O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Boshqarishning yuqori darajalarida


Download 6.49 Mb.
bet29/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Boshqarishning yuqori darajalarida qaror qabul qilishni qo'llab- quvvatlash uchun tashqi manbalardan olinadigan ma‘lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Raqobatchilar, milliy va dunyo iqtisodiyoti haqidagi ma‘lumotlarni zarur tashqi ma’lumotlar qatoriga qo'shish mumkin. Ichki ma’lumotlardan farqli ravishda, tashqi ma’lumotlar odatda ularni yig'ishga ixtisoslashgan tashkilot tomonidan sotib olinadi.

  • Hozirgi paytda ma‘lumotlar bazasiga yana bir ma’lumotlar manbai — yozuvlar, xatlar, shartnomalar, buyruqlar va hokazolarni o'z ichiga olgan hujjatlarni kiritish haqidagi masala keng tadqiq etilmoqda. Agar bu hujjatlarning mazmuni ayrim asosiy xususiyatlariga (ta’minotchi, iste’molchi, sanasi, xizmat turlari va boshqalar) qarab xotiraga yoziladigan va so'ngra qayta ishlanadigan bo'lsa, unda tizim axborotning yangi qudratli manbaiga ega bo'ladi.

    Foydalanuvchining bilimlari — bu, foydalanuvchi tizim bilan ishlashda bilishi lozim bo'lgan narsalardir. Ularga nafaqat foydalanuvchi miyasida bo'lgan xatti- xarakatlar rejasi, balki kompyuter beradigan darsliklar, ko'rsatmalar, ma’lumotnoma xabarlariga ham oiddir.
    Qarorlarni qabul kilishni qo'llab-quvvatlash tizimi interfeysini takomillashtirish ko'rsatilgan uch kompyuterlardan har birining rivojlanishidagi yutuqlar bilan belgilanadi. Interfeys quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lmog'i lozim:

    • foydalanuvchi tanlovi bo'yicha qarorlarni qabul qilish jarayonida o'zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini manipulyatsiya qilish;

    • ma‘lumotlarni turli usullarda tizimga uzatish;

    • tizimning turli asbob-uskunalardan xilma-xil shakllarda ma’lumot olishi;

    • foydalanuvchi bilimlarini qo'llab-quvvatlash (so'rov bo'yicha yordam ko'rsatish; bilmaganlarini aytib berish).

    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kundan-kunga rivojlanib borishi ulardan milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida samarali foydalanish uchun zamin yaratib bermoqda.
    Nazorat savollari

    1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari nima uchun xizmat qiladi ?

    2. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy elementlarini keltiring.

    3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qanday belgilar asosida tavsiflanadi ?

    4. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari qanday xususiyatlarga ko'ra tavsiflanadi ?

    5. Integrallashgan paketlar o'z tarkibiga qanday texnologiyalarni qamrab oladi?

    6. Multimedia-texnologiya deb nimaga aytiladi ?

    7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etib borish bosqichlarini aytib bering.

    8. Kommunikatsiyalar tizimi deganda nimani tushunasiz ?

    9. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari hal etadigan vazifalarni aytib bering.

    3- mavzu. TEXNIK VOSITALAR VA ULARNING RIVOJLANIB BORISH
    TENDENSIYALARI


      1. Texnik vositalar.

      2. Kiritish va chiqarish qurilmalari.

      3. Ma’lumot tashuvchi vositalar.

      4. Multimedia vositalari va ularning ahamiyati.

      5. Modem - telefon tarmog‘i va boshqalar.


    Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling