibridomalar olish. 

   Biotexnologiya  haqida  tushuncha.  Gen  va  hujayra  injeneriyasiga 

asoslangan  biotexnologiya.  O‘zbekistonda  genetik  injeneriya  va 

biotexnologiya  sohasida  qilinayotgan  tadqiqotlar  va  olingan  natijalar. 

Biotexnologiyaning kelajagi haqida. 

  Jihozlar  va  o‘quv  ko‘rgazmali  qurollar:  DNK  modeli,  Hujayra 

tuzilishi,  biotexnologiya  mavzulariga  oid  plakatlar,  sxemalar  va  jadvallar. 

Transformastiya,  transdukstiya,  episomalarga  oid  rasmlar.  Biotexnologiya 

va  genetik  injeneriya»  bobiga  oid  proekstion  ko‘rgazmali  metodik-

qo‘llanmalar. 

  

Evolyutsion ta’limot.  

 Qadimgi  Rim,  Yunoniston  faylasuflarining,  o‘rta  asrlarda  Markaziy 

Osiyo  tabiyotshunos  olim  va  mutafakkirlarining  tabiat  haqidagi  fikrlari. 

Darvingacha bo‘lgan davrda tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi, 

O‘rta  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  tabiyotshunos  olim  va  mutafakkirlarning 

tabiat haqidagi fikrlari (Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va 

boshqalar).  Biologiya  fani  rivojlanishida  uyg‘onish  davri  (Karl  Linney), 

J.B.Lamarkning  evolyutsion  qarashlari  Ch.Darvingacha  bo‘lgan  davrda 

tabiat  fanlarining  yutuqlari.  Ch.Darvinning  tarjimai  holi,  «Bigl»  kemasida 

dunyo  bo‘ylab  safari.  Asosiy  asarlari.  Ch.Darvinning  Evolyutsion 

nazariyasining  qisqacha  mazmuni.  Madaniy  o‘simliklar,  xonakilashtirilgan 

hayvonlarning xilma xilligi, kelib chiqishi (g‘o‘za, qorako‘l qo‘ylar va h.k). 


Download 4.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling