O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-mavzu. To‘siqlar yo‘lagi (qatori)dan o‘tish
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. To‘siqlar yo‘lagi (qatori)dan o‘tish. 1-mashg‘ulot. Amaliy. To‘siqlar yo‘lagi elementlari va yengib o‘tish tartibi bilan tanishish. Alohida to‘siqlardan o‘tish usullari va ularni yengib o‘tishni mashq qilish.To‘siqlar yo‘lagidagi alohida to‘siq va to‘siqlar majmuasidan o‘tishni o‘rganish, egallangan ko‘nikmalarni takomillashtirish. 2-mashg‘ulot.Amaliy. Nazorat
mashqlarini bajarish bo‘yicha malakalarni takomillashtirish. To‘siqlar yo‘lagidan o‘tish bo‘yicha nazorat
272 shartlari asosida shaxsiy va jamoaviy birinchilik uchun musobaqalar o‘tkazish. 3-4-mashg‘ulot. Amaliy. DO‘M davrida o‘tkaziladi. To‘siqlar yo‘lagida mashq bajarish bo‘yicha malakalarini takomillashtirish. Granata uloqtirishni mashq qilish. Shaxsiy va jamoaviy birinchilik uchun musobaqalar o‘tkazish. 3-mavzu. Qo‘l jangi 1-mashg‘ulot. Amaliy. Qo‘l jangining tayyorgarlik mashqlarini (o‘zini himoya qilish, jangga tayyorlanishni) o‘rganish va mashq qilish. Tayyorgarlik mashqlarini kompleks bajarish.
qo‘l bilan to‘g‘ridan, yon tarafdan, tepadan zarba berish hamda oyoq bilan to‘g‘ridan, yuqoridan, yon tarafdan, pastdan zarba berish usullarini o‘rganish va mashq qilish. 3-mashg‘ulot. Amaliy. Qo‘l va oyoq bilan beriladigan zarbalardan himoyalanish usullarini o‘rganish va mashq qilish. 4-mashg‘ulot. Amaliy. Dushman pichoq bilan yuqoridan, pastdan, yon tarafdan, to‘g‘ridan zarba berganda himoyalanish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Pichoq bilan zarba berayotgan dushmanni qurolsizlantirish.
va mashq qilish: raqibning oldidan va orqasidan kelib qo‘lini orqasiga qayirish. Dushmanning qo‘lini ichkariga va tashqariga qayirish. Dushmanni bo‘g‘ish. 6-mashg‘ulot. Amaliy. Orqadan chalib yiqitish. Orqadan dushmanning oyoqlaridan ushlab yiqitish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Dushman qo‘l, oyoq, gavda va bo‘yindan (kiyim yoqasidan) ushlab olganda Dushmandan qutulib ketish usullarini o‘rganish va mashq qilish. 7-mashg‘ulot. Amaliy. Avtomatning nayza-pichog‘ini sanchish. Stvol, qo‘ndoq, o‘qdon hamda sapyor belkuragi bilan zarba berish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Dushman avtomat nayza-pichog‘ini sanchmoqchi bo‘lganida nayza-pichoqni chap yoki o‘ng tarafga urib yuborish, zarbadan chapga yoki o‘ngga chap berib, dushmanni qurolsizlantirish. Maxsus mashq tayog‘i bilan mashq qilish. Dushman qurolni ushlab olganda qutulib ketish. 8-mashg‘ulot. Amaliy. Dushman to‘pponchasini g‘ilof (kobura)dan olayotganda, u to‘pponchani old yoki orqa tomondan o‘qtalib xavf solganda, uni qurolsizlantirish usullarini o‘rganish va mashq qilish.Dushmanning qo‘lini bog‘lash usullarini o‘rganish hamda mashq qilish. 273 Nazorat mashg‘ulotlari. 1-2-mashg‘ulotlar. Amaliy. 1-3-mavzular bo‘yicha DO‘M da o‘tkaziladi. HARBIY ISH ASOSLARI
Harbiy ish asoslari bo‘limida zamonaviy jang turlarini va ularning xarakteristikasini bilish, askarning jang oldi va jang olib borishdagi majburiyatlarida ko‘rsatilgan harakatlarni bajarish, hujum va mudofaa jangida harakatlanish usul hamda amallarni bajarish, kuzatish va razvedka qilish, xaritasiz mo‘ljal olish va azimut bo‘yicha harakatlanish amallarini bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.Lokal qurolli to‘qnashuvlar, axborot kurashlari, chet el armiyalarining qurol-aslahalari, jangovar texnikasi hamda zamonaviy qirg‘in vositalariga oid ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, ularga qarshi kurashish usullarini o‘rganadilar.
– umumqo‘shin jangi turlari, taktik tayyorgarlik va manevr turlarini; – motoo‘qchi guruh tarkibi, vazifasi, qurollanishi, harbiy texnikasi hamda guruhning jangovar imkoniyatlarini; – askarning jang oldi va jangdagi majburiyatlarini; – hujum va mudofaa jangida harakatlanish tartibini; – o‘t ochish turlarini; – xandaq qazish, uni jihozlash va niqoblash tartibini; – kuzatuvchi askar sifatida, shuningdek, ilg‘or (dozor) bo‘linma sifatida harakatlanishni; – joyda xaritasiz mo‘ljal olish va azimut bo‘yicha harakatlanish tartibi va usullarini; – tankka va piyodalarga qarshi minalarning vazifasi, tuzilishi, ishlash tamoyili, jangovar xususiyatlari va ularni joylashtirish, niqoblash va zararsizlantirish tartibini; – zamonaviy uchuvchisiz uchish vositalari, raketa qurilmalari, aloqa vositalarini; – axborot kurashlarining kelib chiqish sabablari, ularni qo‘llash usullari va vositalarini; – lokal qurolli to‘qnashuvlar haqida tushunchalarni va ularga olib keluvchi sabablarni;
274 – chet el armiyalarining harbiy samolyotlari va vertolyotlari,o‘qotar qurollari va jangovar texnikasining imkoniyatlarini; – dushmanning harbiy samolyotlari, vertolyotlari, zirhli texnikasi bilan kurashish usullari va vositalarini; – dushman tomonidan ommaviy qirg‘in vositalari hamda zamonaviy oddiy qirg‘in vositalari qo‘llanganida ulardan himoyalanish usullarini.
kerak: – otish va kuzatish uchun joy tanlash; – okop qazish, uni jihozlash va niqoblash; – belgilangan maydonda kuzatuv olib borishni, joy atrofidagi jismlarga nisbatan nishonlarning joylashuvini aniqlash hamda kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish; – qo‘l granatalarini uloqtirish; – tankka qarshi minalarni o‘rnatish, ular o‘rnatilgan joylarni aniqlash va guruh tarkibida mina maydonlaridan yo‘l ochib o‘tish;
kuzatuvchi askar va ilg‘or bo‘linma (dozor) sifatida harakatlanish; – shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash; – guruh tarkibida harakatlanish; – xaritasiz mo‘ljal olish, azimut bo‘yicha harakatlanish.
ajratiladigan o‘quv soatlari taqsimoti
1 Umumqo‘shin jangi asoslari 6 6
2 Askarning jangdagi harakatlari 8 4
3 Razvedka 2 2
4 Muhandislik to‘siqlari 3 2
5 Joyda xaritasiz mo‘ljal olish va azimut bo‘yicha harakatlanish. 3 2 1 6 Axborot kurashlari va lokal qurolli to‘qnashuvlar 2 2 7 Nazorat mashg‘ulotlari 4 2 2 Jami 28 20 8 275 1-mavzu: Umumqo‘shin jangi asoslari.
Nazariy.Jang haqida
tushuncha. Zamonaviy umumqo‘shin jangining tavsifi, maqsadi va turlari.
Askarning dala anjomlari to‘plami (ekipirovkasi). 3-mashg‘ulot. Nazariy. Guruhning tarkibi, qurollanishi, jangovar texnikasi va imkoniyatlari. Guruhning harakatlanish taktikasi. 4-mashg‘ulot. Nazariy. Jangdagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlovchi shartlar. O‘t ochish - jangda dushmanni yakson qilishning asosiy vositasi. O‘t ochish turlari. Jangdagi manevrlar to‘g‘risida tushuncha. Manevr turlari. Jangovar ta’minot. 5-mashg‘ulot. Nazariy. Zamonaviy armiyalarning tanklari, zirhli mashinalari,o‘ziyurar artilleriya qurilmalari. Ularning taktik-texnik ko‘rsatkichlari va zaif joylari. Ularga qarshi kurashish usullari.
uchuvchisiz uchish vositalari hamda raketa qurilmalari. Ularning taktik- texnik tavsifi. Ularga qarshi kurashish usullari.
1-mashg‘ulot. Amaliy. Askarning mudofaadagi harakatlari. O‘t ochish marrasi (pozitsiya)ni tanlash va uni egallash. Yotib otish uchun handaqni qazish, jihozlash va uni niqoblash.
oddiy qirg‘in qurollarini qo‘llaganda yoki hujumga o‘tganda askarning harakatlanish tartibi. Mudofaa marrasiga yetib kelgan dushmanni yo‘q qilish. Xabar signallari bo‘yicha harakatlanish. 3-mashg‘ulot. Amaliy. Askarning hujumdagi harakatlari. Hujumga tayyorlanish, hujumga o‘tish hamda hujumning yakunlovchi bosqichi (ataka) ga o‘tish tartibi. Hujumning yakunlovchi bosqichi davomida dushmanni yo‘q qilish usullari. Jang maydonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish. Jang maydonida piyoda harakatlanish usullari. Havo hujumidan himoyalanish yo‘llari. 4-mashg‘ulot. Amaliy. Guruhning o‘t ochish marrasining muhandislik jihozlanishi. Zirhli texnika, pulemyotchi, granatamyotchi, avtomatchi uchun mo‘ljallangan xandaq namunalarini, shaxsiy tarkib uchun mo‘ljallangan yopiq o‘ralarni hamda jihozlangan bog‘lovchi xandaqlarni qazish va jihozlash. Yotib, tizzalab, tik turib otish uchun xandaq qazish, jihozlash va niqoblash. 276 5-6-mashg‘ulot. Amaliy. Ushbu mashg‘ulotlar 1-2 mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan o‘quv savollari bo‘yicha DO‘Mda o‘tkaziladi. 7-8-mashg‘ulot. Amaliy. Ushbu mashg‘ulotlar 3-4 mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan o‘quv savollari bo‘yicha DO‘M da o‘tkaziladi. 3-mavzu: Razvedka. 1-mashg‘ulot.Nazariy. Buyuk sarkardalarimizning razvedka sohasidagi tajribasi. Razvedkaning mohiyati, maqsadi va vazifasi. Razvedkaning turlari, usullari, vositalari. Kuzatuvchi askarning vazifasi. Joyni kuzatish usullari. Berilgan kuzatish yo‘nalishida nishonlarni aniqlash. Kuzatuv natijalari to‘g‘risida axborot berish.
Razvedka ilg‘orining harakatlanish tartibi. O‘rmon, aholi punkti, daryo, jarlik va balandliklarni ko‘zdan kechirish tartibi. Aloqa va signal vositalari orqali xabar berish.
portlaydigan, portlamaydigan hamda aralash to‘siqlar. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qo‘llanadigan tankka va piyodalarga qarshi minalar. Ularning vazifasi, tuzilishi, jangovar ko‘rsatkichlari. 2-mashg‘ulot. Nazariy. Tankka qarshi minalarni o‘rnatish tartibi. O‘rnatilgan minalarni aniqlash usullari. O‘rnatilgan minalarni oshkor qiluvchi belgilar.
yo‘l ochib o‘tish usullari. 5-mavzu.Joyda xaritasiz mo‘ljal olish va azimut bo‘yicha harakatlanish.
xaritasiz mo‘ljal olish hamda harakatlanishning mohiyati va usullari. Kompas, soat, quyosh va mahalliy jismlar yordamida ufq tomonlarini aniqlash. 2-mashg‘ulot. Nazariy. Magnit azimuti va uni aniqlash. Magnit azimuti bo‘yicha yo‘nalishni aniqlash. Azimut bo‘yicha belgilangan yo‘nalishdan og‘ishmasdan harakatlanish. To‘siqlarni aylanib o‘tish.
ko‘rsatilgan o‘quv savollari bo‘yicha o‘tkaziladi. 277 Nazorat mashg‘uloti: 1-2- mashg‘ulotlar. 1-5- mavzular bo‘yicha DO‘Mda o‘tkaziladi.
1-mashg‘ulot. Nazariy. Axborot kurashlari tushunchasi, mohiyati, maqsadi va turlari. Axborot kurashlarining vazifasi, olib borilish usullari va vositalari. Unga qarshi kurashish usullari.
mohiyati, maqsadi, yuzaga kelish sabablari. Lokal qurolli to‘qnashuvlarni olib borish taktikasi, usullari, vositalari.
Ta’limiy vazifasi: Fuqaro muhofazasi – tinchlik va favqulodda vaziyatlar davrida o‘tkaziladigan umumdavlat mudofaa tadbirlarining tarkibiy qismidir. Bu tadbirlar tinchlik va zararlangan hududlarda kechiktirib bo‘lmaydigan qutqarish-tiklash ishlarini favqulodda vaziyatlar davrida aholini hamda iqtisodiyot obyekti dushmanning ommaviy va boshqa zamonaviy qirg‘in vositalaridan himoya qilish, favqulodda vaziyatlardan amalga oshirish uchun o‘tkaziladi. Ushbu bo‘limda o‘quvchilar yuqorida bayon etilgan vazifalar bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. O‘quvchilarda fuqaro muhofazasi tashkiliy tizimi va uning vazifalari, tinchlik va favqulodda vaziyatlar davrda o‘tkaziladigan umumdavlat mudofaa tadbirlariga doir bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
– O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifasi va tashkiliy tuzilishini; – Favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish hamda harakat qilish Davlat tizimining vazifasi va tashkiliy tuzilishini; – O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va ularning yuzaga kelish sabablarini;
278 – aholini va moddiy boyliklarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan muhofaza qilish maqsadida amalga oshirilayotgan umumdavlat tizimining tuzilishini; – aholini ko‘chirish (evakuatsiya) qoidalari hamda usullari, shuningdek, zararlangan hududlarda favqulodda holatlarni bartaraf etish, qutqarish va boshqa shoshilinch chora -tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish usullarini; – korxonalar va muassasalarda (ta’lim muassasalari) fuqaro muhofazasining tashkiliy tizimi hamda vazifalarini; – radiatsion, dozimetrik va kimyoviy razvedka asboblari vazifasi va tuzilishini; – fuqaro muhofazasi himoya inshootlarining tuzilishi va vazifasini; – favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirish va ko‘chirish tartibini; – favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari va muhofazalanish usullarini.
– favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri va tezkor harakat qila olish; – favqulodda vaziyatlarda irodali, qat’iyatli, intizomli, ruhan muvozanatli bo‘lish; – fuqaro muhofazasi signallari bo‘yicha to‘g‘ri harakat qila olish; – favqulodda vaziyatlarda shaxsiy va kollektiv himoya vositalaridan foydalanish; – radiatsion, dozimetrik va kimyoviy razvedka asboblaridan foydalanishni; – favqulodda vaziyatlar chog‘ida o‘ziga va jarohatlanganlarga birinchi tibbiy va boshqa zaruriy yordamni ko‘rsatish.
279 “Fuqaro muhofazasi” bo‘limi bo‘yicha mavzularni o‘rganish uchun ajratiladigan o‘quv soatlari taqsimoti
1 O‘zbekiston Respublikasida Fuqaro muhofazasining tashkil etilishi 2 2 2 2 O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi. 2 2 2 3 Aholini favqulodda vaziyatlardan ogoh etish. Aholini ko‘chirish (evakutsiya) tadbirlarini tashkil etish.
2 2 2 4 Zamonaviy ommaviy qirg‘in qurollari va ulardan himoyalanish 4 4 4 5 Shaxsiy (individual) himoya vositalari. Ularning vazifasi, tuzilishi va ulardan foydalanish. 6 6 6 6 Fuqaro muhofazasining himoya inshootlari 2 2 2 7 Favqulodda vaziyatlar yuz berganda va zararlanish o‘chog‘ida qutqarish – tiklash ishlari. Sanitar ishlovi o‘tkazish.
2 2 2 8 Radiatsion, kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari 2 2
9 Fuqaro muhofazasi va terrorizm 2 2
Nazorat mashg‘uloti 2 2
Jami 26 26 26 1-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Fuqaro muhofazasining tashkil etilishi. 1-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni (1996 yil 4 mart). FVV-fuqaro muhofazasi sohasidagi halokat, falokat hamda tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha rahbar idora. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni (2000- yil 26- may). Fuqaro muhofazasi – favqulodda vaziyatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan muhofaza qilish davlat tizimi sifatida. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi 280 tizimining vazifalari, xizmatlari va kuchlari. Iqtisodiyot obyektlarida (ta’lim muassasalarida) fuqaro muhofazasining tashkil etilishi.
Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi, uning darajalari va shakllanishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi to‘g‘risida”gi № 242- sonli qarori (2011 yil 24 avgust). Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimining (FVDT) faoliyat ko‘rsatish tartibi.
mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi. 1-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni (1999 -yil 20-avgust). Favqulodda vaziyat tushunchasi va ularning tasnifi. 2-mashg‘ulot. Nazariy. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida”gi № 455- sonli qarori (1998 yil 27 oktyabr). Texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar tushunchasi. Lokal, mahalliy, respublika va transchegarali favqulodda vaziyatlar. Download 4.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling