O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Download 6.49 Mb.
bet10/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - obyektning (axborot mahsu- lotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to'g'risida axborot olish uchun ma‘lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi - inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


2.1 - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moddiy resurslarni qayta
ishlash texnologiyasining analogi sifatida.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa - axborot ishlab chiqarish bo'lib, uni tahlil etish va uning asosida biror-bir harakatga qo'l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Ma’lumki, bitta va faqat o'sha moddiy resursga nisbatan har xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo'ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Axborotlarni yig'ish, uzatish, to'plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi.
Moddiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlarini qiyoslash 2.1-jadvalda berilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va an‘anaviy (qog'oz) ko'rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog'liq.
Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling