O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Birgalikda harakat qilish qobiliyati


Download 6.49 Mb.
bet23/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o'rtasida ideal tarzda almashuvini o'tkazish imkoniyati ilg'or texnologik muammo kasb etadi. Axborot mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ularning kelishi va tez harakatlanishi bo'yicha to'liq muvofiq bo'lishi lozim.

  • Oraliq bo'g'inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so'ngra, axborot manbai yo'lidan iste‘molchiga qarab (ya‘ni, bu sohadagi etkazib beruvchi va iste‘molchilar) oraliq bo'g'inlar tugatiladi. Masalan, muallif va o'quvchi, sotuvchi va xaridor, qo'shiqchi va tinglovchi, o'qituvchi va o'quvchi yoki tashkilotlarda mutaxassislar o'rtasida videokonferentsiya, elektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqat qilish imkoniyati tug'iladi.

  • Globallashtirish. Tashkilot yo'ldosh aloqa va Internet tarmog'idan foydalanib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o'zaro muloqat qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo'ladi.

  • Konvergentsiya. Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko'rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o'rtasidagi farq yo'qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o'rtasidagi tafovut o'chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o'zaro uyg'unlashib ketadi.

    Shunday qilib, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o'tish asosidir. Mazkur tendensiyaning biznesda qo'llanilishi quyidagi o'zgarishlarga olib keladi:

    • har bir ish o'rnida resurslar etarli bo'lganda axborotlarni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;

    • xabarlarni jo'natish uchun ish o'rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;

    • tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global

    kommunikatsiyalarga ega bo'lishi;

    • elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;

      1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va
        sohalarida qo'llash


    Ma‘lumotlarni qayta ishlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal qilish uchun mo'ljallangan, ularga ko'ra zarur kirish ma‘lumotlari mavjud va algoritmlar hamda ularni qayta ishlashning boshqa standart protseduralari ma’lum. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo'lmagan malakali xodimlarning ijrochilik faoliyati darajasida qo'llaniladi. Shu bois ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bu darajada qo'llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi mumkin. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalarni hal etish mumkin:

    1. firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma‘lumotlarni qayta ishlash;

    2. firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

    3. istalgan joriy so'rovlarga javob olish va ularni qog'oz hujjatlari yoki hisoblari ko'rinishida rasmiylashtirish.

    Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq bir necha o'ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi j ihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:

    • ma’lumotlarni qayta ishlash bo'yicha firmaga zarur bo'lgan vazifalarni bajarish. Har bir firma o'z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo'lishi va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo'llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois ham istalgan firmada ma’lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo'lishi va tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishi lozim faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni hal etish, uning algoritmini ishlab chiqish mumkin;

    • qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini ko'zda tutadi;

    • odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;

    • detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish.

    Taftish o'tkazishga yo'l qo'yuvchi, firma faoliyati haqida tahlil xususiyatga ega yozuvlarni amalga oshirish. Taftish jarayonlarida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;

    • voqealar ketma-ketligiga (xronologiyasiga) urg'u berish;

    • boshqa darajadagi mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishda kam yordam talab qilish.

    Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlari quyidagilardan tarkib topgan:

    Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling