O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Fayl va papkalarni qidirish


Download 6.49 Mb.
bet56/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Fayl va papkalarni qidirish
Fayl va papkalarni qidirish uchun

  1. Start menyusida Qidiruv tugmasini bosing.

  2. “Barcha fayl va papkalar” funksiyasini tanlang.

  3. Qidirilishi kerak bo'lgan fayl yoki papkaning nomini kiriting.

  4. Qaysi joyda yani qaysi papkalarda qidiruv o'tkazilishi kerakligini ko'rsating.



5.24-rasm. Qidiruv (Search) funksiyasi
Natijalar o'ng tomondagi oynada paydo bo'ladi. Siz shuningdek Qidiruv funksiyasini Ctrl + E tugmalarini birgalikda bosgan holda ishlatishingiz mumkin.
Fayl yoki papkani o'chirish
Fayl yoki papkani o'chirish uchun,

  1. Fayl yoki papkani tanlang.

  2. O'chirish (Delete) tugmasini bosing.

Windows sistemasi fayl yoki papkani o'chirishdan oldin yana bir bor tasdiqni so'raydi. Faylni o'chirmoqchi bo'lsangiz Ha, aks holda esa Yo'q tugmasini bosing. 5.25-rasmda ko'rsatilganidek.

5.25-rasm. Fayl yoki Papkani o'chirish

Bundan tashqari, siz fayl ustida o'ng tugmani bosib O'chirish funksiyasini tanlashingiz ham mumkin.
O'chirilgan fayllar Savatcha (Karzinka) da qoladi. Agar siz boshqa faylni o'chirib yuborsangiz Savatchadan uni yana tiklab olishingiz mumkin. Agar faylni butunlay o'chirmoqchi bo'lsangiz, Savatchani belgilab o'ng tugmani bosganda paydo bo'lgan “Savatchani bo'shatish” funksiyasini tanlasangiz bas.
“Savatchani bo'shatish” funksiyasini tanlaganingizda quyidagi hosil bo'ladi (5.26-rasmga qarang).

5.26-rasm. Savatchani bo'shatishni tasdiqlash oynasi

Korzinani boshqarish


O'chirilgan fayllar savatchaga tushadi. Bu sizning kompyuteringizda o'chirilgan narsalar to'planadikan papkadir. Fayl o'chirilganda u butunlay yo'q bo'lib ketmaydi. Sistemadan yuvilib ketish o'rniga savatchaga tushadi. Agar o'chirilgan faylni ortga qaytarishni istasangiz, savatchadan to'g'ri faylning asl joyiga qaytarish mumkin33.
Savatcha ko'pi bilan hard diskning 10 foiz joyini oladi xolos. Vaqti vaqti bilan siz uni olayotgan joyini ichidagi fayllarni o'chirgan holda kamaytirib turishingiz mumkin. Agar fayl hattoki savatchadan ham o'chirib tashlansa u butunlay sistemadan yuvilib ketgan hisoblanadi. Savatchadagi barcha fayllar birdaniga quyidagi yo' bilan o'chirib tashlanishi mmumkin:

  1. Ishchi oynasida joylashgan savatchaga o'ng tugma bosiladi.

  2. Chiqqan menyudan Savatchani boshatish funsiyasi tanlanadi.

  3. Tasdiqlash oynasi paydo bo'ladi. Ha savatchadagi barcha fayllar o'chiriladi, yo'q harakat bekor qilinadi.


5.27-rasm. O'chirishni tasdiqlash oynasi


Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling