O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet198/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

TCP/IP paketlarining sarlavhalarida xakerlar hujumiga uchrashi mumkin bo'lgan axborot ko'rsatiladi. Jumladan, xaker o'zining «zarar yog'diruvchi» paketlarida jo'natuvchi manzilini o'zgartirib qo'yishi mumkinki, bundan so'ng ular huddi muallif-mijozning o'zi jo'natayotgan paketlarga o'xshab qoladi.
Ba‘zi keng tarqalgan Internet xizmatlarining «tug'ma zaifliklar»ini ko'rsatib o'tsak:

  1. Elektron pochtaning oddiy uzatish bayonnomasi (Simple Mail Transfer Protocol - SMTP) Internet global tarmog'ining pochta transport xizmatini amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu bayonnoma bilan bog'liq bo'lgan xavfsizlik muammolaridan biri shundan iboratki, foydalanuvchi elektron pochta xabaridagi sarlavhada jo'natuvchi manzilini tekshira olmaydi. Natijada xaker ichki tarmoqqa katta miqdordagi pochta xabarlarini jo'natish imkoniga ega bo'ladi, bu esa pochta serveri ishining haddan ziyod yuklanishiga va blokadaga uchrashiga olib keladi.

Internetda ommaviylashib ketgan Send-mail elektron pochta dasturi o'z ishida biron-bir tarmoq axborotidan - IP-jo'natuvchi manzilidan foydalanadi. Send-mail yordamida jo'natilayotgan xabarlarni tutib olgan xaker bu axborotlarni tajovuzlar uchun, masalan, spufing (manzillarni almashtirib qo'yish) uchun qo'llashi mumkin.
Fayllarni uzatish bayonnomasi (File Transfer Protocol - FTP) matn va ikkilik fayllarining uzatilishini ta‘minlaydi, shuning uchun ham Internetda axborotlarga hamkorlikda kirishni tashkil etishda undan tez-tez foydalaniladi. Unga odatda uzoqlashtirilgan tarmoqlar bilan ishlash usuli sifatida qaraladi. FTP-serverlarda hujjatlar, dasturlar, grafiklar va aхborotlarning boshqa turlari saqlanadi. FTP- serverlardagi ushbu fayllar ma’lumotlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat etib bo'lmaydi. Bunga faqat ushbu ma’lumotlarni FTP-serverdan lokal
serverga to'liq ko'chirib olgandan keyingina erishish mumkin. Ba’zi FTP-serverlar o'z arxivlariga foydalanuvchilarning kirishini parollar yordamida cheklab qo'yadi, boshqalari esa, aksincha, erkin kirish imkonini beradi (bular anonim FTP-serverlar deb ataladi). Foydalanuvchi anonim FTP optsiyasidan o'z serverida foydalanishda, unda faqat erkin tarqatilish uchun mo'ljallangan fayllargina saqlanayotganiga ishonch hosil qilishi kerak.


  1. Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling