O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet27/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Masofadagi server

tlashtirilgan aхborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash tamoyillari.

asofadan

kirish server





Devonxona ishini avtomatlashtirish ayrim lavozimlarni qisqartirishga olib kelmoqda. Biroq u ayni paytda mehnat unumdorligini oshiradi va axborot xizmatiga ehtiyojni ko'paytiradi, bu bilan ko'plab yangi ish joylarini ochishga imkon yaratmoqda. Hozirda juda ko'plab amerikaliklar uyida o'tirib o'zlarining xususiy kompyuterlarini telefon modemlari yordamida o'z kompaniyalari yoki agentliklarining universal EHMlariga ulay oladilar.
Qarorlar qabul qilishni ko'llab-quvvatlash tizimlari va ularga muvofiq axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosan amerikalik olimlarning sa‘y-harakati bilan o'tgan asrning 70-yillar oxiri — 80-yillar boshida yuzaga keldi, bunga SHKlar, amaliy dasturlarning standart paketlari keng tarqalganligi, shuningdek sun‘iy intellektual tizimlarini yaratishdagi muvaffaqiyatlar imkon yaratdi.
Qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o'zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatidan yaxshi uslubidir. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi bo'lgan qarorlar ishlab chiqish integratsion jarayon natijasida ro'y beradi va unda quyidagilar ishtirok etadilar:

  • hisoblash bo'g'ini va boshqaruv obyekti rolida qaror qabul qilishni qo'llab- quvvatlash tizimi;

  • kompyuterda kirish malumotlari topshirig'ini beruvchi va olingan hisoblash natijalarini baholovchi boshqaruv bo'g'ini sifatidagi inson.

Integratsion jarayon yakuni inson ixtiyoriga ko'ra ro'y beradi. Bu holda axborot tizimining foydalanuvchi bilan birgalikda qarorlar qabul qilish uchun yangi axborotlarni yaratishga qobilligi haqida gapirish mumkin. Uning bu xususiyatiga qo'shimcha qilib bir qator ajralib turuvchi jihatlarini ko'rsatish mumkin:

  • yaxshi formallashmagan vazifalarni hal etishga yo'nalish olish;

  • kompyuter ma’lumotlariga kirish va uni qayta ishlash an’anaviy uslublarining matematik modellari va ular asosida vazifalarini hal etish uslublari imkoniyatlari bilan uyg'unlikda olib borish;

  • kompyuterdan malakasiz foydalanuvchiga e‘tiborni ko'proq qaratish;

  • mavjud texnik va dasturiy ta‘minot, shuningdek foydalanuvchi talablari o'ziga xosliklariga moslashish imkoniyatlarini beruvchi yuqori moslashuv.

Qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarishning istalgan darajasida foydalanilishi mumkin. Bundan tashqari boshqarishning turli darajalarida qabul qilinuvchi qarorlar tez-tez muvofiqlashtirilib turishi, lozim. Shu bois ham tizim va texnologiyalarning muhim funksiyasi boshqarishning turli darajalarida ham, alohida bir darajada ham qarorlar qabul qiluvchi shaxslarni muvofiqlashtirishdir. Qarorlar qabul qilishni qo'llab- quvvatlash tizimi tuzilmasi, shuningdek asosiy texnologik operatsiyalarni belgilovchi uning bloklarini tashkil etuvchi funksiyalarini ko'rib chiqamiz (2.9 - rasm).
Qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlashning tizim tarkibiga uch asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va tizimosti dasturi kiradi, so'nggisi ma‘lumotlar bazasining boshqarish tizimi (MBBT), modellar bazasining boshqarish tizimi (ModBBT), foydalanuvchi va kompyuter o'rtasidagi interfeys bilan boshqarish tizimidan iborat.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling