O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet200/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Elektron to'lov tizimi deb ushbu tizim doirasida to'lov vositasi sifatida bank plastik kartalarining qo'llanishini ta‘minlaydigan usullar va bu usullarni ishga soluvchi subyektlar majmuiga aytiladi.
Plastik karta bu jonlantirilgan to'lov asbobi bo'lib, ushbu karta foydalanuvchisiga tovarlar va xizmatlarga naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish, shuningdek bank avtomatlaridan va bank bo'limlarida naqd pul olish imkonini beradi. Kartani to'lov asbobi sifatida qabul qilayotgan savdo va xizmat ko'rsatish (servis) korxonalari hamda bank bo'limlari kartalarga xizmat ko'rsatish nuqtalarining qabul qilish tarmog'ini hosil qiladi.
To'lov tizimini yaratishda hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri to'lov tizimiga kirgan emitentlar tomonidan chiqarilgan kartalarga xizmat ko'rsatish, shuningdek o'zaro hisob-kitoblar va to'lovlarni olib borishning umumiy qoidalarini ishlab chiqish va ularga rioya etishdan iborat. Bu qoidalar kartalar ustida olib boriladigan ma‘lumotlar standartlari, mualliflashtirish, foydalanilayotgan asbob- uskunalarning ixtisoslashtirilishi va shu kabi boshqa sof texnik sohadagi amallarni ham, shuningdek banklar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar olib borish qoidalari, qabul tarmog'i tarkibiga kiruvchi savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari bilan hisob- kitoblar olib borish va shu kabi boshqa moliyaviy jihatlarni ham o'z ichiga oladi.
Tashkiliy jihatdan to'lov tizimining yadrosi bu shartnomaviy majburiyatlar bilan birlashtirilgan banklar assotsiatsiyasidir. Bundan tashqari, elektron to'lov tizimi tarkibiga xizmat ko'rsatish tizimini hosil qiluvchi savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari kiradi. To'lov tizimi muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi uchun, kartalarga xizmat ko'rsatishda texnik yordamni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar ham zarurdir.
To'lov tizimi bilan bitim tuzgan va tegishli litsenziyaga ega bo'lgan bank ikki hil sifatda - bank-emitent va bank-ekvayer sifatlarida namoyon bo'lishi mumkin.
Bank-emitent plastik kartalarni chiqaradi hamda ushbu kartalardan to'lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi. Bank-ekvayer kartalarni to'lov vositasi sifatida to'lovlar uchun qabul qilayotgan savdo va xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko'rsatadi, shuningdek bu to'lov vositalarini, ya‘ni kartalarni o'z bo'limlarida hamda o'ziga tegishli bo'lgan bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish uchun qabul qiladi. Bank-ekvayerning asosiy vazifalari xizmat ko'rsatish nuqtalari bilan hisob-kitoblar olib borish bilan bog'liq moliyaviy amallarni bajarishdan iborat. Bank-ekvayerning texnik masalalar bilan bog'liq faoliyatini bajarish ekvayer tomonidan protsessing markazlariga topshirilishi mumkin.
Karta yordamida to'lovlarni qabul qilishning avtomatlashtirilmagan amallari nisbatan oson. To'lov paytida korxona mijozga tegishli plastik karta rekvizitlarini nusxa ko'chiruvchi imprinter mashinasi yordamida maxsus chekka o'tkazib olishi, chekda sotib olingan tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar summasini qayd etishi hamda mijoz imzosini olishi kerak. Bunday usul bilan rasmiylashtirilgan chek slip deb ataladi.
To'lov tizimi amallarining xavfsizligini ta‘minlash maqsadida hisob-kitoblarni mualliflashtirmay turib olib borish mumkin bo'lgan hududlar va biznes turlari uchun belgilangan summalar limitidan oshib ketmaslik tavsiya qilinadi. Summa limiti oshib ketgan yoki mijoz shaxsi shubha tug'dirgan hollarda korxona mualliflashtirish amallarini bajarishi kerak. Mualliflashtirish paytida korxona mijoz hisob raqamining holati haqidagi axborotlarga kirish imkoniga ega bo'ladi hamda kartaning aynan mijozga tegishliligi va uning kelishilgan summa miqdorida to'lovga layoqatligigini aniqlab oladi. Slipning bitta nuxasi korxonada qoladi, ikkinchisi mijozga topshiriladi, uchinchisi bank-ekvayerga etkaziladi hamda to'lov summasining korxonaga mijoz hisob raqamidan to'lab berilishi uchun asos vazifasini o'taydi.
So'nggi yillarda avtomatlashtirilgan savdo POS-terminallar (Point-Of-Sale - savdo nuqtasida to'lov) va bankomatlar keng ommaviylashib bormoqda. POS- terminallardan foydalanishda sliplarni to'ldirishga ehtiyoj qolmaydi.. Plastik karta rekvizitlari uning magnit yo'lkasidan POS-terminalga o'rnatilgan o'qib
olgichda o'qib olinadi. Mijoz terminalga o'zining faqat o'ziga ma‘lum bo'lgan PIN- kodi (Personal Identification Number - shaxsiy identifikatsiya raqami) ni kiritadi. PIN-kod elementlari magnit yo'lkasidagi yozuvni shifrlashning umumiy algoritmiga qo'shiladi hamda karta egasining elektron imzosi bo'lib xizmat qiladi. POS-terminal klaviaturasida kelishuv summasi teriladi.
Agar kelishuv bank bo'limida amalga oshirilayotgan bo'lsa hamda bu kelishuv jarayonida mijozga naqd pul berish amali bajarilayotgan bo'lsa, bu hollarda POS- terimnaldan tashqari yana elektron kassir-bankomatdan foydalanish mumkin. O'z tuzilishiga ko'ra u qurilma POS-terminalga ega bo'lgan avtomatlashtirilgan seyfdir.
Terminal qurilma modem orqali tegishli to'lov tizimiga mualliflashtirish uchun murojaat qiladi. Bunda pressing markazi quvvatidan foydalaniladi. Uning xizmatlari esa, yuqorida aytib o'tilganidek, savdogarga bank-ekvayer tomonidan taqdim etiladi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling