O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Visa va MasterCard/Europay


Download 6.49 Mb.
bet202/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Visa va MasterCard/Europay kompaniyalari, o'z kartalarining himoyalangan- ligini oshirish maqsadida, qo'shimcha grafik himoya vositalaridan foydalanadi: bular gologrammalar va embossiyalash uchun nostandart shriftlar.
Bunday kartalardan foydalanadigan to'lov tizimlari savdo nuqtalarida on-line mualliflashtirishni talab qiladi. Buning natijasi o'laroq tarmoqlangan, yuqori sifatli kommunikatsiya vositalari ham talab qilinadi. Shuning uchun ham bunday to'lov tizimlarining qo'llanishi aloqa tizimi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda ancha cheklangan.
Aktiv plastik kartalarining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular ichiga qurib o'rnatilgan elektron mikrosxemaga ega. Elektron mikrosxemali plastik kartalarining ishlash tamoyili 1974-yilda fransiyalik Rolan Moreno tomonidan patentlangan. ISO 7816 standarti integral mikrosxemalarda ishlaydigan kartalar yoki chipli kartalarga qo'yiladigan asosiy talablarni belgilab beradi. Yaqin kelajakda mikrosxemali kartalar magnit yo'lkali kartalarni siqib chiqaradi. Shuning uchun mikrosxemali kartalarning asosiy turlariga batafsilroq to'xtab o'tamiz.
Mikrosxemali kartalarni bir necha belgilariga ko'ra tasniflash mumkin.
Birinchi belgi - kartaning bajaradigan vazifalariga ko'ra imkoniyatlari.
Bu o'rinda kartalarning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

  • karta-hisoblagichlar;

  • xotirali karta;

  • mikroprotsessorli kartalar.

Ikkinchi belgi - o'qib olish qurilmasi bilan o'zaro almashinish turi:

  • kontaktli o'qib olish kartalari;

  • induktsiyali o'qib olish kartalari.

U yoki bu to'lov amali karta egasi hisobvarag'idagi qoldiqning ma‘lum bir qayd etilgan summaga kamayishini talab qilgan hollarda odatda karta-hisoblagichlar qo'llanadi. Bunday kartalar avvaldan to'lovlar amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan ilovalarda qo'llanadi. Hisoblagichli kartalarning qo'llanish doirasi ham, istiqboli ham cheklanganligi o'z-o'zidan ko'rinib turibdi.
Xotirali kartalar hisoblagichli kartalar va protsessorli kartalar o'rtasida o'tish vazifasini o'taydi. Xotirali karta bu mohiyat e’tibori bilan qayta yozib olinadigan hisoblagichli karta bo'lib, unda buzg'unchilar hujumlaridan himoyalanganlikni oshiradigan choralar ko'rilgan. Hozirda mavjud bo'lgan eng oddiy xotirali kartalarda xotira hajmi 32 baytdan 16 kilobaytgacha etadi.
Xotirali kartalarni ikki turga - himoyalanmagan va himoyalangan xotirali kartalarga ajratish mumkin. Kartalarning birinchi turida ma‘lumotlarni o'qish va yozish uchun hech qanday cheklanishlar bo'lmaydi. Ularni to'lov kartalari sifatida qo'llash mumkin emas, chunki o'rtacha malakali mutaxassis ham ularni osongina «buzib» kirishi mumkin.
Kartalarning ikkinchi turi identifikatsiya ma‘lumotlari sohasiga hamda bitta yoki ikkita amaliy sohalarga ega. Kartalarning identifikatsiya sohasi shaxslashtirishda faqat bir martalik yozuvga yo'l qo'yadi va keyinchalik faqat o'qib olish imkonini beradi. Amaliy sohalarga kirish esa faqat ma’lum bir amallar bajarilganlik sharti bilan, jumladan mahfiy PIN-kod kiritilishi bilan yo'l qo'yiladi va amalga oshiriladi.
Xotirali kartalarning himoya darajasi, magnit kartalarnikiga qaraganda, yuqoriroq bo'lib, ular nayranglar bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy xatarlar uncha yuqori bo'lmagan amaliy tizimlarda qo'llanishi mumkin. Xotirali kartalar to'lov vositasi sifatida ommaviy qo'llanishdagi taksofonlarda, transportda yurishda, lokal to'lov tizimlarida qo'llanishi mumkin. Xotirali kartalar shuningdek xonalarga kiritish tizimlarida, kompyuter tarmoqlari zahiralariga kirish tizimlarida ham qo'llanadi. Xotirali kartalar, mikroprotsessorli kartalarga qaraganda, arzonroq.
Mikroprotsessorli kartalar shuningdek intellektual kartalar yoki smart- kartalar deb ataladi. Ular mohiyatan mikrokompyuterlar bo'lib, barcha tegishli asosiy apparat tarkibiy qismlariga ega, bular: markaziy protsessor (MP), tezkor xotira qurilma (TXQ), doimiy xotira qo'rilma (DXQ) va elektr vositasida o'chiriladigan dasturlanuvchi DXQ (EO'DDXQ).
Hozirgi smart-kartalarga quyidagilar o'rnatilmoqda:

  • 5 Mgts matniy chastotaga ega bo'lgan mikroprotsessorlar;

  • sig'imi 256 baytgacha bo'lgan TXQ;

  • sig'imi 10 Kbaytgacha bo'lgan DXQ;

  • sig'imi 8 Kbaytgacha bo'lgan elektr ta‘minotidan mustaqil XQ.

DXQda COS (Card Operation Systems) kartasining operatsiya tizimi deb nomlanuvchi maхsus dasturlar to'plami yozib qo'yilgan. Оperatsiya tizimi EO'DDXQda joylashtirilgan hamda ma’lumotlarga kirishning boshqarilishini ta’minlab turadigan fayl tizimini qo'llab turadi. EO'DDXQning sig'imi odatda 1...8 Kbayt diapazonga ega, lekin 64 Kbayt diapazoniga ham etishi mumkin. Bunda ma‘lumotlarning bir qismiga kartaning faqat ichki dasturlaridan kirish mumkin.
Smart-kartalar ko'p vazifalarni bajaradi:

  • ichki zahiralarga kirish vakolatlarini chegaralash;

  • turli algoritmlarni qo'llab ma’lumotlarni shifrlash;

  • elektron raqamli imzoni shakllantirish;

  • kalitli tizimni yuritish;

  • karta egasi, bank va sotuvchining o'zaro aloqalari bilan bog'liq barcha amallarni bajarish.

Ayrim kartalar ruxsat etilmagan kirishga xarakatlar sodir qilinayotganda, «o'z- o'zini blokirovka qilish» rejimini qo'llaydi. Smart-kartalar mijoz identifikatsiyasini ancha soddalashtirish imkoniga ega. PIN-kodni tekshirish uchun kartada mikroprotsessor tomonidan ishlatiladigan algoritm qo'llanadi. Bu esa real vaqt rejimida va PIN-kodni markazlashgan holda tekshirishda POS-terminal va bankomat ishidan voz kechish imkonini beradi. Smart-kartaning yuqorida ta’kidlab o'tilgan o'ziga xos xususiyatlari uni yuqori darajada himoyalangan to'lov asbobiga aylantiradiki, bu uni axborot xavfsizligi oldiga yuqori talablar qo'yadigan moliyaviy ilovalarda ham qo'llash imkonini beradi. Aynan shuning uchun ham mikroprotsessorli smart-kartalar hozirgi paytda plastik kartalarning istiqbolli turi sifatida olib qaralmoqda.
O'qib olish qurilmasi bilan o'zaro aloqa qilish tamoyiliga ko'ra kartalarning ikki xil turi farqlanadi:
-kontaktli o'qib olish kartalari;
-kontaktsiz o'qib olish kartalari.
Kontaktli o'qib olish kartasi yuzida 8...10 kontakt plastinalari mavjud. Kontaktli plastinalarning joylashuvi, ularning soni va chiqishlarning vazifasi
turli ishlab chiqaruvchilarda turlicha bo'lib, tabiiyki, bu turdagi kartalar uchun o'qib olgichlar ham o'zaro farqlanadi.
So'nggi yillarda kontaktsiz o'qib olish kartalari keng qo'llana boshladi. Ularda karta va o'qib oluvchi qo'rilma o'rtasidagi ma‘lumot almashinuvi induktsiya usulida amalga oshiriladi. Bunday kartalar ishonchliroq va pishiqroq ekani o'z-o'zidan ayon.
Kartalarning shaxslantirilishi va mualliflashtirilishi plastik kartalarni ishga tayyorlash va qo'llashning muhim bosqichini tashkil qiladi.
Karta mijozga topshirilayotganda uning shaylantirilishi amalga oshiriladi. Bunda kartaga uning o'zini va egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, shuningdek kartani to'lov uchun qabul qilishda yoki naqd pul berishda uning to'lovga layoqatliligini tekshirish imkonini beradigan ma‘lumotlar kiritiladi.
Mualliflashtirish deganda karta bo'yicha savdo-sotiqni tasdiqlash yoki naqd pul berish jarayoni tushuniladi. Mualliflashtirishni o'tkazish uchun xizmat ko'rsatish 406
nuqtasi to'lov tizimiga karta egasining vakolatlari va moliyaviy imkoniyatlari to'g'risida so'rovnoma yuboradi. Mualliflashtirish texnologiyasi karta turi, tizimning to'lov sхеmasi va хizmat ko'rsatish nuqtasining tехnik jihozlanganligiga bog'liq.
Tariхan shunday qabul qilinganki, kartalarni shaхslashtirishning dastlabki usuli ularni embossirlanishi bo'lib kelgan.
Embossirlash deb kartaning plastik asosida ma’lumotlarni relefli bosib tushirish jarayoniga aytiladi.
Bank-emitentlar kartalarida odatda quyidagi ma‘lumotlar bosib tushiriladi: karta raqami; karta amal qilish muddatining boshi va oxiri; karta egasining ismi va familiyasi.
Kartalarni shaxslantirishga shuningdek magnit yo'lkani kodlash yoki mikrosxemani dasturlash ham kiradi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling