O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet24/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Ma’lumotlar jamlanmasi. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarishiga qarab uning har bir xatti-harakati haqida tegishli ma’lumotlar yozuvi bo'ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma xatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi ma’lumotlardan axborotlarni yaratish uchun quyidagi turdagi operatsiyalardan foydalaniladi:

  • tasniflash yoki guruhlash. Boshlang'ich ma’lumotlar odatda bir yoki bir nechta ramzlardan tashkil topgan kodlar ko'rinishiga ega bo'ladi. Obyektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o'xshatish (identifikatsiyalash) va guruhlash uchun foydalaniladi;

  • yozuvlar izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash;

  • arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o'z ichiga olgan hisoblashlar. Ma‘lumotlar ustidan bajariladigan bu operatsiyalar yangi ma‘lumotlarni olish imkonini beradi;

  • ma’lumotlar hajmini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi va yakuniy yoki o'rta qiymatlar hisob-kitobi shaklida amalga oshiriluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish.

Ma’lumotlarni saqlash. Operatsiyaviy faoliyat darajasidagi ko'pgina ma‘lumotlarni keyinchalik foydalanish uchun yoki bu erda, yoki boshqa darajada saqlash zarur. Ularni saqlash uchun avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar bazasi yaratiladi.
Hisobotlarni yaratish. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida firma rahbariyati va xodimlari, shuningdek tashqi sheriklar uchun hujjatlar va hisobotlar yaratish lozim. Bunda hujjatlar so'rov bo'yicha yoki firma o'tkazgan operatsiya munosabati bilan ham, davriy jihat bo'yicha har bir oy, kvartal yoki yil oxirida ham yaratilishi mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarishdan asosiy maqsad, qarorlarni qabul qilish jarayonlariga aloqasi bo'lgan firma barcha xodimlarining axborot ehtiyojlarini qondirishdir. U boshqarishning istalgan darajasida foydali bo'lishi mumkin.
Boshqaruvning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini turli funktsional tizimostilar xodimlari yoki firma boshqaruv darajalarining mos axborot ehtiyojlarini qondirishga risoladagidek to'g'ri keladi. Ular etkazib beradigan axborot firmaning o'tmishi, hozirgi va ehtimoldagi kelajagi haqida ma‘lumotlarni saqlaydi Bu axborot doimiy yoki maxsus boshqaruv hisobotlari turlariga ega.
Boshqaruv nazorati darajasida qarorlar qabul qilish uchun axborot agregatlashtirish ko'rinishida shunday taqdim etilishi kerakki, unda ma‘lumotlar o'zgarishi tendensiyalari, yuzaga kelgan chetga chiqishlar sabablari va ehtimoliy qarorlar ko'rib chiqilsin. Bu bosqichda ma‘lumotlarni qayta ishlashning quyidagi vazifalari hal etiladi:

  • boshqaruv obyekti rejalashtiriladigan ahvolini baholash;

  • rejalashtiriladigan ahvoldan chetga chiqishlarni baholash;

  • chetga chiqishlar sabablarini aniqlash;

  • bo'lajak qaror va xatti-harakatlarning tahlili.

Boshqaruvning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xilma-xil turdagi hisobotlarni yaratishga yo'naltirilgandir.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling