O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet203/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Magnit yo'lkani kodlash odatda kartani embossirlaydigan uskunada amalga oshiriladi. Bunda karta raqami hamda uning amal qilish muddati haqidagi axborot magnit yo'lkada ham, relefli bosma yozuvda ham bir xil bo'ladi. Biroq shunday hollar ham bo'ladiki, dastlabki kodlashdan keyin axborotlarni ko'shimcha ravishda magnit yo'lkaga ham tushirish talab qilinadi. Bunday hollarda «o'qish-yozish» vazifasini bajaradigan maxsus qurilmalar qo'llanadi. Bu, xususan, kartadan foydalanish uchun PIN-kod maxsus dastur yordamida shakllantirilmay, mijoz tomonidan o'z ixtiyoriga ko'ra tanlab olinganida sodir bo'ladi.
Mikrosxemani dasturlash alohida texnologik usullarni talab qilmaydi, biroq ayrim o'ziga xos tashkiliy xususiyatlarga ega. Jumladan, xavfsizlikni oshirish va ehtimoliy suiste‘mol qilishlarning oldini olish uchun mikrosxemaning turli sohalarini dasturlash bo'yicha operatsiyalar hududlar bo'yicha taqsimlab chiqilgan hamda ushbu jarayonda ishtirok etayotgan turli xodimlarning huquqlariga qarab chegaralangan.
Odatda bu amallar uch bosqichga bo'linadi:

  • birinchi ish joyida karta aktivatsiyasi;

  • ikkinchi ish joyida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalar bajariladi;

  • uchinchi ish joyida kartani shaxslantirish amalga oshiriladi.

An’anaga ko'ra mualliflashtirish jarayoni «qo'lda» bajariladi (bunda sotuvchi yoki kassir so'rovnomani operatorga telefon orqali uzatadi - ovozli mualliflashtirish) yoki avtomatik bajariladi (bunda karta POS-terminalga joylanadi, ma’lumotlar kartadan o'qib olinadi, kassir to'lov summasini kiritadi, karta egasi esa maxsus klaviaturada PIN-kodni kiritadi). Shundan so'ng terminal to'lov tizimining ma’lumotlar bazasi bilan aloqa o'rnatib (on-line rejim), yoki bo'lmasa kartaning o'zi bilan qo'shimcha ma’lumotlar almashinuvini ishga solib (off-line mualliflashtirish) mualliflashtirishni amalga oshiradi.
Naqd pullar berilganda ham jarayon aynan shunday kechadi, farq faqat shundaki, avtomatik rejimda pullar maxsus qurilma - bankomat tomonidan beriladi va bankomatning o'zi mualliflashtirishni ham amalga oshiradi. Kartalarni soxtalashtirishdan va ulardan keyinchalik ruxsat etilmagan foydalanishlardan saqlash uchun turli usul va yo'llar qo'llanadi. Masalan, kartalarni shaxslashtirish uchun ularning plastik asosiga karta egasining oq-qora yoki rangli surati termobosma usuli bilan tushiriladi. Har qanday kartada hamma vaqt karta egasining imzo namunasi tushirilgan maxsus yo'l bo'ladi. Kartani himoya qilish uchun turli to'lov hamjamiyatlari uning yuz va orqa tomonida maxsus xajmli tasvirlarni qo'llaydilar.
Nazorat savollari

  1. Axborot xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarining dolzarbligi va muhimligiga nimalar sabab bo'lmoqda?

  3. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning asosiy turlarini keltiring.

  4. Kriptotizimlarning nechta sinfi mavjud va qaysilar?

  5. O'z DSt shifrlash algoritmi haqida nimalarni bilasiz?

  6. Nosimmetrik kriptotizimlarning o'ziga xos xususiyatlarini keltiring.

  7. Bir yo'nalishli funktsiyalar qaerda qo'llaniladi?

  8. RSA algoritmida ochiq kaliti qanday shartlar bajariladigan qilib tanlanadi?

  9. Qaysi kriptotizimlar tezkor: simmetrik yoki nosimmetrik?

  10. Brandmauer va firewall atamalarini tushuntiring.

  11. Elektron pochtaning oddiy uzatish bayonnomasi qanday ataladi?

  12. Fayllarni uzatish bayonnomasi qanday ataladi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

  1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2018 yil.40- bet.

  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoуevning "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4273 sonli Qarori 09.04.2019 y.

  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi № PQ-4306 sonli Qarori 03.05.2019 y.

  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi. //Xalq so'zi, 2018 yil 28 dekabr.

  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —Axborot texnologiyalari va kommunikattsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Farmoni 2018 yil 19 fevral.

  6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ- 3-5024 sonli Qarori 2017 yil 15 avgust.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida» gi PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so'zi 2017 yil 8 fevral.

  8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob'ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib- taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni N PF-4933 sonli 2017 yil 17 yanvar.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan kitobi. -T.: O'zbekiston, 16 yanvar 2017 yil.

  10. —Elektron hukumat to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 2015 yil 9 dekabr. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2015y., 49-son, 611-modda. 3-15 b.

  11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to'g'risidagi PQ-2699 sonli Qarori 2016 yil 27 dekabr.

  12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —O'zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida»gi PF-4483 sonli Farmoni 2012 yil 13 noyabr.

  13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining —Zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1730-sonli Qarori 2012 yil 21 mart.

  14. Dadabayeva R, Nasridinova Sh, Shoaxmedova N, Ibragimova L, Ermatov Sh. O'quv qo'llanma. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari. —Sano- standart” nashriyoti. 2017 yil. -552 bet.

  15. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O'quv qo'llanma. Kenjabayev A.T., Ikramov M.M., Allanazarov A.Sh..O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2017.- 408 b.

  16. P.A^aga6aeea, И.Е.Жуковская, Д.П.Хашимова, Е.Ф.1 huiuneniТ.Е. Нишонхyжаeв. Информационно-коммуникационные'

mexHOioruu и системы. Упсч^нос' пособие'. - Т.: ЛЕССОН ПРЕСС, 2018. - 410 стр.

  1. Axborot xavfsizligi. Darslik. Ganiyev S.K., Karimov M.M., Tashev K.A. - T.: —Fan va texnologiya”, 2017. - 372 b.

  2. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi davlat portali

  3. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

  4. www.ziyonet.uz - O'zbekiston Respublikasi ta'lim portali.

Dadabayeva Ra‘no Akramovna,
Shoaxmedova Nozima Xayrullayevna,
Ibragimova Luiza Turgunovna,
Nasridinova Shohida Taufikovna,
Ermatov Shuhrat Teshaboyevich

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling