O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O’QUVCHILARNING BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH


Download 2.48 Mb.
bet297/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

O’QUVCHILARNING BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH
REJA:
  1. Bilim, ko`nikma va malaka tushunchalari mohiyati.


  2. O’quvchilar bilimini tashxis etish — didaktik tushuncha sifatida.


  3. O`quvchilarda o’qish bilishga bo’lgan qiziqishni shakllantirish metodlari.


  4. Reyting tizimida testning o’rni qanday va uning qanday afzalliklari bor



Mashg`ulot maqsadi:

  1. Ta’limiy - Talabalarni o’quv faoliyati motivadiyasi va o’quvchilarda bilimga qiziqtirishni shakllantirish yo’llari haqida bilimga ega qilish.


  2. Tarbiyaviy - Talabalarni o’quvchilar bilan muomala odobiga o’rgatish.


  3. Rivojlantiruvchi - Talabalarni darslarni taxlil etishga va ta’lim metodlarini qo’llashga o’rgatish.




MAShG`ULOTNING BORIShI:

1. Talabalar ma’ruzada o’tilgan mavzuni esga oladilar. Bilim, ko`nikma, malaka kabi didaktik kategoriyalar haqida to’xtab o’tishlari lozim. Bunda Yu. Babanskiyning “Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktablarida o’qitish metodlari”, O. Roziqov. va boshqalarning “ Didaktika”, M.H.Tohtahodjayeva, S.Nishanova, J.Hasanboev v.b. “Pedagogika”, J.Hasanboev v.b. “Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi)” kitoblaridan foydalanish mumkin. Quyidagi tushunchalar o`rganiladi:
1) bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olishidrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati;
4) malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli;
Pedagogik- psixologik adabiyotlarda «motiv» tushunchasi quyidagicha izohlanadi: agar ta’lim-tarbiya jarayonida o’quv ishi talaba uchun biror shaxsiy qimmatga ega bo’lsagina, kishida unga qiziqish uyg`onishi va ta’lim maqsadi shaxsning o’z ehtiyojiga aylanishi mumkin. «Motiv» tushunchasi ehtiyoj, intilish, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi. Motiv ish bajarishga undovchi da’vat ekan muallimlar bolada o’qishga motiv hosil qilishga intilishlari zarur. Bola kasb egallashi uchun, keyingi hayoti uchun bu tushunchani anglashi, motiv hosil qilishning muhim usullaridan biridir.

  1. O’quvchilar bilimini tashxis etish — didaktik tushuncha sifatida.


Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim


Bilimlarni o’z vaqtida nazorat qilish va baholash nima uchun kerak, uning qanday ahamiyati bor, u qanday vazifa bajaradi? degan savol sizni qiziqtirsa kerak.

1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasida bilim, iqtidor va ko’nikmalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqni o’stirish funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o’z bilim, iqtidor va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish ishtiyoqi uyg’onadi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlari shakllantiriladi va eng asosiysi rivojlantiriladi. Rivojlanish faol o’quv orqali, shu jumladan nutq faoliyati orqali amalga oshiriladi.
4. Тahsil funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalar o’z bilimlarini mustahkamlaydilar. O’quv materiali yanada chuqur o’zlashtiriladi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. Nazorat jarayonida talabalarning psixologik ijobiy xislatlari shakllanib boradi.
6.Nazoratni xususan baholash funksiyasi. Nazorat natijasida sifat o’zgarishlarining me’yori aniqlanadi.
Nazorat jarayonida uning yozma, og’zaki va amaliy usullaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda og’zaki so’rash orqali o’zlashtirishni nazorat qilish keng tarqalgan. Bu asosan savol - javoblar orqali olib boriladi. Bunda yakka so’rash, frontal surash kabi turlari qo’llaniladi.
3. Bunda Pedagogika kursi darsligining 128-134, Yu.Babanskiy kitobining 203-212-betlaridan foydalaniladi. Ta’lim jarayoni o’quvchida faol harakat va bilimga ishtiyoq uyg`otsagina samarali ko’chadi. O’quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni 2 ga bo’lish mumkin: o’quvchilarning bilish ishtiyoqini uyg`otuvchi va ta’limda burch va ma’suliyat tuyg`usini shakllantiruvchi. Bolada o’quv faoliyatini,uni mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga munosabatda ijobiy hissiyotni yuzaga keltirish lozim. Darsda qiziqarli vaziyatni yaratish ham ijobiy hissiyot paydo qiladi. Badiiy adabiyotlardan parchalar keltirish, o’qituvchi nutqining badiiy yerkinligi ham hissiy vaziyat yaratadi. Bilishga doir o’yinlar, o’yin-bahslar ham o’qishga qiziqishni uyg`otadi. O’quvchida quvonch hissini yaratish ham havas oshiradi, ayniqsa muvoffaqiyat quvonchini boshdan kechirish. O’quvchilar bilim malakalarini tekshirish, nazorat qilish, baholash ham o’quvchida bilishga qiziqishni oshiradi.
Talaba maktabga borib o’qituvchining darsini kuzatganida uning ta’lim qoidalari, metodlaridan qanday foydalanilganligiga e’tibor berishga harakat qilish lozim. O’qituvchi bolalarni qaysi yo’llar bilan bilimga qiziqtirishni oshirdi, ularda ijobiy hissiyot paydo qila oldimi, shu o’tilayotgan fanning yoki mavzuning o’quvchi hayoti uchun zarurligini asoslab berdimi, o’quvchida shu mavzuni o’rganishga ehtiyoj, intilish paydo bo’ldimi yoki darsda bu narsaga erishilmadimi, siz o’qituvchi o’rnida bo’lsangiz shu mavzuni o’tishda qanday yo’l tutar edingiz, shu fikrlarga munosabat bildiring.
Muammoli ta’lim deganda o`quv materialini o`quvchilar ongida ilmiy izlanishga o`xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo`sinda o`rgatish tushuniladi. O`quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izlanishga va mantiqan to`g`ri ilmiy xulosalar chiqarishni organishga da’vat etadi. Bunda dastlab muammoli-izlanish metodi haqida Pedagogika R. Mavlonova, O.To`rayeva, K.Xoliqberdiyev Darslik. Ikkinchi nashr. 284-295, Pedagogika /A.Munavvarov/ kitobi 97-100, Didaktika kitobi 107-100 betlaridan o’qib o’rganish lozim. Mutaxassislik fanidan ayrim mavzular misolida o’quvchilar oldiga qo’yish mumkin bo’lgan muammolardan namunalar keltirishlari talab etiladi.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling