O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet172/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Birinchi yondashishda faqat moliyaviy hisobni avtomatlashtiruvchi tizim yaratiladi. Bunday BHAT — mini-hisobxonalar sinfiga kiradi. Qoidaga ko'ra bu tizimda buxgalteriya hisobi bitta odam — hisobchi tomonidan olib boriladi.
Ikkinchi yondashishda moliyaviy hisobdan tashqari qisman boshqaruv tizimi ham har tomonlama avtomatlashtiriladi. Bu holda buxgalteriya hisobini ikkita odam: hisobchi va uning yordamchisi yoki kirishni cheklash yo'li bilan bitta ish joyida, yoki ikkita ish joylarida olib boriladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisobini zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida avtomatlashtirish uchinchi yondashishda erishiladi. Bunday tizimda ishlab chiqilayotgan axborotlarning katta hajmlarida ko'p foydalanuvchanlik usulidan foydalaniladi. Unda bir necha SHKlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi. ShKning har biri esa hisobchining alohida ish joyi sifatida ko'rib chiqiladi.
Yondashishni tanlash korxonaning turiga va uning kattaligiga bog'liq. Yirik korxonalardan farqliroq, kichik korxonalarda asosiy e‘tibor moliyaviy hisobni olib borilishiga qaratiladi, u ko'p mehnat talab qilishi va ahamiyat bo'yicha asosiy o'rinni egallaydi. U hisob axborotlarini umumlashtirish va sintez qilishga qaratilgan.
Kichik korxonalardagi moliyaviy va boshqaruv hisobini qamrab oluvchi buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish uchun dasturiy majmua ikkita moduldan tashkil topadi.

  1. .Boshqaruv hisobining moduli tovar-moddiy boyliklari va arzon hamda tez eskiruvchan mollarning hisobi, tayyor mahsulotlar (savdo korxonalari uchun- tovarlar)ning hisobi, ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar bo'limlari uchun so'mdagi va miqdoriy aks ettirilgandagi hisobni olib borishga imkon beradi. Bu bo'limlarning majmuasini foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'zgartirish mumkin. Hisob bo'limlari bo'yicha tahliliy registrlar-birlamchi hujjatlar hisobining qayd daftari, tovar moddiy boyliklar hisobining qayd daftari, xo'jalik operatsiyalari hisobining qayd daftari ushbu modulning asosiy hisob registrlari bo'ladi.


  2. Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling