O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet15/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Elektron ofis muammo soha vazifalarini kompleks amalga oshirishni ta‘minlovchi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zi ishlab chiqa oluvchi amaliy dasturlarning integratsiya-lashgan loyihalari mavjuddigini ko'zda tutadi. Hozirgi vaqtda uskunalar va xodimlari turli binolarda joylashishi mumkin bo'lgan elektron ofislarning tarqalishi ustivorlik qilmoqda. Aniq tashkilotlar va muassasalarning hujjatlari, ma‘lumotlar bazalari bilan uy sharoitlari, mehmonxonalarda va transport vositalarida ishlashning zarurligi virtual ofislar AATex paydo bo'lishiga olib keldi. Bunday AATex hududiy yoki iqtisodiy lokal tarmoqlar bilan birlashtirilgan mahalliy tarmoqlarda ishlashga asoslangan. Shunga ko'ra, muassasa xodimlarining abonent tizimlari, ular qaerda bo'lishlaridan qati nazar, umumiy tarmoqqa ulangan bo'ladi. Ekspertli quvvatlashning avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tahlilchi mutaxassislar mehnatini avtomatlashtirishning asosini tashkil qiladi. Bu xodimlar mahsulotlar, xizmatlarni sotish bo'yicha bozor sharoitlarida vujudga keladigan vaziyatlar, korxonalar, firmalar, moliya-kredit tashkilotlarining moliya holatlarini tadqiqot qilish uchun tahliliy usullar va modellardan tashqari tizimda jamlangan va saqlanayotgan vaziyatlar, ya‘ni aniq muammo sohasidagi bilimlar bazasinn tashkil qiluvchi ma‘lumotlarni baholash tajribasidan foydalanishga majbur bo'lmoqdalar. Belgilangan qoidalar bo'yicha ishlab chiqilgan bunday ma‘lumotlar moliyaviy va tovar bozoridagi faoliyat uchun asoslangan qarorlarni qabul qilishga, menejment va marketing sohalarida strategiyani ishlab chiqishga imkon beradi.


2.6 -rasm. Qayta ishlanadigan axborotlar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari turlarining o'zaro aloqasi.

Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo'yicha, AAT mohiyati bo'yicha va dasturiy jihatdan ko'rib chiqiladi, quyidagilarni o'z ishlab chiqarishiga oladi: matnli ishlab chiqish, elektron jadvallar, ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari, chizmali va ovozli axborotlarni ishlab chiqish, multimediali va boshqa tizimlar.
Qayta ishlanadigan axborotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 2.6- rasmda berilgan.
Yuqori sifatli tovushlar va videotasvirlarni tayyorlash uchun dasturiy vositalarni yaratish kompyuter texnikasi rivojlanishining istiqbolli yo'nalishidir. Videotasvirni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi nomini olgan. Kompyuter grafikasi obyektlar modellari va ularning tasvirlarini SHK yordamida yaratish, saqlash va ishlab chiqishdir. Bu texnologiya iqtisodiy tahlil, har xil turdagi qurilmalarni modellashtirish sohasiga kirib borgan, reklama faoliyatiga kirib bormoqda, dam olishni qiziqarli qilmokda.
Raqamli protsessor yordamida shakllanadigan va ishlab chiqiladigan tasvirlar namoyish qilinadigan va animatsiyalanadigan (harakatdagi) bo'lishi mumkin. Birinchi guruhga tijorat (ishga tegishli) va namoyish qilinuvchi grafika, ikkinchisiga — muhandislik hamda reklama, san’at o'yinlari bilan bog'liq grafika kiritiladi, unga nafaqat yakka tasvirlar, balki film ko'rinishidagi kadrlarning uzviyligi ham kiritiladi. Interaktiv mashina grafikasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orasida eng ilg'or yo'nalishlardan biridir, Bu yo'nalish yangi grafik stantsiyalarni yuzaga keltirdi va sifati bo'yicha videofilm kadrlari bilan taqqoslanadigan haqiqiy hajmli harakatlanuvchan tasvirlarni yaratishga imkon beruvchi iхtisoslashtirilgan dasturiy vositalar sohasidagi shiddatli rivojlanishni boshdan kechirmoqda.
Hozirgi vaqtda kompyuter grafikasi ishlatilmayotgan soha bo'lmasa kerak. Ular nafaqat milliy iqtisodiyot masalalarini hal qilishda, balki uning boshqa barcha sohalarida ham keng qo'llanilmoqda.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling