O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43

Ichki  uyqu arteriyasi.  Umumiy  uyqu  arteriyasidan  boshlanib,  dastlab 
tashqi  uyqu  arteriyasini  chetlab  o'tib   (bukilib),  uning  medial  tomonida 
(ichkarisida) joylashadi,  so'ngra  tikka  yo'nalib,  tashqi  uyqu  teshigi  orqali 
uyqu  kanaliga  kirib  bukilib,  keyin  kalla  bo'shlig'iga  kiradi.  Ichki  uyqu 
arteriyasi  bo'yinda  medial  tomondan  halqum,  orqa  va  lateral  tomondan 
adashgan  nerv,  bo'yinturuq  venaga  tegib  turadi  (153-rasm).
A rteriya  kalla  b o 's h lig 'id a  
miyaning qattiq  va to'rsimon  par- 
dalarini  teshib  o'tib,  bir  qancha 
tarmoqlar  beradi:
1.  U y q u  
a r t e r i y a s i ­
n i n g  
n o g ' o r a  
b o ' s h ­
l i g ' i   t a r m o q l a r i   —   nog'o­
ra  bo'shlig'iga  tarqaladi.
2.  K o ' z   k o s a s i  
a r t e ­
r i y a s i   ichki  uyqu  arteriyasidan 
ajralgach,  ko'rish  kanali  orqali 
ko'z  kosasiga  kiradi.  Arteriyadan 
ko'z  kosasida  miya  qattiq  parda­
sining  oldingi  bo'lagiga boruvchi 
tolalar,  ko'z  yoshi  beziga  boruv­
chi  tolalar  va  ko'z  soqqasining 
tomirli  pardasiga  boruvchi  tola­
lar  hamda  to 'r  pardaning  marka­
ziy  arteriyasiga  va  g'alvirsim on 
suyakka  tarmoqlar  beradi.
3 . M i y a n i n g   o ' r t a   a r ­
t e r i y a s i   ichki  uyqu  arteriya­
sining  davomi  va uning eng  yirik 
tarmoqlaridan  biri  bo'lib,  lateral
153-rasm.  Bosh  miya  arteriyalari. 
/ - o l d i n g i   birlashtiruvchi  arteriya;  2 -  
miyaning  oldingi  arteriyasi;  J - i c h k i  uyqu 
arteriyasi;  4 -  miyaning  o'rta  arteriyasi;  5 -  
orqadagi  birlashtiruvchi  arteriya;  6 -  tomir 
chigali  arteriyasi;  7 -  m iyaning  orqadagi 
arteriyasi;  8 -  asosiy  arteriya;  9 - m i y a -  
chaning  orqadagi  pastki  arteriyasi;  1 0 -  
umurtqa  arteriyasi;  / / - o r q a  
miyaning 
oldingi  arteriyasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

tomondan  Silviyev  chuqurchasi  orqali  Reyli  orolchasiga  borib  tarqaladi. 
Miyaning o ‘rta arteriyasi  oxirgi  tarmoqlari  orolchani,  yarimshaming chakka, 
peshona  va  tepa  bo'lagini  qon  bilan  ta’minlaydi.
4.  T o m i r l a r   c h i g a l i   a r t e r i y a s i   yon  qorinchaning  chakka 
bo'lagida  joylashgan  pastki  shoxida  (miya  katta  yarimsharining  chakka 
sohasida)  tomirlar  chigalini  hosil  qilib  tugaydi.
5.  O r q a d a g i   b i r l a s h t i r u v c h i   a r t e r i y a   ichki  uyqu  arteri­
yasidan  chiqib,  miyaning  orqa  arteriyasi  bilan  anastomozlashadi.
D o i r a v i y   a r t e r i a l   a n a s t o m o z .   Chap  va  o'n g   tomondagi 
miyaning  oldingi  arteriyasi  o'zaro  oldingi  birlashtiruvchi  arteriya  bilan 
birlashib,  anastomoz  hosil  qilsa,  orqa  tomonda  umurtqa  arteriyasining 
tarmoqlari  o'ng  va  chap  tomondagi  miyaning  orqa  arteriyalarini  o'zaro 
birlashtiruvchi  arteriyasi  orqali  qo'shilishidan  arteriya  anastomozi  paydo 
qiladi.  Natijada  bitta  doiraviy  arterial  anastomoz  (Villiziy  arteriya  halqasi) 
vujudga  keladi.  Bu  arterial  halqa  bosh  miya  asosida,  o'rgim chak  iniga 
o'xshash  parda  ostida  turk  egarining  atrofini  gardish  bo'lib  o'rab  turadi. 
Bu  doiraviy  arteriya anastomozi  miyani  qon  bilan  ta’minlashda,  xirurgiyada 
muhim  vazifani  bajaradi.
0 ‘mrov  osti  arteriyasi
O'm rov  osti  arteriyasi  bir juft bo'lib,  chap tomondagi  arteriya to'g'ridan- 
to 'g 'ri  aorta  ravog'idan  chiqadi,  o 'n g   o'm rov  osti  arteriyasi  esa  bosh- 
yelka arteriya stvolidan boshlanadi.  Shuning  uchun  chap tomondagi  o'mrov 
osti  arteriyasi  bir  oz  uzunroq  bo'ladi.  Ikkala  o'm rov  osti  arteriyasi  ham 
ko'krak  bo'shlig'idan  plevra  gumbazini  aylanib  o'tadi  va  qavariq  qismi 
yuqoriga  qaragan  arteriya  ravog'ini  hosil  qiladi.  O'm rov  osti  arteriyasi 
o'm rov  suyagiga  yaqinlashadi  va  birinchi  qovurg'aning  tashqi  qirrasidan 
boshlab  qo'ltiq  arteriyasi  nomini  oladi.  O 'm rov  osti  arteriyasi  joylashgan 
o'rniga  qarab  uchga  bo'lib  o'rganiladi:  birinchi  bo'lim i  —   o'm rov  osti 
arteriyasining  boshlanishidan  narvonsimon  muskullar oralig'iga  kirguncha 
bo'lgan  qism,  ikkinchi  bo'lim i  —   narvonsimon  m uskullar  o ralig'id a 
joylashgan  qism,  uchinchisi  esa narvonsimon  muskullar oralig'idan  chiqib, 
qo'ltiq  sohasining  yuqori  chegarasigacha  (birinchi  qovurg'aning  tashqi 
qirrasigacha)  bo'lgan  qism.  O 'm rov  osti  arteriyasining  birinchi  bo'lim i- 
dan  boshlangan  tarmoqlari:
I. 
U m u r t q a   a r t e r i y a s i   —   o'm rov  osti  arteriyasidan  boshlanib, 
oldingi  narvonsimon  muskul  bilan  bo'yinning  uzun  muskuli  orasidan 
yuqoriga ko'tarilib,  IV bo'yin  umurtqasining ko'ndalang o'sig'idan  teshikka 
kiradi.  Keyinchalik  bo'yin  umurtqalarining  ko'ndalang  o'siqlaridagi  ana 
sh und ay   te sh ik la rd a n   tik k a   y u q o rig a   k o 'ta r ilib ,  ik k in ch i  b o 'y in  
um urtqasigacha  boradi  va  lateral  tom onga  burilib,  birinchi  b o 'y in  
umurtqasining  ustki  yuzasidagi egatdan o'tadi  va miyaning qattiq  pardasini
www.ziyouz.com kutubxonasi

teshib,  ensaning  katta  teshigi  orqali  kalla  b o 'sh lig 'ig a   kiradi.  Kalla 
bo'shlig'ida  o'ng  va  chap  tomondagi  umurtqa  arteriyalari  nishabi  bo'ylab 
uzunchoq  miyaning  ostida  oldinga  yo'naladi  va  ikkala  arteriya  o'zaro 
birlashib,  bitta  toq  asosiy  arteriyani  hosil  qiladi.
U m urtqa  arteriyasidan  m uskullarga  va  kalla  b o 's h lig 'in in g   orqa 
chuqurchasida  joylashgan  miyaning  qattiq  pardasiga  bir  qancha  mayda 
tarmoqlar  beradi:
1
.  Orqa m iyaning m ayda tarmoqlari 
umurtqa arteriyasining butun davomida 
chiqib,  umurtqa  oraliq  teshiklari  orqali  orqa  miyaga  boradi.
2. 
O rq a   m iy a n in g   o ld in g i  a r te r iy a s i 
um urtqa  arteriyalaridan  kalla 
bo'shlig'iga  chiqib,  ensaning  katta  teshigi  orqali  pastga  yo'naladi,  orqa 
miyaning  oldingi  sathiga  yaqinlashganda  ikkala  arteriya  o'zaro  qo'shilib, 
bitta  toq  arteriyaga  aylanadi.
3. 
O rq a   m iy a n in g   o rq a d a g i  a r te r iy a s i 
umurtqa  arteriyasidan  kalla 
bo'shlig'iga  chiqib,  uzunchoq  miya  bilan  orqa  miyaning  ikkala  yonboshi- 
dan  yoqalab  pastga  tushadi.
4. 
M iy a c h a n in g   o rq a d a g i  p a s tk i  a r te riy a si 
umurtqa  arteriyasining  eng 
yirik  tarm og'i  bo'lib,  miyacha  pastki  yuzasining  orqa  bo'lim ini  qon  bilan 
ta’minlaydi.
5. 
A so siy   a rte riy a  
o 'ng  va  chap  tomondagi  umurtqa  arteriyalarining 
nishabda  o'zaro  birlashishidan  paydo  b o 'lib ,  so'ngra  katta  miyaning 
orqadagi  arteriyasiga  ajraladi.  Ana  shu  ikkala  arteriya  orqa  tomonga 
yo'nalib,  miya  oyoqchasini  pastki  va  tashqi  tomondan  aylanib  o'tib,  bosh 
miya  yarimsharlarining  ensa,  chakka  bo'laklariga  hamda  uchinchi  va 
yonbosh  qorinchadan  qon  tomir  chigallariga  tarqaladi.
Asosiy  arteriyadan  miyachaning  oldingi  pastki  yuzasiga,  ko'prik  qismi 
(labirint)ga,  miyachaning  ustki  yuzasiga va ichki quloqqa tarmoqlar beradi.
II.  Q a l q o n s i m o n   b e z - b o ' y i n   a r t e r i y a s i   stvoli  y o 'g 'o n  
va  kalta  (uzunligi  taxminan  4  mm)  bo'lib,  o'm rov  osti  arteriyasidan 
kekirdakka  chiqib,  qalqonsimon  bezga,  hiqildoqqa,  qizilo'ngachga  tar­
moqlar  beradi:
1.
  B o'yinning  y uqoriga  k o 'ta rilu vch i  arteriyasi 
qalqonsimon  bez-bo'yin 
arteriyasidan  ajralib,  bo'yinning  chuqur  muskullariga  tarqaladi.
2. 
K u ra k  usti a rte riy a si 
oldingi  narvonsimon muskulning old  tomonidan 
boshlanib,  kurakning  orqa  tomonida  joylashgan  muskullami  qon  bilan 
ta’minlaydi.
III.  K o ' k r a k   q a f a s i n i n g   i c h k i   a r t e r i y a s i   o'm rov  osti 
arteriyasining  pastki  yuzasidan  boshlanib,  ko'krak  qafasida  to 'sh  suyagi­
ning  chekkasidan  1— 1,5  sm  tashqariroqda  tikka  pastga  yo'naladi  va  V II- 
VIII  qovurg'alar  oralig'i  sohasiga  borganda  diafragma-muskul  arteriyasi 
va qorin  tepasidagi  ustki  arteriyaga bo'linadi.  Diafragma-muskul  arteriyasi 
diafragma  bilan  qorin  muskullarini  qon  bilan  ta’m inlashda  ishtirok  etadi
www.ziyouz.com kutubxonasi

va  pastki  5— 6  ta  qovurg'a  oraliqlariga  tolalar  beradi.  Qorin  tepasidagi 
ustki  arteriya  pastga qorinning  to 'g 'ri  muskuli  bo'ylab  kindikkacha  boradi 
va  qorin  tepasidagi  pastki  arteriya  (tashqi  yonbosh  arteriya  tarm og'i) 
bilan  anastomozlashadi.  Qorin  tepasidagi  ustki  arteriya  qorin  to 'g 'ri  mus­
kuli  va  uning  qinini  qon  bilan  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  ko'krak 
qafasining  ichki  arteriyasidan  qovurg'a  oralig'iga  boruvchi  shoxchalami 
beradi.  Bu  shoxchalar  orqa  tomonda  aortadan  chiqqan  qovurg'alar  oraliq 
arteriyalari  bilan  qo'shilib,  qovurg'a  oraliqlaridagi  arteriyalaming  anasto- 
mozlarini  hosil  qiladi.  Natijada  o'm rov  osti  arteriya  sistemasini  aortaning 
ko'krak  bo'lagi  bilan  qo'shadi.  Bunday  anastomozlar  xirurgiyada  va  kol- 
lateral  tomirlar rivojlanishida muhim  vazifani bajaradi.  Arteriyaning  ikkinchi 
qismidan  quyidagi  tolalar  chiqadi:
IV.  Q o v u r g ' a - b o ' y i n   a r t e r i y a s i   stvoli  o'm rov  osti  arteri­
yasining  orqa  yuzasidan  kalta  va  y o 'g 'o n   shox  bo'lib  boshlanadi,  keyin 
ikkita  tarmoqqa  bo'linadi:
1.
  B o 'y in n in g   c h u q u r  a rte riy a si 
birinchi  qovurg'a  bilan  III  bo'yin 
umurtqasining  ko'ndalang  o 'sig 'i  orasidan  o'tib,  ensa  va  orqaning  chuqur 
muskullarini  hamda  orqa  miyani  qon  bilan  ta’minlaydi.
2.  U stki  q o v u r g 'a   a rte riy a si 
arteriya  stvolidan  chiqib,  pastga  boradi 
va  I— II  qovurg'a  oraliqlariga  tarqaladi.
O'm rov  osti  arteriyasining  uchinchi  qismidan  chiqadigan  tolalar:
V.  B o ' y i n n i n g   k o ' n d a l a n g   a r t e r i y a s i   o'm rov  osti  arte­
riyasidan  chiqqanidan  so'ng  bo'yinga  va  ko'krak  atrofidagi  muskullarga 
tarqaladi.
Qo‘ltiq  arteriyasi
Q o'ltiq  arteriyasi  o'm rov  osti  arteriyasining  bevosita  davomi  bo'lib, 
uning  yuqori  chegarasi  birinchi  qovurg'aning  tashqi  chekkasidir.  Qo'ltiq 
arteriyasi  qo'ltiq  osti  chuqurchasida  ko'krak  muskullarining  orqa  yuzasi 
bo'ylab  pastga  yo'naladi  va  katta  ko'krak  muskuli  bilan  orqa  serbar 
muskulining  pastki  chekkasiga kelganda yelka arteriyasi  nomi  bilan davom 
etadi.  Q o'ltiq  arteriyasi  qo'ltiq  venasining  orqasida  va  medial  tomonida 
yelka  nerv  chigalini  o'ragan  holda joylashgan.  Q o'ltiq  arteriyasining  past 
(tashqi)  tomonida  esa  limfa  tugunlari  va  yog'  to'qim alari  joylashgan. 
Q o'ltiq  arteriyasidan  quyidagi  tarmoqlar  chiqadi  (154-rasm):
1.
  E n g   y u q o rid a g i  k o 'k r a k   a rte riy a si 
qo'ltiq  arteriyasidan  boshlanib,
I— II  qovurg'a  oraliqlariga  va  ko'krak  muskullariga  tarqaladi.
2. 
K o 'k r a k   q a fa si  va  k o 'k r a k   o 's i g 'i   a rte riy a si 
kalta  bo'lib,  kurak 
suyagining  o 'sig 'ig a,  deltasimon  muskulga  tarqaladi.
3. 
K o 'k r a k   q a fa sin in g   y o n   a r te r iy a s i 
qo'ltiq  arteriyasidan  chiqib, 
ko'krakning oldingi tishli  muskulini  va ko'krak bezini qon bilan  ta’minlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

4.  Kurak  osti  arteriyasi  qo'ltiq  arteriyasidan 
boshlanib,  kurak  muskullariga  tarqaladi.
5.  Yelka  suyagini  o'rovchi  orqa  arteriya  qo'ltiq 
arteriyasidan chiqib, orqa tomonga yo'nalib, to'rt qirrali 
teshik  orqali  deltasimon  muskulning  ostidan  o'tadi 
va yelka suyagining bo'ynini o'rab turadi.  Deltasimon 
muskulning  yelka  bo'g'imini  qon  bilan  ta’minlaydi 
va  qo'shni  arteriyalar  bilan  anastomozlanadi.
6.  Yelka  suyagini  o'rovchi  oldingi  arteriya 
kichkina  tola  bo'lib,  bu  arteriya  qo'ltiq  arteriyasi­
dan  yelka suyagini o'rovchi  orqa arteriya boshlangan 
joyiga yaqin  qismidan  chiqadi.  Yelka suyagi bo'ynini 
oldingi  tomondan  o'rab  o'tadi  va  shu  nomli  orqa 
arteriya  bilan  anastomozlashadi,  yelka  bo'g'im iga 
tarmoqlar  beradi.
Yelka  arteriyasi
Yuqorida  ko'rsatilganidek,  qo'ltiq 
arteriyasi 
yelkaga  o'tishi  bilan  yelka  arteriyasi  deb  ataladi. 
Arteriya  yelka  sohasida yelkaning  medial  ariqchasi 
bo'ylab  ikkita yelka  venasi,  tirsak,  bilak va oraliq 
nervlar  bilan  yonma-yon  yotadi.
Yelka  arteriyasi  tirsak  chuqurchasida  bilak 
va  tirsak  arteriyalariga  bo'linadi.  Yelka  arteri­
yasi  tarmoqlari:
1.  Muskullarga  boradigan  tarmoqlar  yelka 
muskullariga  boradi.
2.  Yelkaning  chuqur  arteriyasi  yelka  arteriya­
sining  y o 'g 'o n   tolalaridan  biri  b o'lib ,  uning 
boshlanish  qismidan  chiqadi  va  bilak  nervi  bilan 
yelkaning  orqa  tomonidan,  uch  boshli  muskul 
oralig'i  (spiralsimon  kanal)  dan  pastga  yo'naladi. 
Yelka suyagiga boradigan bu arteriya yelka suyagini 
qon  bilan  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari,  o'rtadagi 
yon arteriya yelkaning chuqur arteriyasidan chiqib, 
uch boshli muskulga tarmoqlar berib, so'ngra tirsak 
bo'g'imining  tashqarisida  bilak  arteriyasi  tarmog'i 
bilan anastomozlashib, arteriya to'rini hosil qilishda 
qatnashadi.
3.  Bilak  suyagi  tomondagi  yon  arteriya  yelka 
chuqur  arteriyasining  o'rta  qismidan  o'tib,  tirsak 
bo'shlig'ining  tashqi  tomonidan  pastga  tushadi  va 
bilak  arteriyasi  tarmog'i  bilan  anastomozlashadi.
154-rasm.  Qo'ltiq 
arteriyasi. 
/- q o 'l t iq   arteriyasi;  2,  3, 
4  -   q o 'lt iq  
a r te r iy a si 
tarmoqlari;  5  -   yelkaning 
chuqur  arteriyasi;  6 -b ila k  
suyagi  tomondagi  ustki  yon 
arteriya;  7 -  yelka  arteriya­
s i ; 
8 -   b ila k  
su y a g i 
to m o n d a g i  p a stk i  yon  
arteriya;  9 -  tirsak  arteriyasi 
ta rm o q la ri; 
1 0 -   tirsak  
arteriyasi;  / /   -  kaft  arteriyasi 
tarmoqlari;  / 2 -k a f tn in g  
chuqur ravog'i;  13 -  kaftning 
yu za  r a v o g 'i;  14  -   kaft 
tomondagi  arteriyalar;  15,
16  -  panja  arteriyalari;  1 7 -  
bosh  barmoq  arteriyasi;  18, 
20 -  bilak arteriyasi;  19,  21  -  
o ld in g i  su yak lar  oraliq 
arteriyalari;  22 -  bilak  arte­
riyasi  tarmoqlari;  23 -  bilak 
a rteriyasinin g  m uskullar 
tarmog'i; 24 -  yelka suyagini 
o 'ro v ch i  arteriyasi;  2 5 -  
yelka  nerv  chigali.
www.ziyouz.com kutubxonasi

4. 
T irsa k  su y a g i  to m o n d a g i  u stk i  y o n   a rte riy a  
yelka  suyagining  o'rta 
qismidan  chiqib,  tirsak  arteriyasi  tarm og'i  bilan  anastomozlashadi.
5. 
T irsak  s u y a g i  to m o n d a g i  p a s tk i  y o n   a rte riy a  
yelka  arteriyasi  distal 
bo'lagining  medial  tomonidan  chiqib,  tirsak  arteriyasi  tarm og'i  bilan 
qo'shiladi  va  tirsak  arteriyasi  to'rini  hosil  qilishda  qatnashadi.
Bilak  arteriyasi
Bilak  arteriyasi  tirsak  arteriyasiga  qaraganda  kichik  diametrli  bo'lib, 
bilak  ariqchasida  bilak  venasi  va  nervi  bilan  birgalikda  bilak  suyagiga 
parallel  joylashadi.  Bilakning  pastki  b o 'lagida  bilak  arteriyasi  bilan 
muskullar  payi  orasidan  yuzaga  chiqib  qoladi,  uni  faqat  fassiya  teri  osti 
yog'  qavati  va  teri  qoplab  turadi.  Bilak  arteriyasining  bilak  pastida  yuza 
joylashishi,  uning pulsatsiyasini  bemalol  tekshirishga imkoniyat tug'diradi. 
Bilak  arteriyasi  bilak  suyagining  bigizsimon  o'siqchasi  uchiga  kelib,  orqa 
tomonga  buriladi  va  I  —   II  barmoqlar  oralig'idagi  muskullarni  teshib 
kaftning  oldingi  tomoniga  o'tadi  va  kaftning  chuqur  arteriyalar  ravog'ini 
hosil  qilishda  qatnashadi  (154-rasm).
Bilak  arteriyasi  tarmoqlari:
1
.  M u sk u lla rg a   b o ra d ig a n   m a yd a   sh o xch a la r.
2.  B ila k n in g   q a y tu v c h i  a rte riy a si 
bilak  arteriyasining  birinchi  yirik 
tarmoqlaridan  b o'lib,  tirsak  bo'g'im ida,  uning  lateral  tomonidan  chiqadi; 
y u q o rig a   k o 't a r i l i b ,  y e lk a n in g   c h u q u r  a rte riy a   ta r m o g 'i  b ila n  
anastomozlashadi  va  qo'shni  muskullarga  tarqaladi.
3. 
K a ft  to m o n d a g i  sh o x i 
tirsak  arteriyasining  shunga  o'xshash  tarm og'i 
bilan  anastomozlashadi  va  kaft  tomondagi  arteriya  to'rini  hosil  qiladi.
4. 
K a ftn in g   y u za   sh o x i 
bosh  barmoq  tomon  tepaligidagi  muskullar 
orasidan  o'tib,  kaftda  tirsak  arteriyasining  uchi  bilan  anastomozlashib, 
kaftning  yuza  ravog'i  hosil  bo'lishida  qatnashadi.  Kaftning  yuza  shoxi 
bosh barmoq  tomondagi  muskullarga va teriga mayda shoxchalar chiqaradi.
5. 
K a ftn in g   o rq a   (dorzal)  tom ondagi  sh o xi 
bilak arteriyasidan  «anatomik 
tamakidon»  sohasida  chiqib  tirsak  arteriyasining  shunga  o'xshash  tolasi 
bilan  qo'shiladi  va  suyak oraliq  arteriyalari  bilan  birgalikda kaftning dorzal 
yuzasidagi  arteriya  to'rini  hosil  qiladi.
6. 
K a ftn in g   b irin c h i  orq a   a rte riy a si 
bosh  va  ko'rsatkich  barmoqni  qon 
bilan  ta’minlaydi.
7. 
Q o 'l  b o sh   b a rm o g 'in in g   b irin ch i  (a so siy)  a rte riy a si 
bilak  arteriya­
sidan  kaft  yuzasida  chiqib,  bosh  barm oqning  ikkala  va  ko 'rsatk ich  
barmoqning  lateral  tomoniga  tarqaladi.
Tirsak  arteriyasi
Tirsak  arteriyasi  yelka  arteriyasining  ikkinchi  yirik  tarm og'i  bo'lib, 
shu  nomli  ariqchadan  pastda  boshlanib,  yumaloq  pronator  muskuli  ostidan 
pastga boradi.  Bilak o'rtasida tirsak  ariqchasiga o'tib ketadi  va no'xatsim on
www.ziyouz.com kutubxonasi

suyak  oldiga  kelganda  tirsak  tomonidagi  kaft  kanali  orqali  kaftga  o'tadi. 
Kaftda  tirsak  arteriyasining  asosiy  stvoli  kaftning  yuza  arteriya  ravog'ini 
hosil  qilishda  qatnashadi.  Tirsak  arteriyasidan  quyidagi  tarmoqlar  chiqadi:
1.
  T irsa kn in g   q a y tu v c h i  a rte riy a la ri 
ko'pincha  bitta  umumiy  stvol 
bo'lib  boshlanadi,  yelka  arteriyasi  tarm og'i  bilan  anastomozlashadi  va 
yelka  suyagining  medial  tepachasi  orqasiga  o'tib  tarqaladi  hamda  tirsak­
ning  arteriya  to'rini  hosil  qilishda  qatnashadi.
2. 
S u y a k la r  o ra lig  ‘ining  u m um iy  a rte riy a si 
bilak  arteriyasidan  tirsak 
chuqurchasining  pastki  chegarasida  chiqadi.  K eyinchalik  suyak lar 
oralig'ining  oldingi  arteriyasi  tarm og'i  chiqib,  suyaklar oraliq  membranasi 
oldingi  yuzasi  bo'ylab  pastga  tushadi  va  uni  teshib  orqa  tomonga  o'tadi. 
Kaftning  orqa  yuzasidagi  arteriya  to'rini  hosil  qilishda  qatnashadi.  Su­
yaklar oralig'ining orqa tomonidagi  arteriyasi  suyaklar oralig'ining umumiy 
arteriyasidan  chiqib,  orqa tomonga yo'naladi.  Muskullarga tarmoqlar beradi 
va  arteriya  to'rini  hosil  qilishda  qatnashadi.
3. 
P a n ja   a rte riy a la ri 
tirsak  bilan  bilak  arteriyalarining  kaft  ustki  qismi 
bilan  kaft  sohasida  tarqalgan  quyidagi  tarmoqlardan  iborat:
1.  Kaftning  orqa  tomonidagi  arteriya  to'ri  bilak  va  tirsak  arteriyala­
rining  shoxlari  bilan  suyaklar oraliq  umumiy  arteriyasi  tarm og'ining o'zaro 
qo'shilishidan  hosil  bo'ladi.  Kaft  va  panjani  yozuvchi  muskullar  payi 
ostida  yotadi.  Arteriya  ravog'idan  kaft  usti  suyaklarining  bo'g'im lariga, 
barmoqlaming  oraliq  muskullariga tarqaladi.  Tirsak  va bilak arteriya shox­
lari  panjaning  kaft  yuzasida  kaftning  oldingi  tomonidagi  arteriya  to'rini 
hosil  qiladi.  Bu  to 'r  kaft  va  panjalaming  bukuvchi  muskullari  payi  ostida 
joylashadi  va  kaft-bilak  b o 'g 'im i  sohasiga  tarqaladi  (154-rasmga  qarang).
2.  Panjaning  kaft  sohasida  ikkita  arteriya  ravog'i  bor,  ulaming  biri 
kaftning  yuza  ra v o g 'i— tirsak  arteriyasining  oxirgi  uchi  bilan  bilak 
arteriyasining  uncha  y o 'g 'o n   bo'lmagan  shoxchasi  o'zaro  qo'shilishidan 
hosil 
bo'ladi. 
Ravoqning 
pastga  qaragan  qavariq  yuzasidan  to'rtta 
barmoq  kaft  tomonidagi  umumiy  arteriyalar chiqadi.  Bu  arteriya tarmoqlari
II— V  barmoqning  bir-biriga  qaragan  chekkalariga  borib  tarqaladi.
3.  Ikkinchisi  —   kaftning  chuqur  ravog'i,  asosan  bilak  arteriyasining 
oxirgi  uchi  bilan  tirsak  arteriyasi  shoxchasi  qo'shilishidan  paydo  bo'ladi. 
Kaft  va  barm oqlam ing  bukuvchi  m uskullari  payi  ostida  joylashadi. 
Ravoqning  pastga  qarab  bo'rtib  turgan  yuzasidan  uchta  kaftning  old 
tomondagi  arteriyalari  chiqib  barmoqlar  oraliq  muskullarini  teshadi  va 
kaftning  orqa  tomondagi  arteriyalari  bilan  anastomozlashadi.  Yuqorida 
ta’kidlanganidek  q o 'l  panjasi  sohasida  bilak  va  tirsak  arteriyalarining 
tarm o q lari  o 'z a ro   keng  va  xilm a-x il  an asto m o zla sh a d i.  Ana  shu 
arteriyalarning  xilma-xil  murakkab  anastomozlari  qo'lning  mehnatga mos- 
lashuvidan  kelib  chiqqan  bo'lib,  kaftning  yuza  ravog'i  siqilganda,  qon 
barmoqlarga  chuqur  ravoq  arteriyasi  orqali  boradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Pastga  yo'naluvchi  aorta  aorta  magistralining  eng  uzun  qismi  bo'lib, 
aorta  ravog'ida  IV  ko'krak  umurtqasining  oldida  boshlanib,  ko'ks  oralig'i­
ning  orqa  bo'lagidan  pastga  tushib  diafragma  teshigidan  qorin  bo'shlig'iga 
o'tadi  va  IV  bel  umurtqasi  oldiga  kelganda  ikkita  katta  tarmoqqa  bo'linadi. 
Aortaning ko'krak bo'shlig'ida joylashgan bo'lagi ko'krak aortasi deb ataladi 
va  undan  ko'krak  bo'shlig'ining  devoriga  hamda  ko'krak  bo'shlig'ida joy­
lashgan  a’zolar  uchun  mayda  tarmoqlar  chiqadi  (155-rasm).
Ko'krak  qafasining  devoriga  boruvchi  shoxchalar  quyidagilar:
1. 
Qovurg'alar  oralig'ining  orqa  arteriyalari  aortaning  ikki  yonboshi- 
dan  III— XI  qovurg'a  oraliqlari  uchun  10  juft  bo'lib  chiqadi. 
I  —   II 
qovurg'a  oraliqlariga  o'm rov  osti  arteriyasi  shoxchalari  tarqaladi.  Har  bir 
qovurg'a  oraliq  arteriyadan  orqa  miya  va  uning  pardalariga  tolalar  tarq­
aladi.  Q ovurg'a  oraliq  arteriyasi  qovurg'a  ariqchasidan  shu  nomli  vena 
va  nervlar  bilan  birga  yo'naladi.  Shuning  uchun  ko'krak  bo'shlig'iga 
igna bilan sanchib dori yuborishda qovurg'a oralig'ining o'rtarog'ini  tanlash 
lozim.  Q ovurg'a oraliq arteriyalari  oldiga borganda ularga oldingi  qovurg'a 
oraliq  arteriya  tarmoqlari  bilan  qo'shilib,  arteriya  doiralari  (halqalari)ni
hosil  qiladi.  Bunday  arteriya 
halqalari  hayotda  yonlam a 
(kollateral)  qon  aylanishi  ri- 
vojlanishida  katta  ahamiyat­
ga  ega.
2.  Diafragmaning  ustki  ar­
teriyalari  diafragm aning  bel 
bo'lagi  tepasida  tarqaladi.
3.  Ichki  a ’zolar  (bronx, 
qizilo'ngach,  ko'ks  oralig'i)- 
ga  ham  tarmoqlar  beradi.
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling