O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43

Nazorat  uchun  savollar
1.  Qonning  tuzilishi,  tarkibi  va  fiziologiyasi.
2.  Qonning  shaklli  elementlarini  tushuntiring.
3.  Eritrositlarning  tuzilishi,  miqdori  va  fiziologiyasi.
4.  Leykositlarning  tuzilishi,  miqdori  va  fiziologiyasi.
5.  Leykositlarning  turlari,  ularning  tuzilishi  va  organizmdagi  ahamiyati.
6.  Trombositlar  nima?
7.  Qon  plazmasi  to'g'risida  nima  bilasiz?
8.  Gemoglobin  nima,  uning  organizmda  tutgan  rolini  aytib  bering.
9.  Fagositoz  nima,  uning  organizmdagi  ahamiyati.
10.  Qon  gemostazini  tushuntiring.
11.  Qonning  ivish  sabablarini  bilasizmi?
12.  Qon  gruppalari  to'g'risida  nimalami  bilasiz?  Gruppalaming  qon  quyishdagi 
muhim  ahamiyatlari  nimada?
13.  Rezus-faktorlar  (rezus-manfiy  va  rezus-musbat)  to'g'risida  nimalami  bilasiz? 
Ularning  qon  quyishdagi  muhim  ahamiyatlari.
14.  Qon  quyishda  nimalarga  ahamiyat  berish  kerak?  Donor  va  resipiyent  to'g'risida 
sizning  tushunchangiz.
15.  Gipoksiya  nima?
16.  Anemiyani  tushuntiring.
17.  Leykozlar  to'g'risida  nima  bilasiz?
18.  Leykositoz  va  leykopeniya  nima?
19.  Immunitet  haqida  nima  bilasiz?
20.  Antigen  va  antitelolar  nima?
21.  Allergiya  nima?
TOMIRLAR  SISTEMASI  (ANGIOLOGIYA)
Angiologiya  yunoncha  «angion»  —  tomir  so'zidan  olingan  bo'lib, 
XVIII  asrdan  beri  qo'llanadi.
Tomirlar sistemasi  organizmda boshqa a’zolar sistemasi  singari  muhim 
vazifani  bajaradi.  Tomirlar  ichidagi  suyuqliklar  (qon  va  limfa)  hujayra  va 
to'qim alar  uchun  zarur  bo'lgan  kislorod  va  oziq  moddalarni  yetkazib 
beradi.  Ayni  vaqtda  organizm  tarkibidagi  karbonat  angidrid  va  boshqa 
keraksiz  (chiqindi)  gaz  va  moddalarni  m a’lum  a’zolarga  (buyraklarga, 
teriga)  olib  boradi  va  ular  orqali  tashqariga  chiqaradi.  Tom irlar  sistemasi 
qon  tomirlar,  limfa  sistemasi  va  qo'shim cha  tuzilmalar  (limfa  tugunlari 
va  limfoid  to'qim alar)  dan  tashkil  topgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Qon  tomirlar  sistemasi  yurak,  arteriya,  vena  va  kapillarlar  singari 
murakkab  tuzilmalardan  tashkil  topgan  (140-rasm).
Y urak  qon  tom irlar  sistem asining  m arkaziy  a’zosi  b o ‘lib,  nerv 
regulatsiya  ta’sirida  doimo  bir  xilda  qisqarib  organizmdagi  turli  kalibrga 
ega bo'lgan qon tomirlar orqali hujayra hamda to'qimalarga oziq  moddalarni 
olib  boradi  va  vena  qon  tomirlari  orqali  yurakka  qaytib  keladi,  shuning 
uchun  barcha  qon  tomirlar  ikki  turga  ajratiladi:
1.  Markaziy  a ’zo  —   yurakdan  chi­
qib,  gavdaga  tarqaladigan  hamma  qon 
tomirlar (ichida oqayotgan qonning  qan­
day ligidan  qat’i  nazar)  a r t e r i  у a  q o n  
t o m i r l a r i   deb  ataladi.
2.  H ujay ralard an ,  to 'q im a la rd a n  
markaziy  a’zo  —   yurakka  qarab  qon 
olib  keladigan  tom irlarni  esa  v e n a  
q o n   t o m i r l a r i   (vena  qon  tomirlar 
sistemasiga  qaralsin)  deyiladi.
Yurakdan  chiqadigan  arteriya  qon 
to m irlari  (aorta,  o 'p k a   arte riy a la ri) 
markazdan  uzoqlashgan  sari  shoxobcha- 
lar  chiqarib  asta-sekin  kichiklashib, 
torayib  boradi.  Nihoyat,  a’zolar  mikro­
skop  ostida  ko'rinadigan  juda  ingichka 
arteriya  tolachalari  —   arteriola  tolalari- 
ga,  ular  esa  k apillarlarga  ay lanad i. 
Arteriola  tolalari  devorlarining  tarkibida 
q isq a rish   x u su siy atig a  ega  b o 'lg a n  
element  tuzilmalar bo'lib,  o'sha joydagi 
qon  bosimini  tartibga  solib  turish  uchun 
xizmat  qiladi  va  shu  bilan  kapillarlar- 
dan 
farq  qiladi.  Kapillar  soch  tolasi 
so'zidan  olingan  bo'lib,  uning  uzunligi 
o'rtacha  0,5  mm,  kengligi  esa  3— 35 
mikron,  ya’ni  odam  tukining  diametridan  ellik  marta  kichik  bo'lib,  devori 
esa  juda  yupqa.  Shuning  uchun  ulardan  qon  sekin  oqadi,  natijada  hujay­
ralar,  to 'q im a la r  va  oraliq  m oddalar,  kerakli  kislorod  va  boshqa 
moddalam ing  hammasi  kapillarlar  devori  orqali  to'qim alarga  so'rilib, 
diffuziya  bo'lib  o'tishiga  imkoniyat  tug'iladi.  To'qim alar  esa  karbonat 
angidridni  va  moddalar  almashinuvi  natijasida  vujudga  kelgan  chiqindi 
moddalarni  kapillarlarga  o'tkazib  beradi.  Shunday  qilib,  kapillar  arteriya 
qismidan  vena  kapillarlar 
qismiga,  undan  venulaga  o'tadi.  Venuladan
140-rasm.  Qon  tomirlar  sistemasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

esa  vena  qon  tomirlari  boshlanadi.  Vena  tomirlari  asta-sekin  yiriklashib, 
oxirida  ikkita  (pastki  va  yuqori)  kovak  vena  qon  tomirini  tashkil  etadi  va 
yurakning o'ng  bo'lm asiga quyiladi.  Qon o'ng bo'lmadan  o 'n g  qorinchaga 
va  undan  o'pka  arteriyalari  orqali  o'pkaga  boradi.  O 'pka  arteriyasining 
tarmoqlari  pirovardida  kapillarlarga  aylanadi  va  nafas  alveolalari  (xalta- 
chalari)ni  o'rab  oladi  (nafas  a’zolari  sistemasiga  qaralsin).  Nafas  olish 
jarayonida  karbonat  angidridni  chiqarib,  kislorodga  boyiydi.  Kislorodga 
boy  bo'lgan  toza  (arteriya)  qon  o'pka  venalari  orqali  yurakning  chap 
bo'lm asiga quyiladi,  u  yerdan  chap qorinchaga o'tib,  aorta orqali  yuqorida 
aytilganidek,  organizmga  tarqaladi.  Natijada  organizmda  to 'la  doira  — 
qon  aylanish  sistemasi  vujudga  keladi.  Qon  aylanish  sistemasi  quyidagi 
ikki  bo'lakka  ajratiladi:  1)  katta  qon  aylanish  doirasi  yurakning  chap 
qorinchasidan  boshlanib,  aorta  va  uning  tarmoqlari  orqali  hamma  a’zolar, 
to'qim alarga,  hujayralar  va  oraliq  mod- 
dalarga  tarqaladi,  keyin  vena  qon  tomir- 
lariga  aylanib,  yurakning  o'n g   bo'lm asi­
ga  qaytib  quyiladi;  2)  kichik  yoki  o'pka 
qon  aylanish  doirasi  yurakning  o 'n g  
qorinchasidan  boshlanib,  o'p ka  arteriya­
lari  orqali  o'pkaga  boradi  va  u  yerda qon 
tozalanib  (kislorodga  boyib)  to'rtta o'pka 
venalari  orqali  chap  yurak  bo'lm asiga 
quyiladi  (141-rasm).  Kichik  qon  aylanish 
sistemasidagi  qon  tomirlarning  nomlari 
ulaming  ichidagi qon tarkibiga to 'g 'ri  kel- 
maydi.  Odatda,  yurakdan  chiqib  orga­
nizmga  tarqaladigan  qon  tomirlar  (ichi­
da oqayotgan qonning  qandayligidan qat’i 
nazar)  arteriya  qon  tomirlari,  periferiya- 
dan  markaziy  a’zo  —   yurakka  qarab  bo- 
radigan  tomirlar  esa  vena  qon  tomirlari 
deb  ataladi.
Yuqorida  ko'rsatilgan  katta  va  kichik 
qon  aylanish  doiralaridan  tashqari  yana 
uchinchi  —   yurak  qon  aylanish  doirasi 
ham  bo'lib,  u  yurak  arteriya  va  vena  qon 
tomirlaridan  tuzilgan.  Yurak  devorining 
venalari  to 'g 'ridan-to'g 'ri  yurakning o'ng 
bo'lm asiga  quyiladi.
Odam  arteriya  sistemasini  sxema  tar­
zida  sershox  daraxtga o'xshatish  mumkin.
Qon  tom irlarning  a ’zolarga  kirguncha 
bo'lgan  qismiga  a’zodan  tashqari  qismi
11
141-rasm.  Qon  aylanish  doirasi.
I  -   kapillarlar;  2 -  aorta;  3 -  ichki 
a'zolardagi  kapillarlar  to'ri;  4 -  
oyo q d a g i  kap illarlar  to'ri;  5 -  
qopqoq  vena;  6 - j i g a r   ichidagi 
kapillarlar  to'ri;  7 - pastki  kovak 
vena;  8 -  kurak  limfa  nayi;  9 -o 'p k a  
arteriyasi;  10 -  yuqori  kovak  vena;
II -  qo'l  va boshdagi  kapillarlar to'ri.
www.ziyouz.com kutubxonasi

yoki  ekstraa’zo  arteriyasi,  a’zolaming  ichkarisidagi  tarmoqlangan  tomirlar- 
ni  intraa’zo  arteriyasi  deyiladi.  Qon  tomirlarning  ulanuvchi  anastomozlari 
xirurgiyada  katta  ahamiyatga  ega.  Ba’zan  asosiy  arteriya  qon  tomiri  jaro­
hatlanganda  yoki  kasallanish  (ulaming  ichiga  tromb  tiqilganda)  natijasida 
qon  a’zolarga  bormay  qoladi.  Shunda  kollateral  (yonlama)  tomirlar,  anas- 
tomozlar  orqali  muayyan  soha  qon  bilan  ta’minlanadi.  Vena  qon  tomirlar 
sistemasida  arteriyaga  nisbatan  anastomozlar  ko'proq  uchraydi.  Vena  qon 
tomirlari  ichki  hajmi  o'zgaradigan  ko'pchilik  a’zolar  (bachadon,  qovuq  va 
h.  k.)  devori  atrofida  chigali  bo'ladi.  A ’zolar  hajmi  kattalashgan  taqdirda 
ham  vena  qon  tomirlari  devorlarining  siqilishiga  qaramasdan,  chigallar 
orqali  qon  normal  oqib  tura  oladi  (142-rasm).
Ko'pchilik a’zolarda doimo mayda 
arteriya  bilan  vena  tolalarining  o'rta­
sida arteriya-vena anastomozlari bo'la­
di.  B unda  arteriy a  ik k ita  tolaga 
bo'linadi, uning yo'g'onroq tolasi key­
inchalik  arteriola  va  kapillarlarga 
bo'linsa,  kichikroq  tolasi  vena  tolasi 
bilan  qo'shiladi.  Bu  holda arteriya to­
lasining  devori  vena  tom irlarining 
devoriga  o'xshab  tuzilgan  bo'ladi. 
Ba’zida  arteriya-vena  anastomozlari 
qo'shilib,  koptokchani  hosil  qiladi. 
Agar  to'qimalarga  qon  odatdagidan 
ko'proq  keladigan  bo'lsa,  u  holda 
arteriya-vena anastomozlari orqali  (ka­
pillarlar  bundan  mustasno)  vena  to- 
mirlariga  o'tib  ketadi.  Bunday  holat 
yurak  muskulining  energiyasi  tejali- 
shiga  katta  imkon  tug'diradi.
Hamisha  arteriya  bilan  vena  to­
mirlari  yonma-yon joylashgan  b o 'la ­
di,  katta  arteriya  tomirlari  ko'pincha 
bitta  tomir  bilan  yo'naladi.  Arteriya 
bilan  vena  tomirlari  nerv  tolalari  bilan  birgalikda joylashib,  qon  tomirlar
—   nerv  boylamini  hosil  qiladi  va  alohida  parda  (fassiya)  bilan  o'ralgan 
bo'ladi  (143-rasm).
Qon  tomirlar  devori  uchta  qavatdan  iborat:  birinchi  —   tashqi  qavati 
elastik  biriktiruvchi  to'qim adan  tuzilgan.  Ikkinchi  o 'rta  qavati  boshqa 
qavatlarga  qaraganda  qalinroq  bo'lib,  silliq  muskullardan  tashkil  topgan. 
Uchinchi  yoki  ichki  qavati  endoteliydan  iborat.  Vena  qon  tomirlarining 
devori  arteriya  qon  tomirlarining  devoriga  o'xshash  tuzilgan  bo 'lsa  ham, 
ulardan  o'zining  yupqaligi  va  endoteliydan  hosil  bo'lgan  yarim  oysimon
142-rasm.  Qon  tomirlar  devorining 
gistologik  tuzilishi. 
a -  vena  qon  tomiri:  I  -  ichki  qavat;  2 -  
o'rta  qavat;  J -  tashqi  qavat.  b -  arteriya 
qon  tomiri;  4 -  tashqi  qavat;  5 -o 'r ta  
qavat;  6 -  ichki  qavat.
www.ziyouz.com kutubxonasi

143-rasm.  Vena  qon  lomiri. 
I
  -   vena  qon  tomirlarining 
devori; 
2  -  klapanlar; 
3 -  
klapan  b o 'sh lig 'i.
klapanlarining  bo'lishi  bilan 
farq  qiladi.  Qon 
tomir  yupqa  biriktiruvchi  to'qim a  bilan  o'ralib 
turadi  va  devorlarini  qon  bilan  ta’minlaydigan 
o'ziga  xos  arteriya  hamda  vena  qon  tomirlari, 
markaziy  nerv  sistemasini  bog'lab turadigan  nerv 
tolalari va  ulaming oxirgi qismlari —  retseptorlari 
bo'ladi.  Ular  qon  tomirlar  ishini  tartibga  solib 
turish  vazifasini  bajaradi.
Yurak
Yurak 
muskuldan  tuzilgan  a’zo bo'lib,  ko'krak 
qafasida  joylashgan.  Yurak  odam  hayotining 
oxirgi  daqiqasigacha  hamma  vaqt  (qisqa  pauza- 
lardan  tashqari)  muntazam  harakatlanib,  qisqarib 
(sistola),  kengayib  (diastola)  turadi  va  organizm­
ning barcha qismlariga qon yetkazib beradi.  O 'rta 
yoshdagi 
odamning 
yuragi 
bir 
minutda 
o'rtacha  70— 75  marta,  bir  sutkada  esa  100000 
marta qisqaradi.  Bu  esa shu  vaqt  ichida 20  tonna yukni bir metr balandlikka 
ko'tarish  quvvatiga  teng  hisoblanadi.  O 'rta  yoshdagi  odamning  yuragi 
oldindan orqaga qarab bir oz siqilgan  konus shaklida bo'lib,  hajmi  taxminan 
har  bir  odamning  o'rtacha  yumilgan  o 'z   mushtiga  teng  (144-rasm).
Yurakning  o'rtacha  og'irligi 
erkaklarda  300  g.  Chaqaloqlar 
yuragining  og'irligi  23— 37  g 
bo'lsa,  sakkiz  oylikda  bu  vazn 
ikki  baravar,  2— 3  yoshlik  bola­
larda  uch  baravar  va  16  yoshga 
borganda  o'n  bir  marta  ortadi.
Yurakning uzunligi o'rta yoshda­
gi  odamlarda  13— 14,5  sm,  eng
144-rasm.  Yurakning  tashqi 
ko'rinishi.
/ - c h a p   o'mrov  arteriyasi;  2 -   umu­
miy  uyqu  arteriyasi; 
3 -  aorta ravog'i;
-  o'rka  o'ng  arteriyasi;  5 -  o'pka ar­
teriyasi  poyasi; 
6 -  yurakning  chap 
qulog'i;  7 - yurak  tanasi;  8 -  oldingi 
egat;  9 -c h a p   qorincha;  1 0 -  yurak 
uchi;  I I -  o'n g  qorincha; 
12  -  toj 
egati; 
13 -  yurakning  o'ng  qulog'i;
14 -  yuqoriga ko'tariluvchi  aorta;  15 -  
yuqori  kovak  vena; 
16 -  epikard;  17 -
yelka  bosh  arteriyasi  poyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

keng  qismi  (ko‘ndalangiga)  9— 10,5  sm  va  old  sathi  bilan  orqasining  uzunligi 
6— 7  sm.  Yurakning  og'irligi  butun  gavda  og'irligiga  nisbatan  1:200  yoki 
1:175  bo'ladi.  Yurak  tashqi  yuzasining  ikkita  o'tkir  (o'ng)  va  o'tmas  (chap) 
chekkalari  uni  orqa  va  oldingi  yuzalarga  ajratib  turadi.
Yurakning  oldingi  va  bir  oz  yuqoriga  qarab  turgan  to'sh-qovurg'a 
yuzasi  hamda  bir  oz  pastga  qaragan  diafragma  yuzasi  bor.  Yurakning 
yuqoriga  qarab  turgan  kengroq  qismi  —   asosi  va  pastga  chapga  qaragan 
yumaloqroq  uchi  bor.  Yurak  asosidan  boshlanadigan  yirik  arteriya  va 
vena  qon  tomirlariga  osilgan  holatda  ishlab  turadi.  Yurak  to 'rt  bo'lim dan 
iborat  bo'lib,  uning  asosida joylashgan  ikkita  yurak  bo'lmachalari  va  ular 
ostida  joylashgan  ikkita  yurak  qorinchalari  tafovut  qilinadi.
Yurakning  tashqi  yuzasida  bo'lm achalar  bilan  qorinchalar  o'rtasidagi 
chegaralarga to 'g 'ri  keladigan  va yurakni hamma tomondan  o'rab turadigan 
ko'ndalang  egat,  qorinchalarni  bir-biridan  ajratib  turadigan  (chegara 
devorlariga  to 'g 'ri  keladigan)  —   oldingi  uzunasiga  joylashgan  egat  va 
orqa  tomondagi  uzunasiga  ketgan  egatlar  bor.  Yurak  egatlari  yurak  to­
mirlari  va  yog'  moddasi  bilan  to ‘lib  turadi.  O 'ng  va  chap  bo'lm achalar 
hamda  qorinchalar  ular  oralig'ida  joylashgan  devor  bilan  ajralib  turadi. 
Lekin  o'ng  bo'lm acha  bilan  o'ng  qorincha  va  chap  bo'lm acha  bilan  chap 
qorinchalar  o 'zaro   yurak  bo'lm achalari  bilan  qorinchalari  o'rtasidagi 
teshiklar  vositasida  qo'shilib  ketgan.  Shunday  qilib,  to'rt  bo'lakli  yurak 
o'zaro  bir-biriga  qo'shilib  turgan  ikki  qismga  ajraladi.  Jumladan,  o'ng 
bo'lm acha  bilan  o 'ng  qorincha  o'zaro  qo'shilsa,  ikkinchi  tomondan  chap 
bo'lm acha  bilan  chap  qorincha  bir-biriga  qo'shiladi.
Yurakning  o'ng  bo'lmachasi  (devorining  qalinligi  2— 3  mm)  kub  shak­
lidagi  bo'shliq  bo'lib,  chap  bo'lmachadan  oraliq  to'siqcha  bilan 
ajralib 
turadi.  O'ng  bo'lmacha  bo'shlig'ining  hajmi  o'ng  qulog'i  hisobiga  ancha 
kattalashadi.  Bo'lmachaning  ichki  yuzasi,  asosan  silliq  bo'lib,  quloq  qismi­
da  muskul  tutamlari  bir  tekisda  joylashmagan  (145-rasm).
O 'ng bo'lmachaga yuqorigi  va 
pastki  kovak  venalar quyiladi.  Bu 
bo'lm achaga  kovak  venalardan 
tashqari  yurakning  o 'z  vena  qoni 
ham  quyiladi.  Bo'lm achalar o'rta- 
2  sidagi  to'siqning  taxminan  o'rta
7 
145-rasm.  O'ng  bo'lmacha  bilan
5  
qorincha  ochilgan. 
/-b o'lm ach alar  oraliq  devori;  2 - o 'n g
^   quloqcha;  J -  o'ng tepa arteriya;  4 -  qorin-
  chalar  oraliq  devori;  5 -  so'rg'ichsimon
5   muskullar;  6 -  pay  ipchalar;  7 -  uch  tava-
qali  klapanning  medial  klapani;  8 -  tepa 
venasining 
klapani; 
9 -  pastki  kovak 
klapanlari;  1 0 -  ovalsimon  chuqurcha.
www.ziyouz.com kutubxonasi

qismida  oval  shaklidagi  chuqurcha  bo'lib,  embrionda  chuqurcha  o'rnida 
teshik  bo'ladi.  Bu  teshik  orqali  bola  tug'ilguncha  bo'lgan  davrda  o'ng 
bo'lmachadan chap  bo'lmachaga qon  o'tib turadi.  Odatda,  bola tug'ilgandan 
keyin ovalsimon  teshik bekilib,  o'm ida ovalsimon chuqurcha qoladi.  Ba’zan 
ovalsimon  teshik  umrbod  saqlanib  qolishi  ham  mumkin.  O 'ng  bo'lm acha 
pastki  tomonda  o 'n g  qorincha  bilan  uch  tavaqali  klapanli  teshik  orqali 
qo'shilib  turadi.
Chap  bo'lmachaning  ichki  yuzasi  o 'n g   bo'lmachaning  ichki  yuzasiga 
o'xshash  silliq  tuzilgan.
Chap  bo'lm achaga  to'rtta  o'pka  venasi  quyiladi.  Qon  chap  bo'lm a­
chadan  chap  qorinchaga  ular  oralig'ida  joylashgan  ikki  tavaqali  klapani 
bor  teshik  orqali 
quyilib  turadi.  Odatda,  o 'ng  va  chap  o'pkaning  har 
biridagi  ikkitadan,  jam i  to'rtta  vena  tomirlari  o'pkada  tozalangan  qonni 
yonma-yon  joylashgan  chap  bo'lmachaga  quyadi.
O 'ng  qorincha  devorining  qalinligi  5— 8  mm  bo'lib,  qorinchaning 
ichki  yuzasida  muskul  tutamlari  parallel  holatda  yotmay,  bir-biri  bilan 
kesishib,  murakkab  muskul  chigali  —  et  o'sim talarini  va  muayyan  joy- 
larda  qorincha  bo'shlig'iga  chiqib  turadigan  uchta  konussimon  o'siqlar
—   so'rg'ichsim on  muskullami  hosil  qiladi.  Qorinchalaming  bir-biridan 
ajratib  turadigan  oraliq  to'sig 'i  o'ng  qorincha  bo'shlig'iga  bo'rtib  kirib 
joylashadi.  O 'ng  bo'lm acha  bilan  o'ng  qorincha  oralig'idagi  teshikda  uch 
tavaqali  (medial,  oldingi  va  orqa  tomonda  joylashgan)  klapanlar  bo'ladi. 
Bu  klapanlar yurakning  ichki  —   endokard  qavatidan  vujudga  kelib,  tashqi 
silliq  yuzalari  pay  pardalariga  o'xshaydi.  Ulaming  pastki  erkin  chekkalari 
qorincha bo'shlig'iga qarab joylashgan,  har birining  uchiga so'rg'ichsim on 
muskullardan  boshlangan  ingichka  pay  iplar  yopishgan.  O 'n g   qorincha 
ochiladigan  o'pka  qon  tomirining  teshigi  og'zida  uchta  yarim  oysimon 
klapan joylashgan.  Ulardan  biri  oldingi  tomonda  va  qolgan  ikkitasi  dorzal 
tomonda.  Yarim  oysimon  klapanlar  qon  tomirning  b o 'sh lig 'ig a  qarab 
(tashqaridan  tikilgan  cho'ntakka  o'xshab)  joylashgan.  Qorincha  diastola 
(bo'shashgan)  paytida  qon  tomirdagi  qon  orqaga  qaytib  klapanlami  qon 
bilan  to'ldiradi,  shu  bilan  ularni  bir-biriga  yaqinlashtirib,  o'pka  arteriya 
qon  tomirini  qorincha bo'shlig'idan  ajratib  turadi.  Qon  esa diastola paytida 
o'pka  arteriyasidan  qorinchaga  qaytib  tusha  olmaydi.  Ayni  vaqtda  qorin­
chalar  diastola  bo'lgan  paytida  bo'lm achalar  sistola  (siqilish)  bo'lib,  qon 
bu  teshik  orqali  qorinchalarga  quyiladi.  Qorinchalarda  sistola  bo'lganda 
bo'lmachalarda  diastola  bo'ladi.  Bu  vaqtda  uch  tavaqali  klapanlar  bir- 
Ull Igu  J 
inlashib,  teshikni  berkitadi.  Natijada,  qon  bo'lm achaga  qayt- 
masdan  o'pka  qon  tomiriga  qarab  yo'naladi.
Chap  qorincha  b o'shlig 'i  konus  shaklida  bo'lib,  ikkita  teshigi  bor. 
Teshikning  biri  chap 
bo'lmachani  chap  qorinchaga  qo'shib  turadigan 
oval  shaklidagi  ikki  tavaqali  klapanli  bo'lsa,  ikkinchisi  chap  qorinchani 
aorta bilan  qo'shadigan  uchta yarim oy  klapanli.  Ikki  tavaqali  klapanlaming
www.ziyouz.com kutubxonasi

biri  kichikroq  bo'lib,  chap  tomonda  orqaroqda,  ikkinchisi— kattarog'i  esa 
o'ng  tomonda  oldinda  joylashgan.  Har  ikkala  klapanning  b o'sh  qirralari 
pay  ipchalar  orqali  oldingi  va  orqa  tomonda  joylashgan  so'rg'ichsim on 
ikkita  muskulga  birlashadi.
Aortaning  uchta  yarim  oysimon  klapani  ham  yurakning  boshqa  kla- 
panlariga  o'xshash  tuzilgan  bo'lib,  chap  qorinchaning  aorta  teshigiga 
qo'shilish  chegarasida  joylashadi  (146-rasm).
Chap  qorincha  qisqarib  aorta  orqali  organizmning  barcha  qismlariga 
arteriya  qonini  yetkazib  beradi.  Shuning  uchun  bu  qorincha  devorining 
muskul  qavati  o'ng  qorincha  devorining  muskul  qavatiga  nisbatan  (o'ng
qorincha qisqarib vena qonini  faqat 
o'pkaga yetkazib beradi)  anchagina 
qalinroq  (10— 15  mm)  tuzilgan.
Chap  q orin ch a  o 'n g   qorin- 
chadan  o'rtada  joylashgan  qorin­
chalar  oraliq  to 'sig 'i  bilan  ajralib 
turadi.
Y urak  devori  uch  qavatdan 
tuzilgan  bo'lib,  uning  ichki  qavati
— endokard, o 'rta (muskul) qavati
—  miokard  va  tashqi  qavati  epi- 
kard  deyiladi.
1.  Y urak  d e v o rin in g   ichki 
qavati  (endokard)  bir  talay  elastik 
tolalar,  silliq  muskul  hujayralari 
va  b irik tiru v c h i  to 'q im a la rd a n  
tuzilgan.  Endokard  pardasining 
ichkari  (qorincha  va  bo 'lm ach a 
bo ‘shliqlari)ga  qaragan  sathi  endoteliy  bilan  qoplangan,  shuning  uchun 
yurakning  ichki  yuzasi  silliq  bo'ladi.
Endokard  bo'lm acha  va  qorinchalar  oralig'idagi  teshiklar  va  arteriya- 
lar  (aorta  va  o'p k a  arteriyasi)ning  boshlanish  joyidagi  teshiklarda  burma 
(dublikatura)  ko'rinishida  yarim  oy  qopqoq  klapanlari  hosil  qiladi.
2.  O 'rta  (muskul)  qavati  -  miokard  yurak  devorining  asosiy  qismi 
bo'lib,  maxsus  ko'ndalang-targ'il  muskul  tolalaridan  tuzilgan.  Bu  tolalar- 
ning  qisqarishi  natijasida  yurak  ishlab  turadi.  Yurakning  muskul  qavati 
hamma bo'lagida ham bir xil  tuzilmagan.  Yurak bo'lmachalarining  muskul 
qavati  yurak  qorinchalarining  muskul  qavati  tuzilishidan  farq qiladi.  Yurak 
qorinchalarining  muskul  tolalari  yurak  bo'lmachalarining  muskul  tolalari 
bilan  tutashm agan  b o 'lib ,  alohida  ikki  fazada  qisqaradi  (yurakning 
funksiyasiga  qaralsin).  Lekin  yurakning  bo'lm acha  va  qorincha  muskul 
tolalari  ham  ikkita  fibroz  halqasidan  boshlangan  bo'ladi.
3- 
2
-
В
Щ

'■ 
C *
' ‘
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling