O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/43
Sana17.02.2017
Hajmi24 Kb.
#664
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43

Qo‘l  venalari
Q o'lda  yuza  va  chuqur  venalar  tafovut  qilinadi.
Yuza  venalar  —   teri  ostida  (arteriyalarsiz)  toq  bo'lib 
joylashadi.  Q o'lning  teri  osti  venalari  orasida quyidagi 
ikkita asosiy  venani  ko'rish  mumkin.  Ulardan  biri  bosh 
vena,  ikkinchisi  —   asosiy  vena  (166-rasm).
a)  b o s h  
v e n a   qo'l  panjasining  bosh  barmoq 
tomonidan  boshlanib,  bilakda  uning  tashqi  tomonidan 
yuqoriga  ko'tarilib,  tirsak  sohasiga  kelganda  uning 
old  tomonida joylashgan  qo'shuvchi  tirsak  venasi  vo­
sitasida  asosiy  vena  bilan  qo'shiladi.
b)  a s o s i y   v e n a   qo'l  panjasining  jimjiloq  to­
monidagi  orqa  yuzasidan  boshlanib,  bilakning  oldingi 
yuzasidan  yuqoriga ko'tariladi  va bilakning qo'shuvchi 
venasi  vositasida  bosh  venasiga  qo'shiladi.  Shundan 
so 'ng   bosh  vena  yelkaning  tashqi  yuzasi  bo'ylab 
yuqoriga  ko'tariladi  va  yelka  kamari  sohasida  chu- 
qurlashib,  q o 'ltiq   venasiga  quyiladi.  Asosiy  vena  esa 
yelkaning  ichki  yuzasi  bo'ylab  ko'tarilib,  yelkaning 
o'rtalariga borganda chuqurlashib  yelka venasiga quy­
iladi.
Q o'l  panjasi  hamda  bilak  va  yelkaning  chuqur  venalari  ko'pincha juft 
bo'lib,  arteriyalar  bilan  birga joylashadi  va  ana  shu  arteriyalar  nomi  bilan 
ataladi.  Q o'l  panjasi  venalari  ko'pincha  o'zaro  qo'shilib,  vena  chigalini 
hosil  qiladi.
B i l a k   v e n a l a r i   —   bir  ju ft  b o 'lib ,  shu  joydagi  arteriyalarga 
yondosh  holda  yo'naladi  va  shu  arteriyalarning  nomi  bilan  ataladi. 
M asalan,  bilak  venasi,  tirsak  venasi  va  hokazo.  Yelka  venalari  katta 
ko 'k rak   m uskulining  pastida  o 'z a ro   q o'sh ilib,  q o 'ltiq   venasini  hosil 
qiladi.  Q o 'ltiq   venasi  q o 'ltiq   chuqurchasida  shu  nomli  arteriyaning 
oldidan  yuqoriga  k o 'tarilib,  o 'm ro v   ostidan  o'tishi  bilanoq  o 'm ro v  
osti  venasi  deb  ataladi.
166-rasm.
Qo'lning  yuza 
venalari.
1 -  asosiy  vena;  2 -  
bilak  venalari;  3 -  
b o sh   v e n a ;  4  -  
biriktiruvchi  tirsak 
venasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Pastki  kovak  vena  sistemasi
Pastki  kovak  vena  (164-rasm)  IV  yoki  V  bel  umurtqalari  ro'parasida 
o'ng  va  chap  umumiy  yonbosh  venalarining  qo'shilishidan  hosil  bo'ladi. 
Bu  vena  yuqoriga  ko'tarilgan  sari  o'ng  tomonga  buriladi  va  jigarning 
orqa  tomonidagi  egatchada  joylashadi.  Uning  shu  joyiga  jigar  venalari 
quyiladi.  Pastki  kovak  vena  o 'z  yo'lida  bel  venalarini,  erkaklarda  moyak 
venasini  yoki  ayollarda  tuxumdon  venasini,  buyrak  va  buyrak  usti  bezi 
venalari  hamda  diafragmaning  pastki  venalarini  qabul  qilib,  so'ngra  diaf­
ragma  orqali  ko'krak  qafasiga  o'tadi.  Bu  joyda  bir  oz  oldinga  yo'nalib, 
so'ngra  yurakning  o'ng  bo'lmachasiga  quyiladi.
Qopqa  vena  sistemasi
Jigarning  qopqa  venasi  (167-rasm)  qorin  bo'shlig'idagi  hamma  a’zo­
lar  (jigardan  tashqari)  venalarining  yig'indisidan  hosil  bo'ladi.  Jumladan, 
ichak  tutqichning  yuqori  va  pastki  venalari  taloq  venalarining  bir-biri 
bilan  m e’da osti  bezi  boshining  orqa  tomonida qo'shilishidan paydo bo'ladi. 
So'ngra  bu  vena  yuqoriga  ko'tarilib,  qorin  pardasidan  hosil  bo'lgan jigar- 
o 'n   ikki  barmoq  ichak  boylami  orasiga  kirib,  jigar  arteriyasi  va  umumiy 
o 't  yo'li  bilan  birga  joylashadi.  Qopqa  vena  jigar  darvozasiga  borganda 
ikkita  shoxga  bo'linadi.  Bular  jigam ing  o 'n g   va  chap  bo'laklari  paren- 
ximasiga  kirib  xuddi  arteriyalar  kabi  mayda  tarmoqlarga  bo'linadi.  Bu 
venalar  hujayralararo  kapillarlar  darajasiga  borib,  u  yerda  moddalar  al­
mashinuvi,  qonni  zararli  moddalardan  tozalash  kabi  vazifalarni  bajargan- 
dan  so 'n g   qaytadan  yiriklashib, 
pirovardida  3— 4  ta jigar  venalarini 
hosil qiladi  va pastki kovak  venasiga 
quyiladi.
167-rasm.  Qopqa  vena  sistemasi.
I  -  qizilo'ngach  venalari;  2 -  qopqa  venaning 
chap  tarmog'i;  3 -   m e’daning  chap  venasi;
4 -  me'daning  o'ng  venasi  tarmog'i;  5  -  taloq 
venasi;  6 -  me’daning  chap  venasi;  7 -  ichak 
tutqichining  pastki  venasi;  8 -   chambar 
ichakning  chap  venasi;  9 -  sigmasimon  ichak 
venalari;  1 0 -   to 'g 'r i  ich ak n in g  yuqori 
venalari;  11  -  to'g'ri  ichakning  o'rta venalari;
/ 2 - t o 'g 'r i  ichakning  pastki  venalari;  1 3 -  
yonbosh  chambar  ichak  venasi;  14 -  och 
ichak  venalari;  15 -  ichak  tutqichining  yuqori 
venasi:  16 -k in d ik   atrofidagi  venalar;  1 7 -  
qopqa  venaning  o'ng  tarmog'i;  18 -  jigaming 
vena  kapillarlari;  19 -jig a r   venalari;  2 0 -  
pastki  kovak  venasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Qopqa  venalarini  barpo  qilishda  qatnashgan  venalar  quyidagicha  hosil 
bo'ladi:
1.  I c h a k   t u t q i c h n i n g   y u q o r i   v e n a s i   qorin  bo'shlig'idagi 
toq  a’zolar,  ya’ni  och  ichak,  yonbosh  ichak  va  y o 'g 'o n   ichakning  o'ng 
yarmi  (ko'richak,  ko'tariluvchi  chambar 
ichak,  ko'ndalang  chambar 
ichakning  o 'n g   yarmi)  m e’da,  o 'n   ikki  barmoq  ichak  va  m e’da  osti 
bezidan  qon  olib  keluvchi  venalardan  tuzilib,  nihoyat,  qopqa  venasini 
hosil  qilishda  qatnashadi.
2.  I c h a k   t u t q i c h n i n g   p a s t k i   v e n a s i   y o 'g 'o n   ichakning 
chap  yarmi  (ko'ndalang  chambar  ichakning  chap  yarmi,  pastga  tushuvchi 
chambar  ichak,  sigmasimon  ichak  va  to 'g 'ri  ichakning  yuqori  qismi)dan 
boruvchi  venalar  yig'indisini  hosil  qilishda  qatnashadi.
3.  T a l o q   v e n a s i   taloqdan,  qisman  m e’dadan,  m e’da  osti  bezidan, 
katta  charvidan,  o 'n   ikki  barmoq  ichakdan  qon  yig'ib,  ichak  tutqichning 
yuqori  venasi  bilan  qo'shiladi  va  bu  vena  orqali  qopqa  venasini  hosil 
qilishda  qatnashadi.
Umumiy  yonbosh  venasi
Umumiy  yonbosh  venasi  o 'ng  va  chap  tomonda  bittadan  bo'lib,  ichki 
yonbosh  vena  va  tashqi  yonbosh  venalarining  qo'shilishidan  hosil  b o 'la ­
di.  O 'ng  va  chap  tomondagi  umumiy  yonbosh  venalar 
IV — V  bel 
umurtqalari  ro'parasida  bir-biri  bilan  qo'shilib  pastki  kovak  venasini  hosil 
qiladi.
Ichki  yonbosh  venasi  kichik  chanoq  devoriga  tegib  turadi.  Bu  vena­
ning  old  tomonidan  shu  nomli  arteriya  o'tadi.
Ichki  yonbosh  venasi  kichik  chanoq  devorlaridan  va  uning  ichidagi 
a’zolardan kelgan  vena tomirlari  yig'indisidan  hosil  bo'ladi.  Ichki  yonbosh 
venasiga  kichik  chanoq  devoridan  dumbaning  pastki  va  ustki  venalari, 
yopg'ich  vena,  dum g'azaning  yon  venasi  va  yonbosh-bel  venasi  quyiladi.
Kichik  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan  a ’zolardan  ichki  yonbosh  ve­
nasiga,  to 'g 'ri  ichak  devorining  pastki  qismidagi  vena  chigalidan;  qovuq 
venasi  chigalidan,  erlik  olatidan  (ayollarda  esa  klitordan),  ichki  uyatli 
venadan,  prostata  bezidan  vena  qoni  quyiladi.
Kichik  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan  a’zolar:  to 'g 'ri  ichak,  qovuq, 
prostata  bezi  (ayollarda  klitor  va  bachadon)  atrofida  to 'r  hosil  qilib  jo y ­
lashgan  vena  qon  tomiri  chigallari  faqat  vena  qonining  yo'nalishini 
ta’minlab qolmasdan,  balki  a’zolami  tashqi ta’sirotlardan saqlab,  amortizator 
vazifasini  bajaradi.  Bu  xususiyat  faqat  chanoq  bo'shlig'ida  joylashgan 
ichi  bo'sh  a’zolarga  xos  bo'lib  qolmasdan,  balki  barcha  ichi  b o 'sh   a’zo­
larga  ham  taalluqlidir,  chunki  ichi  bo'sh  a’zolar funksional  har  xil  holatda 
(hajmining  kengayishi  yoki  kichrayishi)  bo'lishidan  qat’i  nazar,  m e’dada 
vena  qon  oqimini  tomir  chigali  bir  m e’yorda  ta’minlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tashqi  yonbosh  venasi  tomir  kovagidan  o'tuvchi  son  venasining  be- 
vosita  davomi  bo'lib,  katta  chanoq  bo'shlig'ida  shu  nomli  arteriyaning 
medial  tomonidan yuqoriga ko'tariladi,  ichki yonbosh  venasi bilan qo'shilib, 
umumiy  yonbosh  venasini  hosil  qiladi.
Oyoq  venalari
Oyoq  venalari  yuza  va  chuqur  joylashgan  venalardan  tuzilgan.
Yuza  yoki  teri  osti  venalari  arteriyalarsiz  yo'naladi.  Chuqur  venalar 
esa  ko'pincha  bir  xil  nomli  arteriyalar  bilan  birga  joylashadi.  Oyoqda 
ikkita  yirik  teri  osti  venasi  tafovut  qilinadi.  Ulaming  biri  katta  «yashirin» 
vena  bo'lib,  u  oyoq  panjasining  bosh  barmoq  tomonidan  boshlanib,  bol­
dir  va  sonning  ichki  yuzasi  bo'ylab  yuqoriga  va  sonning  oldingi  yuqori 
sohasida  (chov  boylami  ostida)  joylashgan  ovalsimon  teshik  orqali  o'tib, 
chuqur joylashgan  son  venasiga  quyiladi.  Ikkinchi  teri  osti  venasi  kichik 
«yashirin»  vena  esa  jimjiloq  tomondan  boshlanib,  boldirning  orqa  tomo­
nidan  ko'tarilib  taqim  sohasida  chuqurlashib,  taqim  venasiga  quyiladi. 
Oyoqning  teri  osti  venalari  oyoq  panjalari,  boldir  va  sonning  teri  ostidan 
qon  yig'adi.  Ular  bir-biri  bilan  o'zaro  qo'shilib,  anastomoz  hosil  qiladi 
(168,  169-rasmlar).
O y o q   p a n ja s in in g   c h u q u r 
jo ylash gan  venalari  arteriyalar 
bilan  birga  yo'naladi.  Ular  kaft 
rav o g 'in i  hosil  qilib,  yuqoriga 
ko'tariladi.  Bu  venalar  shu  nomli 
arteriyalar  bilan  birgalikda  joyla­
shadi.  Oldingi  va  orqadagi  katta 
boldir  venalari  oyoq  kaft  venala­
ridan  tashqari  boldir  muskullari­
dan  qon  yig'adi.  Ular  taqim  so­
hasida  o 'z a ro   q o 'sh ilib ,  taqim  
v e n a sin i  h o sil  q ila d i  va  o 'z  
nomidagi  arteriya  hamda 
katta 
boldir  nervi  bilan  birga  umumiy 
parda  (qin)  ichida  joylashadi.
Taqim  venasi  kichik  «yashi­
rin »   v e n a d a n   ta s h q a r i  tiz z a  
b o 'g 'im i  venalarini  qabul  qilib, 
168-rasm.  Oyoqning 
so'ngra son  sohasiga  o'tadi  va  son 
yUza  venalari. 
venasi  nomi  bilan  ataladi.  Son  / -
oyoq  panjasining
venasiga  sonning  chuqur  venasi,  vena
to'rlari;  2 - t e n  



.  o sti  v en a la ri;  3 -
sonmng  yuza  (ten  osti)  venalari  kichik  <>
va  katta  «yashirin»  venasi  quyi- 
vena; 
4 
-  katta «yash- 
ladi. 
irin»  vena.
169-rasm.  Oyoqning 
yuza  venasi.
I  -   oy o q   kafti  ustki 
vena  to'rlari;  2 -   teri 
osti  tarmoqlari;  3  -  
kichik «yashirin»  vena.
www.ziyouz.com kutubxonasi

KO VAK  VENA  SISTEM ASI  BILAN  QOPQA  VENA  SISTEM ASI 
O'RTASIDAG I  ANASTOM OZLAR
Yuqori  kovak  vena  sistemasi  bilan  pastki  kovak  vena  sistemasi  o 'rta ­
sida 
kovak-qopqa  anastomozlari  bo'ladi.  Bu  xildagi  anastom ozlarga 
quyidagilar  kiradi  (170-rasm).
1. 
K o v a k - k o v a k   v e n a   a n a s t o m o z i   bel  zonalari  (pastki 
kovak  vena  sistemasi)  bilan  toq  va  yarim  toq  venalaming  (yuqori  kovak 
vena  sistemasi)  bir-biri  bilan  qo'shilishidan  paydo  bo'ladi.
2. 
K o v a k - k o v a k   v e n a   a n a ­
s t o m o z i   qorin old devori bo'ylab hosil 
bo'ladi.  Qorin  ustining  yuqori  venasi 
(yuqori  kovak vena sistemasi)  bilan qorin 
ustining pastki  venasi (pastki  kovak vena 
sistem asi)ning  kindik  atrofida  bir-biri 
bilan  qo'shilishidan  vujudga  keladi.
170-rasm.  Kovak  vena  sistemasi  bilan 
qopqa  vena  sistemasi.
/ - o ' m r o v   osti  venasi;  2 -  yelka  bosh  venasi 
poyasi;  3 -  toq  vena;  4 -  qizilo'ngach  venasi;  5  -  
qovurg'a  oraliq  venalari;  6 -  qopqa  vena;  7 -  
kindik  atrofidagi  venalar;  8,  9 -  bel  venalari; 
1 0 -  pastki  kovak  vena;  / / -  ichak  tutqichning 
pastki  venasi;  12 - t o 'g 'r i  ichak  venalari;  1 3 -  
ichki  yonbosh  vena;  14,  15 -  qorin  devorining 
pastki  venalari;  16 -   umumiy  yonbosh  venasi;
17 -k in d ik ;  1 8 -  me’da  venasi;  19,  20 -q o rin  
ustki
ko'prik  venasi;  21  yuqori  kovak  vena.
3.  Q o p q a - k o v a k   v e n a   a n a s t o m o z i   kindik  atrofidagi  vena 
chigallarining  (ikkinchi  punktdagi  kovak-kovak  anastomoziga  qaralsin) 
jigam ing 
yumaloq  boylami  orqali  qopqa  venasiga  qo'shilishidan  hosil 
bo'ladi.
4.  Q o p q a - k o v a k   v e n a   a n a s t o m o z i   m e’da  venalarining  bir 
tomondan  qizilo'ngach  bilan  (yuqori  kovak  vena  sistemasi),  ikkinchi  to­
mondan  qopqa  venalari  bilan  qo'shilishidan  vujudga  keladi.
5.  Q o p q a - k o v a k   v e n a   a n a s t o m o z i   to 'g 'ri  ichak  yuqori 
venasining  (ichak  tutqich  pastki  venasi  orqali  qopqa  venasiga  quyiladi) 
to 'g 'ri  ichak o 'rta venasi  (pastki  kovak  vena sistemasi)  bilan  qo'shilishidan 
hosil  bo'ladi.
Bu  xildagi  anastomozlar  kovak  vena  sistemalari  yoki  qopqa  venasida 
qon  aylanishi  qiyinlashgan  (dimlanib  qolgan)  paytda  yonlama  (kollateral) 
qon  aylanishini  ta’minlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

EMBRIONDA  QON  AYLANISHI
Embrionning  rivojlanishi  davrida  homilaning  o'sishi  uchun  kerakli
oziq  moddalar,  kislorod  ona  qoni 
Binobarin,  bolaning tug'ilgun- 
cha  bo'lgan  davrdagi  qon  ayla­
n ish i  o 'z ig a   xos.  Ju m la d a n , 
h o m ila   u c h u n   k e ra k li  o z iq  
m oddalar,  kislorod  ona  qoni, 
uning  bachadon  arteriyasi  orqali 
yo'ldoshga  kirib,  undan  embrion 
(homila)ning  kindik  venasi orqali 
boradi.  K indik  venasi  jig arg a 
yaqinlashganda  ikkiga  bo'linib, 
biri  qopqa  venasiga,  ikkinchisi 
pastki  kovak  venasiga  qo'shiladi 
(171-rasm).
Shunday  qilib,  onadan  ke­
layotgan  arterial  (kislorodli)  qon­
nin g   b ir   q ism i  j ig a r   o rq a li 
homilaning  kindik  venasiga,  ik­
kinchi  qism i  esa  em brionning 
pastki  kovak  venasiga  tutashadi. 
Natijada  arteriya  qoni  homila  ta­
nasining  pastki  qismidan  kelayot­
gan  vena  qoni  bilan  aralashib 
ketadi.  Bu  aralash  qon  pastki 
kovak  venasi  orqali  yurakning 
o'ng  bo'lm achasiga  quyiladi.  Bu 
yerdan qonning bir qismi  bo'lm a­
chalar  oraliq  devoridagi  ovalsi­
mon  teshik orqali  yurakning chap 
bo'lmachasiga o'tsa,  ikkinchi  qis­
mi  o 'n g   qo rinchaga  quyiladi. 
O 'ng  qorinchaga  quyilgan  qon 
esa  o 'p k a 
arteriyasiga  o'tadi. 
Lekin  homilada  o'p k a  ishlamay 
turgani  uchun  o 'p k a g a   yetib  
borgan  oz  miqdordagi  qon  o'pka 
venasi  orqali  yurakning  chap 
bo'lmachasiga quyiladi.  O'pka ar- 
teriyasidagi  qonning asosiy  qismi 
Botallo arteriya yo'li orqali  aorta-
orqali  boradi.
171-rasm.  Embrionda  qon  aylanishi.
1  -  o'ng  bo'yinturuq  arteriya;  2 -  chap o'mrov 
osti  arteriyasi;  3 -  arteriya yo'li; 4 -  o'ng o'pka 
arteriyasi;  5 -  chap  o'pka  venalari;  6 -  ikki 
tavaqali  klapanlar;  7 -  chap  qorinchadan 
aortaga  qonning  yo'nalish  sxemasi;  8 - o ' n g  
qorinchadan  o'pka arteriya qonining yo'nalishi; 
9 -  qorin  aortasi  poyasi;  10 -  ichak tutqichning 
yuqori  arteriyasi;  / / - b u y r a k   usti  bezi 
arteriyasi;  12  -   buyrak;  13 -   chap  buyrak 
arteriyasi;  14 -  aorta;  15 -  ichak  tutqichning 
pastki  arteriyasi;  16 -u m u m iy   yon b osh  
arteriyasi;  17 -  tashqi  yonbosh  arteriyasi;  18 -  
ichki yonbosh arteriyasi;  19 -  qovuq  arteriyasi; 
20 -q o v u q ;  21  -  kindik  arteriyasi;  22 -  siy ­
dik  yo'li;  23 -  kindik;  24 -  kindik  venasi;  25 -  
qisqich;  26 - j ig a r   venasi  yo'li;  2 7 - jigar 
venasi;  28 -  pastki  kovak  vena;  29 -   oval 
teshikdan  qon  o'tish  sxem asi;  30 -  yuqori 
kovak  venasi;  31  -c h a p   yelka-bosh  venasi; 
32 -   chap  o'm rov  osti  ven asi;  J J - o ' n g  
bo'yinturuq  venasi;  34 -  yelka-bosh  arteriyasi 
poyasi;  3 5 -  qopqa  vena;  J 6 - o ‘ng  buyrak 
venasi;
37 -  pastki  kovak  vena.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ga  quyiladi  va  butun  tanaga  tarqaladi.  Natijada  homila  tanasining  yuqori 
qismi  arteriya  qoni  bilan  yaxshi  ta’minlanganligi  tufayli  pastki  qismiga 
qaraganda  yaxshi  o ‘sadi.  Tananing  pastki  qismiga  arteriya  qoni  unchalik 
bormaganligi  uchun  bola  tug'ilguncha  bo'lgan  davriga  nisbatan  sustroq 
rivojlanadi.  Embrion tanasidagi  vena qoni kindik arteriyasi orqali yo'ldoshga 
borib,  u  yerda  moddalar almashinuvi  bo'ladi.  Natijada  qon  arteriya  qoniga 
aylanadi,  bu  qon  yana  kindik  venasi  orqali  embrion  tanasiga  yuqorida 
aytilgan  yo'l  orqali  tarqaladi.  Bola  tug'ilganidan  so'ng  birinchi  nafas 
olishidan  boshlab  mustaqil  qon  aylanishi  boshlanadi,  ya’ni  kislorod  al­
mashish  bolada  o'pka  kichik  qon  aylanish  doirasi  orqali  bajariladi.  Bu 
holat  Botallo  arteriya  yo'li  va  pastki  kovak  venasiga  quyilgan  vena  y o 'li­
ning  hamda  kindik  arteriyasi  3— 5  kunda,  kindik  venasi  esa  5— 6  kunda 
ichlari  puchayib  (qon  kelmay)  boylamga  aylanishiga  sabab  bo'ladi.  Chap 
va  o'ng  bo'lm achalar  oraliq  devoridagi  ovalsimon  teshik  ham  bir  hafta 
ichida  berkilib,  ovalsimon  chuqurchaga  aylanadi.  Shunday  qilib,  mustaqil 
(katta  odamlardagi  kabi)  qon  aylanishi  boshlanadi.  B a’zida  Botallo  arte­
riya  yo'lining  yoki  bo'lm achalar  oraliq  ovalsimon  teshigining  batamom 
bitib  ketmasligi  oqibatida  tug'm a  yurak  porogi  vujudga  keladi.
TOM IRLARDA  QON  OQISHI  VA  BOSIMI
Qon  aylanish  sistemasida  yurak  markaziy  a ’zo  bo'lib,  qonni  vena  qon 
tomirlari  orqali  qabul  qilib,  arteriya  qon  tomirlariga  muntazam  o'tkazib 
beradi.  Qonning  normal  oqishi  uchun  qon  tomirlarda  qon  miqdori  doimo 
bir  xil  bo'lishi,  qon  bosimi  va  oqish  tezligi  esa  arteriya,  vena  tomirlarida, 
kapillarlarda  har  xil  bo'lishi  shart.
Jumladan  qon  bosimi  arteriyalarda  80— 120  mm  (simob  ustuni  bo 'y i­
cha),  venalarda  50— 100  mm  va  kapillarlarda  20  mm  bo'ladi.  Qonning 
oqish 
tezligi  esa  aortada  hamma  qon  tomirlardan  tez,  ya’ni  0,5  m/s 
bo'lsa,  kapillarlarda  juda  sekin  — 0,5  mm/s  ni  tashkil  etadi.  Venalarda 
qonning oqishi  yana tezlashib,  0,5  m/s  ga teng  bo'ladi.  Qon oqish tezligining 
turli  qon  tomirlarda  turlicha  bo'lishi,  ularning  hajmiga  bog'liq.  Masalan, 
aortaning  uzunligiga  nisbatan 
kapillarlarning  yig'indi  yo'li  600— 800 
marta  katta.  Shu  bilan  birga  aortaning  diametri  o'rtacha  3  sm  bo'lib, 
kapillarlarning  ko'ndalang  kesimi  esa  aortaga  nisbatan  100  000  marta 
kichkina,  shuning  uchun  qon  kapillarlarda  juda  sekin  oqadi.  Jumladan,  1 
sm’  qon  bir  dona 
kapillarda  bir  yil  mobaynida  oqadi.  Kapillarlarda 
qonning  sekin oqishi  moddalar va gaz almashinuvi jarayonlarining osongina 
bajarilishi  uchun  qulaylik  tug'diradi.  O 'rta  va  kichik  diametrli  arteriyalar 
hamisha  ikkita  yo'ldosh  venalar  bilan  birga joylashgan  arteriya  diametri- 
ga  qaraganda  ikki  baravar  keng  bo'lgani  uchun  ularda  qon  oqish  tezligi 
ham  ikki  baravar  sekinroq  va  bosimi  pastroq  (50— 100  mm)  bo'ladi.
Arteriya  bilan  vena  qon  tomirlari  o'rtasidagi  bosimning  farqi  yurak 
orqali  bajariladi.  Yurakning  har  bir  siqilishi  (sistolasi)  da  otilib  chiqqan 
(60— 80  mg)  qonning  bir  qismigina  arteriola  va  kapillarlardan  o'tadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Chunki  ulaming diametrlari  haddan tashqari  kichkina (3— 35  mkm) bo'lgani 
uchun  sistola  vaqtida  chiqqan  qonning  ham m asi  ham  arteriola  va 
kapillarlardan  o'tib  ulgurmaydi.  Binobarin,  bosimning  yuqori  yoki  past 
bo'lishi  yurakning  sistola  kuchi  bilan  arteriya,  arteriola  va  kapillarlarning 
qarshilik  kuchiga  bog'liq.  Yurak  nechog'lik  kuch  bilan  qisqarsa-yu,  arte­
riola  va  kapillarlar  torayib,  qonning  hammasi  o'tib  ulgurmasa,  unda  qon 
bosimi  ko'tariladi.  Odam  tinch  holatda  bo'lganda  qonning  bir  qismi jigar, 
taloq  va  terida  (qon  depolarida)  saqlanadi.  Jismoniy  mehnat  qilgan  vaqt­
da  depodan  qon  chiqib,  qon  aylanish  doirasida  qon  miqdori  ko'payadi. 
Qon  bosimi  ko'tarilib,  muskullaming  qon  bilan  ta’minlanishi  kuchayadi. 
Odam  darmonsizlanganda  (ich  ketganda  yoki  qattiq  terlaganda)  qonning 
yopishqoqligi  ko'payadi,  harakati  esa  pasayadi.  Bu  vaqtda  yurakning  ishi 
kuchayib,  qon  bosimi  ko'tariladi.  Sistola  vaqtida  yurakdan  qon  arteriyaga 
chiqib,  ulaming  devorlarini  cho'zib,  kengayishiga  olib  keladi.  Diastola 
vaqtida  esa  kengaygan  katta  arteriya  tomirlari  torayib,  qonga  qarshilik 
ko'rsatadi,  shu  boisdan  diastola  vaqtida  qon  oqishi  to'xtam aydi.  Ammo 
qon  bosimi  arteriyada  sistola  va  diastola  vaqtida  o'zgarib  turadi.  Shuning 
uchun  sistola  vaqtidagi  yuqori  bosimga  maksimal  yoki  sistolik  bosim, 
diastola  vaqtidagi  pasaygan  bosim  minimal  yoki  diastolik  bosim  deyiladi. 
O 'rta  yoshli  odamlarda  maksimal  bosim  110— 120  mm  yoki  130  mm 
bo'lsa,  minimal  bosim  70— 80  mm,  ba’zida  85—90  mm  bo'ladi.  Maksi­
mal  bosim  bilan  minimal  bosim  oralig'idagi  farq  ko'pincha  30— 40  mm 
ga teng.  Turli  sabablarga ko'ra (buyrak kasalligi,  qon  tomirlarning sklerotik 
o'zgarishi,  keksalik  va  b.q.)  qonning  maksimal  bosimi  130  mm  va  undan 
oshsa,  unga  gipertoniya  (qon  bosimining  oshishi),  100  mm  dan  kamaysa, 
gipotoniya  deyiladi.  Arteriya  qon  tomirlari  yurakdan  uzoqlashgan  va  ular 
diam etri  toraygan  sari  qon  bosimi  ham  o 'zg arib   boradi.  Jum ladan, 
arteriyalarda  bosim  110— 120  mm 
ga  teng  bo'lsa,  arteriolalarda  60—
70  mm  ga,  kapillarlarda  30  mm 
ga,  venalarda  esa  15  mm  ga  teng.
Q o 'l-o y o q   v e n a la rid a  
bo sim  
(simob  ustuni  bo'yicha)  5— 8  mm 
bo'lsa,  yurak  yaqinidagi  venalar­
da  undan  ham  past.  Arteriya  bosi­
mi  k o 'p in c h a   m axsus  o 'lc h o v  
( R iv a - R o c h c h i 
a s b o b i)  
—  
sfigmomanometr  yordamida  aniq­
lanadi.  Buning  uchun qon bosimini 
o 'lch ash   asbobining  (172-rasm ) 
serbar  rezina  manjeti  bilan  bilak 
b o 'g 'im in in g   yuqorisidan  o 'rab , 
so'ngra rezina balloncha orqali (uni
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling