O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet201/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Protsessing markazi ixtisoslashtirilgan xizmat ko'rsatish tashkiloti bo'lib, u bank-ekvayerlardan yoki xizmat ko'rsatish nuqtalaridan mualliflashtirish uchun kelib tushayotgan so'rovnomalarga hamda plastik kartalari yordamida amalga oshirilgan to'lovlar va berilgan naqd pullar haqidagi qayd etiladigan ma’lumotlar tranzaksiyalarining bayonnomalariga ishlov berilishini ta‘minlaydi. Buning uchun protsessing markazi ma‘lumotlar bazasini yuritadiki, unga, jumladan, to'lov tizimi a‘zolari bo'lgan banklar va plastik kartalarining egalari haqidagi ma‘lumotlar ham kiradi. Protsessing markazi karta egalarining limitlari haqidagi ma‘lumotlarni saqlaydi hamda, bank-emitent o'zining ma‘lumotlar bazasini yuritmagan hollarda (off-line bank), mualliflashtirish uchun kelgan so'rovlarni bajaradi. Agar bank- emitent bunday bazani yuritsa (off-line bank), protsessing markazi so'rovni mualliflashtirilayotgan kartani uning o'ziga qayta jo'natadi. Tabiiyki, protsessing markazi bank-ekvayerga kelgan javobni ham qayta jo'natadi.
Bank-ekvayer o'z vazifalarini bajarishda bank-emitent bilan ham hisob- kitoblarni amalga oshirishi zarur. Har bir bank-ekvayer ushbu to'lov tizimiga kiruvchi bank-emitentlar karta egalarining to'lovlari bo'yicha xizmat ko'rsatish nuqtalariga mablag' o'tkazilishini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham bank-ekvayer-lar keyinchalik tegishli mablag'larni bank-emitentlarga o'tkazib berishlari lozim. Ekvayerlar va emitentlar o'rtasidagi hisob-kitoblar tezkor amalga oshirilishi uchun, to'lov tizimida ushbu tizim a‘zolari bo'lgan banklar o'z muxbirlik hisob raqamlarini ochishlari mumkin bo'lgan hisob-kitob banki (bitta yoki bir nechta) ning mavjud bo'lishi kerak. Amaliyotlar olib borilgan kuni to'plangan tranzaksiyalar bayonnomalari asosida protsessing markazi to'lov tizimi ishtirokchilari bo'lgan banklar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun natijaviy ma‘lumotlarni tayyorlaydi va jo'natadi, shuningdek stop-varaqchalarni tayyorlaydi va ularni bank-ekvayerlar hamda bevosita xizmat ko'rsatish nuqtalariga jo'natadi.
Protsessing markazi shuningdek zavodlarga plastik kartalari tayyorlash uchun buyurtmalar berib, bank-emitentlarning ularga bo'lgan ehtiyojlarini ham qondirib boradi.
Plastik kartalar bo'yicha savdo-sotiqlarning va naqd pul berishning o'ziga xos xususiyati shundaki, bu ishlar do'konlar va banklar tomonidan «qarzga» amalga oshiriladi, ya‘ni tovarlar va naqd pullar mijozga shu turda beriladi, ularni qoplaydigan mablag'lar esa xizmat ko'rsatayotgan korxonalarning hisobvaraq-lariga ma‘lum vaqtdan keyin (bir necha kun mobaynida) kelib tushadi. Plastik kartalarga xizmat ko'rsatish jarayonlarida yuzaga keladigan to'lov majburiyatlarining bajarilish kafolatini ularni chiqargan bank-emitent o'z zimmasiga oladi. Bank-emitent kafolatlarining xarakteri mijozga taqdim etiladigan hamda karta turida qayd etilgan to'lov vakolatlariga bog'liq. Plastik kartalar yordamida amalga oshirilayotgan hisob- kitoblar turiga qarab, kredit va debet kartalari farqlanadi. Kredit kartalari plastik kartalarining eng keng tarqalgan turidir. Ularga AQSh'ning Visa va MasterCard, American Express va qator boshqa umummilliy tizimlarning kartalari mansubdir. Bu kartalarni egalari savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarida tovar va xizmatlar haqini to'lash uchun taqdim etadilar. Kredit kartalari yordamida haq to'lashda xaridor banki unga xarid qilingan tovarlar summasiga kredit ochadi, bir qancha vaqt (odatda 25 kun) dan keyin esa pochta orqali unga hisob (schet) yuboradi. Хaridor to'langan chek (schet) ni bankka qaytarib berishi kerak. Tabiiyki, bunday sхemani bank faqat o'zining ancha badavlat va sinalgan, ya’ni bankda depozitlar, qimmatliklar va ko'chmas mulk ko'rinishidagi kattagina qo'yilmalarga ega mijozlariga taqdim etilishi mumkin.
Debet kartasining egasi o'zining bank-emitentdagi hisobvarag'iga avvaldan ma‘lum bir summani qo'ygan bo'lishi kerak. Ushbu summa miqdori ishlatilish doirasidagi mablag'lar limitini tashkil etadi. Bu kartani qo'llagan holda hisob- kitoblarni amalga oshirishda mos ravishda limit ham kamayadi. Limit nazorati mualliflashtirishni o'tkazish paytida bajariladi. Mualliflashtirish esa debet kartasidan foydalanishda majburiydir. Limitni yangilash yoki ko'paytirish uchun karta egasi o'z hisob varag'iga yana mablag' qo'yishi kerak bo'ladi. To'lov amalga oshirilgan daqiqa bilan bank tomonidan tegishli axborot olingan daqiqa o'rtasidagi vaqt uzilishini xavf-xatardan asrash uchun mijoz hisobvarag'ida pasaymaydigan qoldiq saqlanib turishi kerak.
Kredit kartasi ham, debet kartasi ham nafaqat shaxsiy, balki korporativ bo'lishi mumkin. Korporativ kartalar kompaniyalar tomonidan o'z xodimlariga xizmat safari yoki boshqa xizmatga oid sarflarni qoplash uchun beriladi. Kompaniyaning korporativ kartalari uning qandaydir bitta hisobvarag'i bilan bog'liq bo'ladi. Bu kartalar bo'lingan yoki bo'linmagan limitga ega bo'lishi mumkin. Bo'lingan limitda korporativ kartalar egalarining har biriga shaxsiy limit belgilanadi. Bo'linmagan limitdan ko'proq uncha katta bo'lmagan kompaniyalar foydalanadi va unda limit bo'linishi ko'zda tutilmaydi.
So'nggi yillarda mikroprotsessorli kartalardan foydalanadigan elektron to'lov tizimlari o'ziga ko'proq diqqatni jalb etmoqda. Mikroprotsessorli kartalarning yuqorida tavsiflangan barcha kartalardan asosiy farqi shundaki, ularda mijoz hisobvarag'i to'g'risidagi axborot bevosita joylashgan, chunki ular mohiyat e‘tibori bilan tranzit hisobvaraqlardir. Barcha tranzaksiyalar off-line rejimida karta-terminal yoki bo'lmasa mijoz kartasi-sotuvchi kartasi o'zaro muloqoti jarayonida amalga oshiriladi.
Bunday tizim deyarli to'liq xavfsiz bo'lib, bunga mikroprotsessorli kristallning yuqori darajadagi himoyalanganligi va hisob-kitoblar sxemasining to'liq debetlashgani tufayli erishiladi. Bundan tashqari, mikroprotsessorli karta oddiysidan qimmatroq bo'lsada, to'lov tizimi ishlatishda arzonroqqa tushadi, chunki off-line rejimida telekommunikatsiyalarga yuklanish bo'lmaydi.
Ishonchli ishlashi uchun elektron to'lov tizimi ishonchli himoyalangan bo'lishi kerak. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan olib qaralsa, elektron to'lovlar tizimida quyidagi zaif o'rinlar mavjud:

  • bank, mijoz va banklar o'rtasida to'lov va boshqa xabarlarning qayta yuborilishi;

  • axborot ishlovining xabarlarni jo'natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlar o'rtasida olib borilishi;

  • mijozlarning hisobvaraqlarda akkumulyatsiya qilingan mablag'larga kirish imkoniyatining mavjudligi.

Elektron to'lovlar tizimidagi eng zaif o'rinlaridan biri bu to'lov va boshqa xabarlarning banklar o'rtasida, bank va bankomat o'rtasida, bank va mijoz o'rta-sida qayta jo'natilishidadir. To'lov va boshqa xabarlarning qayta jo'natilishi quyidagi o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq:

  • jo'natuvchi va qabul qiluvchi tashkilotlarning ichki tizimi elektron hujjatlarni jo'natish va qabul qilishga moslashtirilgan bo'lishi hamda ularga tashkilot ichida ishlov berishda ularning zarur himoyasi ta‘minlangan bo'lishi kerak;

  • elektron hujjat jo'natuvchisi va qabul qiluvchisining o'zaro aloqasi bevosita emas, balki aloqa kanali orqali amalga oshiriladi.

Bu o'ziga xos xususiyatlar esa, o'z navbatida, quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi:

  • abonentlarning o'zaro aniqlab olinishi;

  • aloqa kanallari orqali uzatilayotgan elektron hujjatlar himoyasi;

  • elektron hujjatlarni o'zaro almashinish jarayonining himoyasi;

  • hujjat ijrosining ta‘minlanishi.

Elektron to'lovlar tizimining alohida uzellarida axborot himoyasi bilan bog'liq vazifalarning bajarilishi ta‘minlanishi uchun, quyidagi himoya mexanizmlari ishga tushirilishi lozim:

  • chegaraviy tizimlarda kirishning boshqarilishi;

  • xabar butligining nazorati;

  • xabar mahfiyligining ta‘minlanishi;

  • abonentlarning o'zaro autentifikatsiyasi;

  • xabar muallifligidan tonish imkoniyatining yo'qligi;

  • xabar etkazilishining kafolatlanganligi;

  • xabar bo'yicha choralar ko'rishdan tonish imkoniyatining yo'qligi;

  • xabarlar ketma-ketligining qayd etilishi;

  • xabarlar ketma-ketligining butligi nazorat qilinishi.

Yuqorida sanab o'tilgan muammolarni hal etish sifati avvalam bor himoya mexanizmlarini ishga tushirishda kriptografiya vositalarining ratsional tanlanishi bilan belgilanadi.
Foydalanuvchini identifikatsiya qila oladigan hamda ma‘lum bir hisob ma‘lumotlarini saqlay oladigan qandaydir bir axborot tashuvchisi qo'llangandagina POS-terminallar va bankomatlardan foydalanish imkoni bo'ladi. Mana shunday axborot tashuvchisi vazifasini plastik kartalari bajaradi.
Plastik karta standart o'lchamlar (85,6x53,9x0,76 mm)dagi plastina bo'lib, mexanik va termik ta‘sirlarga chidamli bo'lgan maxsus plastmassadan tayyorlanadi. Plastik kartaning asosiy vazifalaridan biri - undan foydalanayotgan shaxsni to'lov tizimining subyekti sifatida identifikatsiya qilish. Buning uchun plastik kartaga bank- emitent hamda bu kartaga xizmat ko'rsatayotgan to'lov tizimining logotiplari, karta egasining ismi, hisobvaraq raqami, kartaning amal qilish muddati va h.q. tushirilgan bo'ladi. Bundan tashqari, kartada egasining fotosurati va imzosi ham bo'lishi mumkin. Аlifboli-raqamli ma‘lumotlar - ism, hisobvaraq raqami va boshqalar embossiyalangan bo'lishi, ya‘ni bo'rtiq shrift bilan yozilishi mumkin. Bu to'lov uchun qabul qilinayotgan kartalarga qo'lda ishlov berishda maxsus qurilma - imprinter yordamida ma’lumotlarni tezda chekka o'tkazish imkonini beradi.
Amal qilish tamoiliga ko'ra passiv va aktiv plastik kartalari farqlanadi. Passiv plastik kartalari axborotlarni u yoki bu tashuvchida saqlaydi xolos, ularga magnit yo'lkali plastik kartalari mansubdir.
Magnit yo'lkali plastik kartalar bugungi kunda kartalarning eng keng tarqalgan turi bo'lib, bunday kartalarning ikki milliarddan ortig'i muomalada yuribdi. Magnit yo'lka kartaning orqa tomonida joylashgan hamda ISO 7811 standartiga muvofiq uchta yo'ldan iborat. Ularning dastlabki ikkitasi identifikatsiya ma‘lumotlarini saqlashga mo'ljallangan, uchinchi yo'lga esa turli axborot (masalan, debet kartasi limitining joriy qiymati) ni yozish mumkin. Biroq ko'p martalab qaytariladigan yozish va o'qib olish jarayonlarining ishonchliligi nisbatan past bo'lgani tufayli, uchinchi yo'lga yozish odatda amalda qo'llanilmaydi va bunday kartalar faqat o'qib olish rejimida qo'llanadi.
Magnit yo'lkali kartalar buzg'unchilar uchun nisbatan zaifdirlar. Masalan, 1992 yilda AQSHda magnit yo'lkali kredit kartalari ustida olib borilgan hiyla-nayranglar tufayli kelgan umumiy zarar miqdori (bankomatlardagi yo'qotishlardan tashqari) bir milliard dollardan oshib ketdi. SHunga qaramay, mavjud to'lov tizimlarining, jumladan Visa va MasterCard/Europay kabi kartali biznes sohasining etakchilari bo'lgan kompaniyalarning rivojlangan infratizimi bunday kartalarning bugungi kunda faol qo'llanishiga sabab bo'lmoqda.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling