O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 179.3 Kb.
bet9/16
Sana31.01.2024
Hajmi179.3 Kb.
#1832786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi

9-topshiriq. Ko‘chiring. Kirish so‘zlarni toping. Ular qaysi uslubda ko‘proq qo‘llanishini ayting?
1. Modomiki, siz halokatdan gap ochibsiz, yuqoridagi mulohazalarimiz uchun e’tirozga o‘rin qolmaydi. 2. Demak, yashash ma’nosining zamirida xalq xizmatini qilish, Vatanni sharaflash burchi ham bor. 3. Ajabo, armonga yo‘l qo‘ymaslik mumkin bo‘lgan holda bu azobni, bu gumrohlikni nechun o‘zingizga ravo ko‘rdingiz. 4. Tavba, shunchalik bag‘ritosh, bemehr, bemuruvvat bola bo‘ladimi! 5. Ha, darvoqe, uni gazetaga yozmoqchi ham bo‘ldik avval, lekin satqai gazeta ketsin senga, deb yozmadik. 6. Hayotning eng og‘ir, eng shafqatsiz kunlarida ham yiqilmadi, aksincha, qaddini tik tutib, o‘zini mehnatga urdi. 7. Qisqasi, yaxshi onaning peshonasida ne baxt bo‘lsa, hammasi Saodat buvida mo‘l-ko‘l. 8. Bu so‘zdan hamma qarilar aqlli-yu, hamma yoshlar nodon ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak! Aslo! Yoshlar orasida ham aql-hushi joyida, ziyrak, tadbirkorlari ko‘p. 9. Xo‘p, bugungi gapim tamom qizim. 10. Aksincha, dami ichiga tushib ketgan odamday churq etmay, hatto, nafas ham olmayotganday o‘tirib qolar edi.
Talabalar bilishlari zarur:
Gap. Gapning asosiy belgilari Gap axborot, xabar, so‘roq, buyruq va his-tuyg‘uni ifodalash uchun xizmat qiladigan sintaktik birlikdir.Tilning ifoda vositalarini (so‘z, so‘z birikmasi va gap) o‘zaro qiyoslash, gapning asosiy belgilaridan biri tugallangan fikr ifodasini bildirishini uqib oladilar va xulosalaydilar.«Gap grammatik, intonasion va fikriy jihatdan bir butunlikka, nisbiy tugallikka ega bo‘ladi»24.
1. Gap tugallangan ohang ifodalashi haqidagi bilimni mustahkamlashda quyidagi matndan foydalansa bo‘ladi:
Ro‘zaning hazm qilish sistemasiga ta’siri haqida to‘xtalaylik: hazm qilish tizimining eng og‘ir vazifalaridan biri — jigar faoliyati bilan bog‘liq, bunda jigar o‘n olti xil vazifani ado etadi.. .v.h.
Gaplarni qiroat bilan o‘qing. Ularning chegarasini aniqlang. Zarur tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring… kabi topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali o‘quvchilar narsa va hodisalarni ularning belgilari, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishni tasavvur qiladilar, nisbiy tugallangan fikr nimaligini anglab yetadilar.
2. Gap nisbiy tugallangan fikr ifodalashini asoslash uchun gapning so‘z birikmasidan farqni ko‘rsatib o‘tish foydali.

Download 179.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling