O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
-topshiriq. Pedagogik masalaga munosabat bildiring
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
5-topshiriq. Pedagogik masalaga munosabat bildiring.
1. Maktabni bundan o’n yilcha oldin bitirgan kishi bunday hikoya qiladi: "SHu yil maktabga kelgan rus tili o’qituvchimiz D. darsni yaxshi o’tardi, bizga har kuni nasihat qilardi. Insonning burchi, ahloqiy poklik, yuksak prinsiplar haqida ko’p gapirardi, ko’tarinki rux, balandparvoz so’zlar bilan doim biror tarixiy faktni yoki mashhur kishilarni misol keltirib gapirardi. Ochig’ini aytsam bizlarga uning bu gaplari juda yoqardi. U nasihat qilganda biz qandaydir biror yangilikni bilib olardik. Lekin bir kuni huddi shunday nasixatgo’ylikdan so’ng qarasak, muallimimiz bizga qanday yashashni o’rgatar ekanu, o’zi ichuvchi ekan. Kechqurunlari uning uyida ichkilikbozlik, qimor o’yini ham bo’lib turar ekan. Sinfdoshlarimizdan biri bir kuni qishloqdagi katta to’ydan so’ng o’qituvchimiz mast bo’lib, uygacha yetolmay yo’lda yiqilib qolganini ko’ribdi. SHundan so’ng bu o’qituvchi biz uchun eng obro’siz kishi bo’lib qoldi. U hamon bizga nasihat qilar, lekin uning gaplariga endi hech kim quloq solmas ishonmasdi. Esimda, bir kuni maktab ma’muriyati shu o’qituvchini mukofotladi. Men bilan partada birga o’tirgan bola o’ylanibroq qoldi va "Balki, shunday yashash kerakdir?" dedi. Bu juda xavfli mulohaza edi. 2) Adabiyot darsida o’quvchilardan biri she’rni baland ovoz bilan va ifodali o’qiyotgan edi. Orqa partada o’tirgan ikki o’rtog’i uni mazah qilib, ko’tarinki ruhda she’r o’qishidan kulaboshladilar. O’qituvchi bu ikki o’quvchiga tanbeh berganda, ular she’rni yaxshi ko’rmasliklarini aytdilar. O’qituvchi esa ularga sinfdan chiqib ketishni buyurdi. Pedagog to’g’ri ish qildimi? Ana shunday ta’sirning kamchiligi nimadan iborat? 3) 7- sinf o’quvchisi SHokir o’zbek shoirlari va yozuvchilarining asarlarini ifodali o’qishni juda yoqtiradi, biroq aniq ma’noli, jonli qilib o’qiyolmaydi. O’qituvchi maktabda mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tantanada Ona Vatan, O’zbekiston xalqlarining birodarligi, Mustaqillik oliy qadriyat ekanligini tarannum etuvchi asarlarni o’qishni ikkita yaxshi o’quvchiga taklif etdi. SHokir ularni qatoriga kirganligidan quvonib boshi osmonga yetganday bo’ldi. Bayramda u istiqlolga bag’ishlangan she’rlarni juda shirali oxangda deklamatsiya qildi. SHokir keyinchalik ham bu faoliyatini astoydil davom ettirdi. U keyinchalik mohir pedagog bo’lib yetishdi. SHokirga nisbatan o’qituvchi tomonidan qo’llanilgan pedagogik ta’sir usullarining ahamiyati nimadan iborat? Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling