O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet16/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Kompyuter grafikasi SHK yordamida obyektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir. Ushbu texnologiya iqtisodiy tahlil, turli xil konstruktsiyalarni modellashtirish sohasiga kirib boradi. Ishlab chiqarishda uning o'rnini hech nima bosa olmaydi. U reklama faoliyatiga ham kirib borgan. Raqamli protsessor yordamida shakllantiriladigan va qayta ishlanadigan tasvirlar namoyish qilinadigan va animatsion bo'lishi mumkin. Birinchi guruhga odatda, tijorat (tadbirkorlik va illyustratsiya grafikasi, ikkinchi guruhga - muxandislik va ilmiy grafika, shuningdek, yakka tasvirlar emas, film ko'rinishida ketma-ket beriluvchi tasvirlardan iborat reklama, san’at va o'yinlar grafikasi ham kiradi. Interaktiv mashina grafikasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ichida nisbatan ilg'or yo'nalishlardan biri sanaladi. Mazkur yo'nalish yangi grafik stantsiyalar hamda ixtisoslashgan dasturiy vositalar sohasida jadal rivojlanmoqda. Ixtisoslashgan dasturiy vositalar sifat jihatidan videofilm kadrlari bilan tenglashadigan harakatlanuvchi tasvirlar yaratish imkonini beradi.
Kompyuter grafikasi turli xil masalalarda qo'llanilishi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi: tijorat, illyustrativ, namoyish etish, animatsion, muhandislik va ilmiy.
Matnli, grafik, audio va video axborotlarni kompyuter bilan namoyish etishni dasturiy-texnik tashkil qilinishi multimedia-texnologiya nomini olgan. Bunday texnologiyani multimedianing qurilgan quvvatiga ega bo'lgan va undan kasbiy faoliyatda, ta‘lim, ilmiy-ommaviy va o'yin sohalarida foydalanishga imkon beruvchi maxsus dasturiy vositalar amalga oshiradi. Bu texnologiyalarni iqtisodiy sohada qo'llash tasvirlarga tovushlar berish, hamda u tomonidan odam nutqini tushunish, kompyuter orqali mutaxassis bilan mutaxassisning ona tilida dialog olib borishi uchun kompyuterdan foydalanish istiqbollarini ochadi. Kompyuter tomonidan tovush orqali murakkab bo'lmagan buyruqlar, dasturlarning boshqarilishi, fayllarning ochilishi, axborotlarning bosib chiqarish uchun kiritilishi va boshqa operatsiyalarni qabul qilish qobiliyati yaqin kelajakda foydalanuvchiga kasbiy faoliyat jarayonlarida o'zaro hamkorlik qilish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi.
Foydalanuvchi interfeysning turi bo'yicha AATex foydalanuvchining axborot va hisoblash resurslariga kirish imkoniyatlari nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Masalan, paketli AATex foydalanuvchining axborotlar ishlab chiqilishini, u avtomatik ravishda bajarilish paytidagi imkoniyatini yo'qqa chiqaradi. Bu ishlab chiqishni tashkil qilish avvaldan tizimga jamlangan va ma‘lumotlar paketiga birlashtirilgan operatsiyalarni dasturiy berilgan izchillik bilan bajarilishiga asoslangan. Paketlidan farqliroq dialogli AATex foydalanuvshiga tizimda saqlanayotgan axborot resurslari bilan o'zaro hamkorlik qilish, vazifaviy masalalarni hal qilish va qarorlar qabul qilish uchun kerakli barcha axborotlarni olishning cheklanmagan imkoniyatlarini beradi.
Tarmoqli AATning interfeysi foydalanuvchiga xududiy taqsimlangan axborot va hisoblash resurslariga aloqa vositalarining rivojlanishi tufayli telekirish vositasini beradi, bu mazkur AATexlarni keng foydalaniladigan va ko'p vazifali qiladi.
Hozirgi vaqtda har xil turdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yagona kompyuterli — texnologik majmuiga birlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda, u integratsiyalashgan nomini olgan. Bunda nafaqat boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishning g'oyatda keng texnologik imkoniyatlarini ta’minlovchi, balki AATexning turli tuman tarmoqli variantlari: mahalliy, ko'p darajali, taqsimlangan, global hisoblash tarmoqlari, elektron pochta, integral xizmat ko'rsatish raqamli tarmoqlarini yaratishning asosi bo'lgan kommunikatsiya vositalar alohida o'rin tutadi. Ularning barchasi ma‘lumotlarni uzatish, ishlab chiqish, jamlash va saqlash, himoyalash qurilmalari tomonidan tashkil qilinuvchi obyektlar majmuining o'zaro texnologik hamkorligiga mo'ljallangan, katta murakkablikdagi ma‘lumotlarni ishlab chiqishning integratsiyalashtirilgan kompyuter tizimlarini iqtisodiyotda boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish uchun amalda cheklanmagan foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Ma‘lumotlarni ishlab chiqishning integratsiyalashtirilgan kompyuter tizimlari murakkab axborotli texnologiya va dasturiy majmua sifatida loyihalashtiriladi. U ma‘lumotlarni berish va foydalanuvchilarni tizimlarning tarkibiy qismlari bilan o'zaro hamkorligining yagona usulini qo'llab-quvvatlaydi. Bunday tizimlarda axborotlarni uzatish va ishlab chiqishni himoyalashga alohida ahamiyat beriladi. Iqtisodiy axborotlarni himoyalashda eng katta tarqalishni texnik-dasturiy usullari o'z ichiga olgan. Xususan, himoyalash xususiyatlari va xizmat ko'rsatishning sifati bo'yicha tanlab olingan axborotlarni uzatish va ularni manziliga etkazib berish jarayonlarida saqlanishni kafolatlovchi aloqa tizimlaridan foydalanish; umumiy foydalanish tarmoqlari (telefon, telegraf) abonentlari tomonidan foydalanuvchilarning umumiy texnik vositalar, shifrlashning algoritmlari haqidagi kelishuvlarida ma‘lumotlarni axborotlar almashuvi va boshqarishning jadalligiga, demak, axborotlar ishlab chiqishning shoshilinchligiga talablarning oshishi obyektlarning tashkiliy boshqaruvini nafaqat mahalliy, balki ko'p darajali va taqsimlangan tizimlarining yaratilishiga olib keldi, bunga bank, soliq, ta‘minot, statistik va boshqa xizmatlar misol bo'ladi. Ularni axborotli ta‘minlanishini ma‘lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari tarmog'i amalga oshiradi, ular tegishli ko'p darajali iqtisodiy obyektning tashkiliy-vazifaviy tuzilishini, axborotli massivlarni mashinali olib borilishini hisobga olish bilan qurollanadi. Bu muammo zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida ma‘lumotlarni ishlab chiqishning taqsimlangan tizimlari turli xil darajadagi ma‘lumotlar bazalari o'rtasida axborotlarni almashtirish uchun aloqa kanallaridan foydalanish orqali hal qiladi. Dasturiy vositalarni ma‘lumotlar bazalari bilan murakkablashtirish hisobiga tezligi oshiriladi, iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda axborotlarning himoyasi va ishonchliligi ta’minlanadi. Tashkiliy boshqaruvning ko'p darajali va taqsimlangan kompyuterli axborot tizimlarida ham aхborotlar bilan tezkor ishlash muammosi, ham boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish muammosi birday muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkin Хужал, mutaxassislarning tashkil qilinayotgan avtomatlashtirilgan ish joylari foydalanuvchilarga dialogli rejimda ishlash, joriy vazifalarni tezkor hal qilish, terminaldan ma’lumotlarni qulay kiritish, ularni ko'z orqali nazorat qilish, ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni chiqarish, natijaviy axborotlarning ishonchliligini aniqlash va ularni ekranga bosib chiqaruvchi qurilmaga chiqarish yoki aloqa kanallari bo'yicha uzatish imkonini beradi.
Iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish, mulkchilikning turli xil shakllari asosida faoliyat yurituvchi yangi tashkiliy tizimlarni hosil qilish sharoitida bozorga o'tishda tahliliy ishga ehtiyoj beqiyos o'sadi. Boshqaruv faoliyatining har bir aniq sohasida dalillar, tajriba, bilimlarni jamlashga zaruriyat vujudga keladi, aniq iqtisodiy, tijorat, ishlab chiqarish vaziyatlarini tezkor tartibda iqtisodiy asoslangan va eng qulay qarorlarni qabul qilish uchun sinchiklab tadqiqot qilishda manfaatdorlik ustunlik qiladi. Bu vazifa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilimlar bazasini ishga ulashni boshlayotgan paytda axborotlarni integratsiyalangan chiqishni yanada takomillashtirish orqali hal qilinadi. Bilimlar bazasi deganda muammo sohaning dalillari (daliliy bilimlar), qoidalar (qaror qabul qilish uchun shartlarni bilish) va metabilimlar (bilimlar haqida bilishlar), ya’ni bilimlar va ularning xususiyatlaridan foydalanishning usullariga tegishli bilimlarni o'z ishlab chiqarishiga oluvchi barcha hususiyatlarni bayon qiluvchi axborotli majmualarning murakkab, batafsil modellashtirilgan tuzilishi tushuniladi. Bilimlar bazasi kasbiy faoliyatning aniq sohasida bilimlarni jamlovchi va iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish hamda boshqaruv ta’sirini ishlab chiqishda mutaxassisga maslahatchi rolini o'ynovchi, ekspertli tizimning borgan sari ko'proq qismini tashkil qilayotgan mutaxassis ishchi joyning muhim elementi bo'ladi.
Xorijiy mutaxassislar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishishshg quyidagi tendensiyalarini keltiradi. Ularni qisqacha ta’riflaymiz.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling