O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARI
Download 24 Kb. Pdf ko'rish
|
OVQAT HAZM QILISH A’ZOLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT Organizmda moddalar almashinuvi jarayoni avvalo ovqat hazm qilish a’zolaridan boshlanib, keyin iste’mol qilingan ovqat moddalari fizik, kimyoviy va fiziologik xossalari yordamida hujayralar va lo'qim alaining o'zlashtirishi uchun moslashadi. Jumladan, yirik molekulali va suvda erimaydigan murakkab birikmalar suvda eriydigan mayda molekulali holat- ga o 'tgandagina hazm bo'ladi. Binobarin, ovqat hazmi avvalo fizik o'zgarishdan (ovqat moddasi maydalanib, aralashib eriy boshlaydi) bosh lanadi. Ovqat moddalariga kimyoviy ta’sir esa hazm yo'lida joylashgan bez shiralari vositasida sodir bo'ladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar bez shiralari tarkibidagi fermentlar ta’sirida oddiy kimyoviy birikm alarga aylanadi. Oqsillar aminokislotalargacha, uglevodlar monosaxaridlargacha, yog'lar glitserin bilan yog' kislotalarigacha parchalangandan so'ng ichak so'rg'ichlari orqali qon va limfalarga shimilib, hujayra to'qim alariga tar qaladi. Suv, mineral tuzlar va vitaminlar qonga o'zgarm agan holda o 'ta di. Odamning hazm a’zolari sistemasida ovqat moddalarining parchalanib shimilishi uchun bir kecha-kunduz o'rtacha 10 / gacha suyuqlik (taxm i nan 1,5 I so'lak, 2,5 / m e’da shirasi, 1 / m e’da osti bezi shirasi, 1,2 / jigar o'ti, 2,5 I ichak shiralari va 1,5— 2 / iste’mol qilingan suyuqlik) kerak www.ziyouz.com kutubxonasi bo'ladi. Shiralar tarkibidagi fermentlar spetsifik xususiyatga ega bo'lib, ular faqat m a’lum bir moddaning parchalanishini tananing optimal (36— 37°) haroratida bajaradi. O G 'IZ B O ‘S H L IG ‘I Og'iz bo'shlig'i — hazm a’zolari sistemasining boshlanish qismi bo'lib, ovqat dastlab shu bo'shliqqa tushib, tishlar vositasida maydalanadi va so'laklar yordamida kimyoviy parchalanib, me’daga o'tkazish uchun tayyorlanadi (96-rasm). O g'iz bo 'shlig'i og'izning kirish qismi — dahliz va xususiy og'iz bo'shlig'idan iborat. Og'iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar bilan, yon tomon dan lunjlar bilan, orqa tomondan yuqori va pastki jag ', ularda joylashgan tishlar va milklar bilan chegara lanadi. Lablar tashqi tomondan teri, ichkari tomondan shilliq par- dalar bilan qoplansa, uning aso sini lablaming aylanma joylash gan mimika muskuli tashkil etadi. Tepa va pastki lablar o'rtasidagi yoriq og'izga kirish teshigi deb ataladi. Lablaming shilliq qava tida juda k o 'p bezlar joylashgan. Lablaming shilliq qavati tishlar- ni o'ragan milklarigacha davom etib, markaziy qismida yuqori va pastki burmalami hosil qiladi. Lunj lablaming bevosita da- vomi bo'lib, uning chuqur qatla- m id a y o g ' q a v a tla ri, sh illiq qavatida esa mayda bezchalar joy lashgan. O g'iz dahlizi lunj vosi tasida (oziq tish orqasida) xusu siy og'iz bo'shlig'iga qo'shiladi. Xususiy og'iz b o 'sh lig 'i berk turganda ikki yon va old tomon d an t is h l a r , m ilk la r b ila n chegaralanadi. Yuqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil qiladi hamda burun bo'shlig'ini l ' 96-rasm. Og'iz bo'shlig'i. I - yuqori lab; 2 - yuqori lab yuganchasi; 3 - yuoqori jag'dagi tishlar; 4 - qattiq tanglay; 5 - yumshoq tanglay; 6 - til-tanglay yoyi; 7 - hiqildoq-tanglay yoyi; 8 - tanglay murtagi; 9 - lunjning kesilgan joyi; 10 - milk; 11 - pastki lab; 12 - pastki lab yuganchasi; 13 - tilning o'rta ariqchasi; 14 - til; 15 - o g ' i z bo'shlig'i dan halqumga o'tadigan chegaradagi bo'shliq; 16 - tanglay burmalari. www.ziyouz.com kutubxonasi o g ‘iz bo‘shlig‘idan ajratib turadi. O g'iz bo'shlig'ining pastki tomonini pastki ja g ', til osti muskuli bilan boshqa muskullar berkitib turadi va uni og'iz bo'shlig'ining diafragmasi deb ataladi. O g'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida mayda bezlar ko'p. Qattiq tanglay yuqori jag'ning tanglay o 'sig 'i bilan tanglay suyagining ko'ndalang o 'sig'id an tuzilgan. Uni o'rab turgan shilliq qavatida bezlar ko'p. Yumshoq tanglay muskullardan iborat bo'lib, orqa tomoni halqumga osilib turadi. Uning o'rtasida tilcha joylashgan. Tanglayning shilliq qavati qattiq tanglay shilliq qavatining davomi hisoblanadi. Yumshoq tanglay bilan til ildizi orasida til-tanglay ravog'i va orqada tanglay-halqum ravog'i bor. Bu ravoqlar orasida murtak bo'shlig'i bo'lib, unda tanglay murtagi joylashgan. Murtak tuzilishiga ko 'ra lim- foid to'qim alarga kiradi. Shunday qilib, og'iz bo'shlig'idan halqumga o'tish teshigi - b o 'g 'iz (tomoq)ni yuqoridan yumshoq tanglay chodiri, ikki yon tomondan tang lay ravoqlari, pastdan tilning orqa yuzasi va til ildizi chegaralab turadi. Tishlar Tishlar (97, 98-rasmlar) ovqatni tishlab uzib olish, chaynab mayda- lash, so'zlarni to 'g 'ri talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar yuqori va pastki jag 'lard ag i maxsus katakchalarda joylashgan b o 'lib , o g'iz b o 'sh lig 'in in g dahlizi bilan xususiy o g 'iz bo'shlig'i o'rtasida chegara bo'lib joylashgan. Tishlar epiteliy va mezenximadan rivojlanadi hamda shilliq pardaning suyaklangan so'rg'ich- lari hisoblanib, jag ' suyaklarining maxsus tish katakchalariga mix kabi kirib joylashgan. 97-rasm. Tish kesimi. 1 - emal qismi; 2 -d e n t in q ism i; 3 - m ilk; 4 - tish ildizi; 5 - tish b o 's h lig 'i- pulpa; 6 - pastki jag' suyagi. 98-rasm. Doimiy tishlarning joylashish tartibi. / , 2 - ikkita kesuvchi tish; 3 - qoziq tish; 4 - ikkita kichik oziq tish; 5 - uchta katta oziq tish. www.ziyouz.com kutubxonasi Odamda tishlar ikki marta almashinadi. Bolalarda sut tishlari 6 — 7 oyligidan boshlab chiqa boshlaydi va bola 2— 2,5 yoshga to'lganda (ba’zida bundan ham kechroq) butunlay chiqib bo'ladi. Sut tishi 20 ta bo'lib, 6 — 7 yoshga qadar turadi. Sut tishlar formulasi quyidagicha: 2 0 1 2 2 1 0 2 2 0 1 2 2 1 0 2 Markazdan sanalganda ikkita kurak tishi 6 — 9 oylikda chiqadi. Bitta qoziq tishi 16— 20 oylikda chiqadi, ikkita katta oziq tishlar 15— 30 oyda chiqadi. Sut tishlari unchalik mustahkam joylashmagan bo'ladi. 6 — 7 yoshdan boshlab doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Doimiy tishlar formulasi quyidagicha: 3 2 1 2 2 1 2 3 3 2 1 2 2 1 2 3 bo'lib, ikkita kesuvchi kurak tish 8 — 9 yoshda, bitta qoziq tish 11— 13 yoshda, ikkita kichik oziq tish 10— 15 yoshda, uchta katta oziq tish, birinchisi 6 — 7 yoshda, ikkinchisi 11— 13 yoshda, uchinchisi (aql tishi) 18-25 yoshda chiqadi. Aql tishi ba’zan ko'rsatilgan vaqtdan kechroq chiqadi yoki butunlay chiqmasligi ham mumkin. O g'iz yumilganda yuqori va pastki jag'dagi tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga yaqinlashadi. Jumladan, katta va kichik oziq tishlarning chaynov yuzalari bir-biriga zich tegib tursa, yuqori kurak tishlar (yuqori ja g ' suyagining ravog'i kengroq bo'lgani uchun) pastki jag'dagi kurak tishlarning oldiga o'tadi. Bulardan tashqari, yuqori jag'dagi oldingi tishlar lab tomonga, pastki jag'dagi oldingi tishlar til tomonga qarab yo'nalgan. Har bir tish uch qismdan iborat: uning o g 'iz bo'shlig'iga o'sib chiq qan qismi — toj qism, ja g ' suyaklarining tish kataklariga joylashib turgan qismi — tish ildizi va bu ikki qism o'rtasidagi bir oz toraygan (chegara) joyi — tish bo'yinchasidir. Tishlar kimyoviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin, lekin juda zich tuzilgan. Tishning toj qismi dentin moddadan iborat bo'lib, ustini eng mustahkam modda — emal o'rab turadi. Emal- ning ust tomoni juda yupqa shoxsimon kutikula pardasi bilan o'ralgan. Bu parda emalni yemirilishdan saqlaydi. Tishning bo'yinchasi va ildizi sement moddadan tuzilgan. Tish ildizining uchidagi teshik orqali tish ildizi kanaliga, toj qismida joylashgan bo'shliqqa o'tiladi. Bo'shliqda tishning biriktiruvchi to'qim adan tuzilgan yumshoq qismi — pulpa joylashgan. Qon tomirlar hamda nervlar tish teshigi va kanali orqali pulpaga boradi. Tishlarning ildiz qismlari milk bilan o'ralib mustahkamlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi TIL Til (99-rasm) muskullardan tuzilgan bo'lib, o g'iz b o'sh lig'ida joy lashgan. Til faqat hazm a’zolariga kirmasdan, so'zlashda, talaffuzda be- vosita va faol qatnashadi. Tilning old — til uchi, o'rta — til tanasi va orqa kengaygan qismi — til ildizi bo'ladi. Tilning uchi va yon tomonlari tishlarga, so'rg'ichlarga boy, ustki yuzasi qattiq va yumshoq tanglaylarga tegib turadi. Tilning ustki yuzasida to 'rt xil so 'rg 'ich bo'ladi. 1. Ipsimon so'rg'ichlar tilning ust yuzasida duxobasimon tus be rib jo y la sh g a n . Bu s o 'r g 'ic h la r ovqatni qabul qilishda, chaynashda va halqum ga y o 'n a ltirish d a qat nashadi. 2. Zamburug 'simon so ‘rg ‘ichlar tilning uchi va yonlarida joylash gan bo 'lib, ta’m bilishda xizmat qiladi. 3. Halqa bilan о ‘ralgan (tamov- simon) so'rg'ichlar 7— 15 ta bo'lib, tilning ildizi bilan tanasining chega- rasida, k o 'r tishning ikki yonboshi da rimcha «V» raqami shaklida joy lashgan. U ta’m bilish vazifasini bajaradi. 4. Varaqsimon so'rg'ichlar — kitob varaqlari kabi tilning yonlari da jo y la s h g a n . T a ’m b ilis h d a qatnashadi. T iln in g p a stk i y u z a si faq a t oldingi qismdagina erkin, qolgan qismi til ildiziga q o 'sh ilib ketgan. P astk i y u zasidagi s h illiq q av at hisobiga ikkita g 'ijim burm a hosil qilgan. Til murtagi tilning shilliq qavatida yakkama-yakka yoki to'planib joylashgan limfoid to'qim adan iborat. M urtaklar ko'proq til ildizi sohasida bo'ladi. Til m uskullari xususiy va skelet m uskullaridan iborat. Skelet m us kullari uch ju ft bo'lib, ular skeletning biror joyidan boshlanib, tilga tutashadi. 1. Engak-til osti muskuli pastki ja g ' suyagining engak o'sim tasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni pastga va orqaga tortadi. 99-rasm. Tilning ustki yuzasi. 1, 2, 3, 18, 21 - hiqildoq dahlizi chegarasi; 4 - noksim on bo'shliq; 5 -h iq ild o q usti tog'ayi; 6 - til-hiqildoq usti burmasi; 7 - til ildizi; 8 - tanglay murtagi; 9 - til murtakla- ti; 1 0 - chegara ariqcha; / / - tarnovsimon so'rg'ichlar; 12 - til tanasi; 13 - tilning o'rta ariqchasi; 14 - ipsim on so'rg'ichlar; 15 - zamburug‘simon so'rg'ichlar; 16 - varaqsi mon so'rg'ichlar; 1 7 - ko'z teshigi; /9 - d a h - liz burmasi; 20 - ovoz burmasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2. Til osti-til muskuli til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomon- lariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi. 3. Bigiz-til muskuli chakka suyagining bigizsimon o ‘sig‘idan boshlanib, tilning yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni yuqoriga va orqaga tortadi. Tilning xususiy muskullari, tolalari turli tomonga yo'nalgan. Bu holat tilda ustki va pastki bo'ylama muskul, tilning ko'ndalang va tikka yo'nalgan muskullari borligini ko'rsatadi. Bu muskul tolalari o'zaro tutashib va chirmashib ketgan. Shu tufayli til turli tomonga burilish va o 'z shaklini o'zgartirish xususiyatiga ega. So‘lak bezlari O g'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida turli hajmda juda k o'p so'lak bezlari (100-rasm) joylashgan. Ular naysimon tuzilgan bo'lib, til, lab, lunj va tanglay bezlari nomi bilan ataladi. Bulardan tashqari, og'iz bo'shlig'i atrofida uch juft katta hajmdagi bezlar ham bor. 1. Quloq oldi bezi — alveolar tuzilishga ega bo'lib, yuz terisi ostida, tashqi quloqning pastki va qisman chaynov muskuli ustida joylashgan. Orqa tomondan pastki jag ' suyagining orqa tomonidagi chuqurcha (to'sh-o'mrov- so'rg'ichsimon muskul)gacha boradi. Bez alohida-alohida bo'lakchalardan iborat bo'lib, ulaming naychalari markaziy nayga qo'shiladi. Bezning o g 'ir ligi 25— 30 g, fibroz parda bilan o 'ra lg a n . Uning naychasi chaynov muskulidan ko'ndalang o'tib, lunj muskuli orqali og'iz bo'shlig'ining dah- liziga yuqori jag'ning ik kinchi oziq tishlar soha sida ochiladi. Quloq oldi bezi oqsilga boy tiniq seroz suyuqlik ajratadi. 2. J a g ‘ o s ti b ezi alveolar-naysimon tuzi lishga ega bo'lib, pastki jag ' osti chuqurchasida joylashgan, og'irligi 15 g cha. Bu b ez y ax sh i taraqqiy etgan parda bilan o'ralgan. Uning nayi til os tidagi so'rg'ichlarga ochi ladi. Jag' osti bezi oqsil aralashgan shilliq suyuq lik ajratadi. 100-rasm. So'lak bezlari. / - l u n j bezlari; 2, 3 - yugori lab va uning bezlari; 4, 5 - til va uning bezlari; 6, 7 - pastki lab; 8 - t i l osti so'lak yo'li; 9 -p a stk i jag' suyagi; 10 - engak-til osti muskuli; 12 - til osti bezi; 13 - j a g '-t il osti muskuli; 14 - pastki jag'-so'lak yo'li; 15 - pastki jag' osti bezi; 16 - bigizsimon til osti muskuli; 1 7 - ikki qorinchali muskul; 1 8 - chaynov muskuli; 19, 22 - quloq oldi bezi; 20 - quloq oldi bezi fassiyasi; 21 - quloq oldi bezining yo'li. www.ziyouz.com kutubxonasi 3. Til osti bezi — alveolar-naysimon tuzilgan, og'irligi 5 g. Pastki ja g ‘ suyagi tanasining ichki yuzasidagi shu nomli chuqurchada, til osti- ja g ‘ muskuli ustida joylashgan. Bez ustini til osti shilliq qavati burmasi qoplab turadi. Bu bez boshqa bezlar kabi bo'lakchalardan tuzilgan. Ular ning naylari alohida yoki pastki ja g ‘ bezining nayi bilan qo'shilib, bitta nay hosil qiladi. Bu naychalar til ostida shilliq burmasining ikki yoniga ochiladi. Bez oqsil aralashgan shilliq so'lak ajratadi. Og‘iz bo'shlig'i fiziologiyasi Ovqat moddalari dastlab o g 'iz bo 'sh lig 'id a mexanik va kimyoviy o'zgarishga uchraydi. Ovqatning ta’mi, sifati, ularning organizm uchun zararsizligini o g 'iz b o 's h lig 'id a joylashgan sezuvchan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali aniqlanadi. Sifatsiz, organizmga zararli ovqat darhol chiqarib tashlanadi. I. P. Pavlov og'iz bo'shlig'ini ovqat hazm qilish a’zolari sistemasining sinov bo'lim i deb hisoblagan. Ovqat moddasi og'iz bo'shlig'ida 15— 20 sek davomida chaynash yo'li bilan maydalanib, so'lak bilan aralashtirib yutishga tayyorlanadi. So'lak og'iz b o 'sh lig 'i atrofida joylashgan so'lak bezlarining mahsu- loti bo'lib, bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5 I ajraladi. So'lak amilaza va maltaza fermentlari bo'lgan turli tuzlar va oqsil ishqorli suyuqlikdir. So'lak fermentlari uglevodlarni qisman parchalaydi, kraxmallarni esa di- saxaridlargacha parchalaydi. Mutsin so'lakni yopishqoq qilib, ovqat luqmasini yopishtirib yumaloqlaydi va atrofini silliqlab yutishga tayyor- laydi. So'lak fermentlari ovqat m e’daga tushguncha o 'z ta’sirini saqlaydi. M e’dada esa so'lak fermentlari kislotali muhitda ta’sirini yo'qotadi. Odatda, ovqat to 'g 'risid a gap ketganida, u ko'zga ko'ringanda yoki yeyilganda sezuvchi nerv oxirlari (retseptorlar) ta’sirlanishi natijasida so'lak ajraladi. T a’sirlangan retseptorlar impulsni markazga intiluvchi nerv orqali uzunchoq miyada joylashgan so'lak bezlari markaziy yadrolariga yetkazadi. Yadrolardan markazdan uzoqlashuvchi (sekretor) nervlar orqali impulslar so'lak bezlariga kelgandan so'ng so'lak ajraladi. Bunga so'lak bezi refleks yoyi deyilsa, bezlarning nervlar orqali qo'zg'alib, so'lak chiqarish jara yonini so'lak refleksi deb ataladi. Odamda shartsiz yoki tug'm a refleks- lardan tashqari, shartli reflekslar ham bo'ladi. Shartli reflekslar hayot mobaynida bosh miya po'stlog'ining bevosita ishtiroki bilan vujudga keladi. Bu tashqi ta’sirotlar (ovoz, yorug'lik va b.) ishtirokida vujudga keladi. Shartli refleks ta’siri shartsiz refleks (ovqat ta’siroti)dan birm un cha oldinroq paydo bo'ladi. Jumladan, ovqat kelishi to 'g 'risid a xabar kelishi bilanoq ajrala boshlaydi. Bunga shartli refleks deyiladi. Odamda so'zlash qobiliyati paydo bo'lishi bilan og'iz bo'shlig'idagi mayda bezlar doimiy ishlaydigan bo'lgan. Ular o 'z suyuqligi bilan o g'iz bo'shlig'idagi shilliq pardani namlab turadi. Aks holda so'zlash qiyinlashib, og'izni qo'shim cha suv bilan namlash kerak bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Yutish. Ovqat moddasi og'iz bo ‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy par- chalanib, so'lak bilan aralashib yutishga tayyor bo'lgan luqma odamning ixtiyori bilan til ildiziga tomon yo'naltiriladi. Luqma til ildiziga borib yumshoq tanglayga tegishi bilan ovqatning halqumga o'tishi (yutish) odam ixtiyorisiz bajariladi. Bu vaqtda yum shoq tanglay k o 'tarilib , burun bo'shlig'iga kirish yo'li (xoana)ni berkitadi. Hiqildoq esa yuqoriga ko'tarilib, unga kirish yo'li — hiqildoq usti tanglay yordamida berkitiladi. Natijada ovqat luqmasi halqumga o'tadi va yuqoridan qizilo'ngachga qarab yo'naladi. Ovqat luqmasi halqumdan qizilo'ngachga yo'nalib, halqum devori muskullarining yuqoridan pastga qarab qisqarishi va ovqat moddasining og'irligi va uning so'lak bilan o'ralib namlanishi tufayli qizilo'ngachga tushadi. Qizilo'ngach muskullari esa to'lqinsimon (yuqoridan pastga qarab) qisqarib, ovqatni m e’da tomon suradi. Yutish jarayoni og'iz bo'shlig'idan m e’daga tomon, agar ovqat suyuq bo'lsa, 2 — 3 sek, qattiq bo'lsa, 6— 8 sek davomida bajariladi. HALQUM Halqum yoki yutqin (101-rasm) voronkaga o'xshab, pastga tomon torayib tuzilgan. U tepadan kalla suyagining tubi (asosi)dan boshlanib, o g'iz va burun bo'shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumning ikki yon tomonidan yirik qon tomirlar va nervlar o'tadi. Halqum orqa tomondan umurtqa pog'onasi va undagi muskullar bilan che garalangan, old tomondan esa hiqildoq bilan tutashib turadi. H alq um b o 's h li g 'i uch qism (burun, og'iz va hiqildoq qismlari)dan iborat. Halqumning burun qismi eng tepa qism bo'lib, burun 101-rasm. Burun, og'iz, halqum, hiqildoq va kekirdak bo'shliqlari. 1 - burun bo'shlig'i; 2, 2 / , 22 - burun chig'anoqlari; 3 - ponasimon suyak kovagi; 4 - tanglay burmasi; 5 - eshituv nayi teshigi; 6, 7 , 9 - halqum murtagi; 8 - tilcha; 10 - til- ta n g la y burm asi; / / - t a n g l a y - halqum burmasi; 12 - halqumning o g 'i z q ism i; 13 - h iq ild o q usti tog'ayi; 14 - halqumning hiqildoq q is m i; 15 - q iz ilo 'n g a c h ; 1 6 - kekirdak; / 7 - t i l osti suyagi; 1 8 - ja g ‘-til osti muskuli; /9 - e n g a k -til osti muskuli; 20 - engak-til muskuli. www.ziyouz.com kutubxonasi bo'shlig'iga bir juft xoana (bo'shliq) orqali qo'shilib ketgan. Bu qismning pastki chegarasi yumshoq tanglay ro'parasida. Halqumning bu qismidan o'rta quloq bilan tutashuvchi eshituv (Yevstaxiy) nayi boshlanadi. Nay tog'ayi halqum tomonga sal bo'rtib chiqqan. Uni shilliq parda o'rab, orqa tomonida bir oz chuqurlikni vujudga keltiradi. Shu chuqurlikda eshituv nayi bilan yumshoq tanglay o'rtasida limfa to'qimasidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqumning og'iz qismi old tomondan tomoq orqali og'iz b o 'sh lig 'i ga tutashadi. Halqumning bu qismi ham havo, ham ovqat o'tadigan umumiy yo'l bo'lganidan, bu ikki jarayonni yumshoq tanglay tartibga solib turadi. Ovqat luqmasini yutilganda yumshoq tanglay taranglashib, ko'tarilib havo yo'lini to'sadi va havo o'tm aydi. Halqum orqa devorining yuqori qismi da limfa to'qim asidan tuzilgan murtak joylashgan. Halqum devoridagi ikkita nay murtagi, bitta til murtagi va ikkita tanglay murtagi halqa shaklida joylashgan. Bular oralig'ida juda ko'p mayda limfa to'qim alari- ni ham uchratish mumkin. Bu murtaklar halqasi organizm da himoya vazifasini bajaradi. Halqumning hiqildoq qismi bir oz kalta bo 'lib, hiqildoqning orqa tomonida joylashgan. Bu qism pastda qizilo'ngachga qo'shilib ketadi. Halqumning hiqildoqqa kirish teshigi bo'lib, uni yon tomondan burmalar chegaralab turadi. Ovqat luqmasi o'tayotgan paytda hiqildoqqa o'tish teshigini hiqildoq usti tog'ayi (hiqildoq qopqog'i) yopib turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi egatchalar orqali qizilo'ngach tomonga o'tadi. Halqumning devori uch qavat bo'lib, ichki — shilliq parda, o'rta — muskul qavati va tashqi — biriktiruvchi to'qim a pardasidan iborat. Shilliq parda og'iz, burun bo'shlig'idagi shilliq pardaning davomi bo'lib, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Burun qismi esa kiprikli epiteliydan tuzilgan. Shilliq parda ostida, asosan, shilliq bezlar joylash gan. Halqumda shilliq osti qavati rivojlanmagan. Shilliq parda muskul qavati bilan fibroz to'qim a orqali qo'shilib turadi. M uskul qavati k o 'n d a la n g -ta rg 'il m uskullardan tuzilgan b o 'lib , cherepitsaga o 'xshab, ustm a-ust joylashgan. Halqumning uchta (yuqori, o 'rta va pastki) siquvchi m uskullari tafovut qilinadi. Yuqori siquvchi muskul kalla suyagining tubi (asosi)dan, o 'rta siquvchi m uskul til osti suyagidan va pastki siquvchi muskul hiqildoq tog'ay larid an boshla nib, halqum ni ikki tom onidan o 'rab , o 'rta chiziqda o 'z a ro tutashadi. Bundan tashqari, halqumni ko 'taruvchi ikki juft muskul ham bor: 1. Bigizsimon o'siq — halqum muskuli chakka suyagining bigizsi mon o 'sig 'idan boshlanib, halqum devoriga yopishadi. 2. Halqum-tanglay muskuli yumshoq tanlaydan boshlanib, halqum devoriga va qisman hiqildoqqa yopishadi. Halqum ning siquvchi va ko'taruvchi muskullari navbatm a-navbat tepadan pastga qarab qisqarishi tufayli ovqat asta-sekin yuqoridan pastga, qizilo'ngach tomon yo'naladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Halqumning tashqi biriktiruvchi to ‘qima pardasi muskul qavatini tashqaridan o 'rab turadi. Bu pardaning tashqi yuzasini kletchatka (yog' o'ram i) o'rab, halqumni qo'shni a’zolardan ajratib turadi. Download 24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling