Ta’limni tashhis etish nima? Uning mohiyati haqida gapirib bering.
Ta’limni baholash yoki tekshirish va tashhis o’rtasidagi farq nimalarda ko’rinadi?
Nazorat va tekshirish tushunchalarini izohlab bering.
Tekshirish tizimi qanday bosqichlardan tashkil topadi?
O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda nimalarga e’tibor berish lozim?
Ta’lim jarayonini nazorat qilish va hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo’yiladigan pedagogik talablar nimalardan iborat?
O’quvchilar faoliyatini hisobga olishning qanday metodlarini bilasiz? Ularning har biri haqida ma’lumot bering.
Reyting tizimi nima? U qanday afzalliklarga ega?
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash mezonlari qahida ma’lumot bering.
“Xalq ta’limi” jurnali 2008 yil, 1-sonidagi Sh.Xudoyberganovning “Bilimlarni o`zlashtirish darajalari haqida” maqolasi, hamda “Xalq ta’limi” jurnali 2008 yil, 1-sonidagi “O`quvchilar bilimini baholashning tezkor usullari” maqolalarini o`rganib, tahlil qiling
Mutaxassisligingizga doir o’quv predmeti bo’yicha yopiq, ochiq, muvofiqlikni aniqlashga va davomiylikni to’g’ri belgilashga doir test topshiriqlaridan namunalar ishlab chiqing.