O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 4.89 Mb. Pdf ko'rish
|
III. Internet saytlar 1.
www. Lex.uz 2.
www. Ziyonet.uz 3.
www.metod.uz
4. www.armat.uz
5.
www.pedagog.uz
6. www.markaz.uz
290 Jismoniy tarbiya Tuzuvchilar:
T.S.Usmonxo‘jaev – pedagogika fanlari doktori, professor S.N.Qurbonov – O‘MKHT Markazi bosh mutaxassisi
R.Salomov – pedagogika fanlari doktori G.Sh.G‘iyosov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, sport ustasi
X.K.Ataxanov – 2- Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchisi
Taqrizchilar: F.Kerimov – pedagogika fanlari doktori, professor Yu.Oripov – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
291 Kirish
Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asosini tashkil qilib, kelgusida ta’limni yanada rivojlantirishning istiqbollarini belgilovchi ahamiyatga molik hujjatlardir. Ushbu hujjatlarda O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan yoshlarni jismonan sog‘lom qilib voyaga etkazishga, mavjud istehdodni va iqtidorni namoyon etishlariga alohida ehtibor berilgan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida jismoniy tarbiya ta’limi quyidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni talab qiladi. – jismoniy tarbiya darslarida javobgarlikni his qiladigan, jamoatchi, irodali, tartibli, jamoat ishlarida faol qatnashadigan g‘oyaviy chiniqqan va ijtimoiy dunyoqarashga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash; – o‘z faoliyatida kasb-hunarga oid jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; – yuqori ishchanlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlash uchun doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish; – harakat faoliyati hajmini kengaytirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish va ruhiy qobiliyatlarini shakllantirish; – hayotda kerakli mehnat faoliyatiga va mudofaa xizmatiga tayyorlash; – jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni uyg‘unlashtirgan holda, harakat madaniyatiga, chiroyli tana tuzilishiga, optimal jismoniy taraqqiyotga va mustahkam sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish; – sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish, xalq an’analaridan foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni shakllantirish; – tanlangan sport turi bo‘yicha o‘z mahoratini muntazam takomillashtirish; – kun tartibida faol harakatda bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi maxsus bilimlarni bilish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 292 Ta’lim tizimida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari asosiy bo‘g‘in sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya, sport, sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlarining sport turlariga qiziqishini oshirish, bilim, ko‘nikma malakalarining to‘laqonli bajarilishini ko‘zlab, jismoniy tarbiya bo‘yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan bo‘lib, unda yoshlar egallashi lozim bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar hamda o‘quv yuklamasiga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan. Jismoniy tarbiya davlat standarti-standartli ta’lim majmuasi me’yorlari va talablari hujjati bo‘lib hisoblanadi hamda ta’lim tizimi islohoti asosida takomillashib boradi. Jismoniy tarbiya ta’lim standarti uning funkstiyalari va tarkibi orqali ifodalaniladi. Jismoniy tarbiya ta’limi standartining asosiy funkstiyalari va talablari quyidagilardan iborat: 1.
Jismoniy tarbiya ta’limi vositalari yordamida o‘quvchilarning jismoniy imkoniyatlarini kuchaytirish va jismoniy tarbiyaning ommaviyligini ta’minlash; 2.
Jismoniy tarbiya ta’limi mazmunining uzviyligini ta’minlash. Jismoniy tarbiya sohasida bilimlarni jahon ta’lim standarti talablari darajasiga olib chiqish; 3.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimidagi o‘quv muassasalarida jismoniy tarbiya va ta’limini ijtimoiy ishlab chiqarish asosida amalga oshirish; 4.
Jismoniy tarbiya ta’limini insonparvarlashtirish; 5.
O‘MKHT ning barcha bosqichlarda va yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya jarayonini nazorat qilish va boshqarish.
Jismoniy tarbiya darslari - jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli bo‘lib, uning miqdori o‘quv rejasida haftasiga 4 soat majburiy belgilanib, guruh o‘quvchilari 10-15 tadan ikkiga bo‘linib o‘tkaziladi. Darsdan tashqari paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish: sport turlari bo‘yicha sekstiyalari va qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar o‘tkaziladi: (fakultativ soatlar asosan guruhlarda o‘qiyotgan ojiz o‘quvchilar uchun hamda
sport turlari
bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli o‘quvchilarni mahoratini yanada mustahkamlash maqsadida belgilanadi). Ommaviy sport va jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari: sport bayramlari, sport turlari bo‘yicha va milliy harakatli o‘yinlar, musobaqalar, spartakiadalar, “ALPOMISH” va “BARCHINOY”
293 majmuasidagi tayyorgarlik testlarni bajarish bilan bajariladigan musobaqalar. Mustaqil mashg‘ulotlar: uy vazifalarini bajarish shaklida, darsda, o‘tkazilgan mashqlar texnikasini takrorlash, rivojlantiruvchi, yondoshtiruvchi, imita’iaga mashqlarni bajarish, bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi, mashg‘ulotlar, ekskursiya, sayohatlar, harakatli va ko‘ngilochar o‘yinlar va boshqalar. Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv jarayonida quyidagi hujjatlar zarur:
1. Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv dasturi. 2. Dars jadvali. 3. Guruhlar bo‘yicha o‘quv soatlarining I-II yarim yillikdagi taqsimoti. 4. I-II yarim yillikda o‘quvchilardan qabul qilinadigan mezonlar. 5. Guruhlar bilan o‘tkaziladigan dars ish rejasi, grafigi. 6. Dars konspekti. 7. Guruhlarni jismoniy tayyorgarligidan qabul qilinadigan ishchi jurnali. 8. Jismoniy tomondan kasalligi bo‘yicha tibbiy vrach ruxsati bilan darsdan ozod qilingan o‘quvchilar to‘g‘risida direktorni buyrug‘i.
Jismoniy tarbiya darsining amaliyotidan vaqtinchalik tibbiy shifokorlar orqali ozod etilgan o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar 1. O‘zining sog‘ligini tekshirib turadigan kundalik daftar. 2. O‘zining kasalligi to‘g‘risidagi referat yozib kelishi. 3. Jismoniy tarbiyada o‘tkazilgan nazariy bilimlari to‘g‘risida yozib borgan konspekti. 4. Jismoniy tarbiya kabinetini va sport stendlarini tashkil qilishda yordam berish. 5. Ertalabki gimnastika kompleks mashqlarni ko‘rsata bilishi. 6. Sport turlaridan birontasining elementlarini ko‘rsata bilishi. 7. Sport turlarining birortasidan musobaqa paytida hakamlik qilishi.
294
Akademik litseylar uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv soatlarining taxminiy yillik taqsimoti
Dastur bo‘limlari O‘quv davomida ajratilgan soatlar o‘quv bosqichlari 1 bosqich 2 bosqich 3 bosqich I. Nazariy bilim asoslari Dars jarayonida II.
Amaliyoti:
I.I
Gimnastika 48
16
16
16
1.
Engil atletika
72
24
24
24
2.
Sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, badminton)
120
40
40
40
3. O‘zbek kurashi (o‘smirlar uchun) Raqs elementlari va ritmik gimnastika (qizlar uchun) 78
26 26
26 4.
Turizm (reja asosida)
5.
Suzish 36 12
12
12
6.
Kross tayyorgarligi
30
10
10
10
7. Harakatli milliy o‘yinlar 30 10
10 10
8.
Tanlab olinadigan sport turi
30 10
10
10
Jami 444 148 148 148 295 1-ilova Akademik litseylar uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha I – bosqichlarda o‘tkaziladigan o‘quv soatlarining taxminiy yillik taqsimoti № Dastur bo‘limlari
soat rejasi I yarim yillik Jami soati II yarim yillik Jami soati IX
X
XI XII I
II III
IV V
VI I.
Nazariy bilim asoslari
II
Amaliyoti:
1. Gimnastika
16
4 4 8 4 4
8 2.
Engil atletika 24
4 4 2 10
2 4 4 4 14 3.
Sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, badminton) 40 4
6 6 20 2 2 4 4 4 4 20 4. O‘zbek kurashi (o‘smirlar uchun) Raqs elementlari va ritmik gimnastika (qizlar uchun)
26 4 4 2 2 12 4 4 4 2
14 5.
Turizm (reja asosida)
6. Suzish
12
2 4 6
2 4 6 7.
Kross tayyorgarligi 10 4
4
4 2
6 8.
Harakatli o‘yinlar
10
4
4
2 2 2 6 9.
Tanlab olinadigan sport turi 10
2 2 4 2 2 2
6
148 16 16 18 18 68 12 12 16 14 12 14 80 296 2-ilova Akademik litseylar uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha II- bosqichlarda o‘kaziladigan o‘quv soatlarining taxminiy yillik taqsimoti № Dastur bo‘limlari Yillik soat rejasi I-yarim yillik Jami soati II-yarim yillik Jami soati IX
X XI XII
I II
III IV V VI I.
Nazariy bilim asoslari II.
Amaliyoti:
1. Gimnastika
16
4 4 8 4 4
8 2.
Engil atletika 24
4 4 2 10
2 4 4 4 14 3.
Sport
o‘yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, badminton) 40
4 6 6 6 22 2 2 2 4 4 4 18 4
O‘zbek kurashi
(o‘smirlar uchun) Raqs elementlari va ritmik gimnastika (qizlar uchun)
26 4 4 2 2 12 4 4 4 2
14 5.
Turizm (reja asosida)
6. Suzish
12
2 4 6
2 4 6 7.
Kross tayyorgarligi
10
4 4
4 2
6 8.
Harakatli o‘yinlar 10
4
4
2 2 2 6 9.
Tanlab olinadigan sport turi 10 2
2 4 2 2 2
6
Jami 148 14 18 20 18 70 12 12 14 14 12 14 78 297 3-ilova Akademik litseylar uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha III – bosqichlarda o‘tkaziladigan o‘quv soatlarining taxminiy yillik taqsimoti
Dastur bo‘limlari Yillik soat rejasi I-yarim yillik Jami soati II-yarim yillik IX X XI XII I II III IV V VI Jami soati I.
Nazariy bilim asoslari
II. Amaliyoti:
1.
Gimnastika 16
4 4 8 4 4
8 2.
Engil atletika
24 4 4 2 10
2 4 4 4 14
3. Sport o‘yinlari (basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, badminton) 40 6
6 6 24 4 4 4 2 2
16
4 O‘zbek kurashi (o‘smirlar uchun) Raqs elementlari va ritmik gimnastika (qizlar uchun) 26 4
4 4 16 2 2 2 2 2
10
5. Turizm (reja asosida)
6.
Suzish 12
2 4 6
2 4 6
7. Krosstayyorgarligi
10
4 4
4 2
6 8.
Harakatli o‘yinlar
10
2 2
4
2 2 2 6 9.
Tanlab olinadigan sport turi 10 2
2 6 2 2
4
Jami 148 18 18 22 20 78 12 12 12 12 12 10 70 |
ma'muriyatiga murojaat qiling