Tayanch tushunchalari
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya metodlari haqida tushuncha, ularning klassifikatsiyasi. O’z-o’zini tarbiyalash usuli, ijtimoiy ongni shakllantirish usuli, mashq va o’rgatish usuli, rag`batlantirish va jazolash usuli
Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad:
Ta’limiy maqsad: ijtimoiy tarbiyaning maqsad, vazifalari va mazmunini yoritib berish, tarbiya metodlarini mohiyati va turlari to’g`risida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: Tarbiya metodlarini o’rganish orqali bo`lg`usi o`qituvchilarda tarbiyaviy faoliyatda ulardan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirib borish
Rivojlantiruvchi maqsad: metodlarini tarbiya jarayonida to’g`ri tanlab bilishni o’rgatish, o’zlashtirishi past bo’lgan o`quvchilarga alohida topshiriqlar berib, individual yondashishni shakllantirish.
MAShG`ULOTNING BORIShI
Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir. Abdulla Avloniy.
Tarbiya metodlari haqida so’z yuritilar ekan, avvalo talabalar tarbiya metodi nima? degan tushunchani yoritishlari kerak. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishga bog`liq.
Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog`liq. Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini o’zgartirishi uchun kerakli shart - sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi.
Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o’zida mujassamlashtiradi.
Metod- yunoncha atama bo’lib- aynan nimagadir yo’l, usul orqali maqsadga erishish yo’lini bildiradi. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
So’z orqali ifodalash usuli.
Ko’rgazmalik usuli.
Amaliy, namuna usuli.
Rag`batlantirish va jazo usuli.
Yuqoridagi metodlar o’z navbatida quyidagi guruhlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |