O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


O'chirilgan fayllarni tiklash


Download 6.49 Mb.
bet57/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

O'chirilgan fayllarni tiklash
Aytilganidek, fayl o'chirilganidan kiyin savatchaga tushadi. Lekin ular quyidagicha o'zining avvalgi joyiga tiklanishi mumkin:

5.28-rasm. Savatchadan fayllarni qayta tiklash



  1. Savatchani ustiga ikki marta bosgan holda oching.

  2. Avvalgi joyiga tiklamoqchi bo'lgan faylingizni tanlang.

  3. Uning ustiga o'ng tugmani bosgan holda, paydo bo'lgan menyudan Tiklasni tanlang.

Eslatma: Agar fayl tezkor buyruq yoki floopy diskdan o'chirilgan bo'lsa (A: yoki B: disk),u Korzinaga borib tushmaydi.
Yorliqlarni yaratish
Fayl yoki papkalarni yaratganingizdan so'ng ularning yorliqlarini boshqa manzilga joylashtirishingiz mumkin. Yorliq bu fayl yoki papkaga bog'lanib turuvchi belgidir. Ushbu belgiga ikki marta bosilganda original papka yoki fayl ochiladi.
Yorliqni yaratish uchun:

  1. Oynada siz yorliq yaratmoqchi bo'lgan fayl yoki papkani tanlang. Quyida biz E:\tc papkada joylashgan TC.EXE faylini tanladik (5.29-rasmga qarang).


5.29-rasm. Yorliqlar yaratish

  1. Faylni sichqonchaning o'ng tugmasi bilan bosib turgan holda xohlagan manzilimizgacha tortamiz. Bizning misolimizda biz yorliqni ishchi oynasiga joylashtirmoqchimiz. Shu sababli tanlagan faylimizni sichqonchaning o'ng tugmasi bilan ushlab ishchi oynasigacha tortamiz.

  2. Sichqonchani qo'yvorganimizdan kiyin menyu oynasi paydo bo'ladi.

  3. “Yorliqni shu yerda yaratish” tanlanadi.

Eslatma: Biz ish stolida paydo bo'lgan yorliqni shuningdek ba'zi bir
boshqa joylarga ham nusxalashimiz yoki ko'chirishimiz mumkin.
Diskni formatlash
Diskni formatlash uchun quyidagilarni bajaramiz:

  1. “Менинг компьютерим” ni ochganingizda oyna paydo bo' ladi.

  2. Disk belgisini tanlang.

  3. Belgi ustiga o'ng tugmani bosing. Kichik menyular oynasi paydo bo'ladi 5.30- rasmda ko'rsatilgan


5.30-rasm. Diskni formatlash jarayoni


  1. —Formatlash” funksiyasini tanlang. Quyidagi oyna paydo bo'ladi 5.31-rasmda ko'rsatilgan.


5.31-rasm. Formatlash oynasi



  1. O'z formatlash talablaringizni kiriting.

  2. Formatlashni boshlash uchun “Boshlash” tugmasini bosing.

Floppi diskni formatlaganingizdan so'ng oyna hosil bo'ladi. OK tugmasini bosing va formatlashni yakunlang.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling