O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOHUD AHLOQ“ ASRINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad
ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOHUD AHLOQ“ ASRINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH.
Reja: Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati Abdulla Avloniyning asarlari va yaratgan darslilari bilan tanishish. “Turkiy guliston yohud ahloq“ asrini o’rganish, tahlil qilish Abdulla Avloniy asarlarining hozirgi ta`lim jarayonidagi ahamiyatini ko`rsatib berish Tayanch tushunchalar Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, asarlari va yaratgan darsliklari. “Turkiy guliston yohud ahloq “ asri, asarning ta`lim jarayonidagi ahamiyati Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, asarlari va yaratgan darslilari bilan tanishish. “Turkiy guliston yohud ahloq “ asrini o’rganish, tahlil qilish va boshlang’ich ta`lim jarayonidagi ahamiyatini ko`rsatib berish MAShG`ULOTNING BORIShI 1. Taniqli o`zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand- to`quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo`lganlar. Abdulla Avloniy eski usul maktabini tamomlagandan so`ng 12 yoshida madrasaga o`qishga kirdi. U yozda ishlab ota- onasiga yordam qilar, boshqa vaktlarda o`qir edi. O`ta iqtidorli bulgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. Dastlabki she'rlari “Tarjimon” gazetasida bosiladi. U uzining dastlabki she'rlarida va “Xijron” degan makolasida xalqni yangi usul ukuv muassasalarida ukib- urganishga targib kildi. Abdulla Avloniy 1907 yilda “Shuxrat” va “Osiyo” nomli yangi gazetalar chikara boshladi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib kuyadi. Abdulla Avloniy xalq orasida ilgor fikrlarni tarqatishda, ilm va ma'rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g`oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, “Matbuot har insonga o`z xolini ko`rsatuvchi, axvol- olamdan xabar beruvchi, qorong`i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, ximmat g`oyalarini yoyuvchidir” deb, aytadi. XX asr boshlarida O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida va pedagogik fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida urin egalladi, butun faoliti davrida u o`z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma'naviyatini shakllantirishga alohida e'tibor berdi. Abdulla Avloniy o`zbek xalqining san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo`lga qo`yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli pedagogdir. A.Avloniy o`zbek ziyolilari ichida birinchilardan bulib, o`zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil kiladi. 1916 yili ozarbayjonlik mashxur aktyor Sidqiy Ruxillo Toshkentga kelib, “Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo`yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a'zolari bilan Avloniy 1014-1916 yillarda fargona vodiysida gostrollarda bo`ladi. Abdulla Avloniy 1917 yil to`ntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy- ma'rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar xarakatining kuzga kuringan namoyondalaridan edi. A.Avloniy ilg`or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablaglarga dunyoviy ilmlarni o`qitadigan “Usuli jadid”, ya'ni yangicha ilgor usuldagi o`quv muassasalari ochdilar va bu o`quv muassasalarda oddiy xalq bolalarini o`qitdilar. Ular o`z millatlaridan yetuk olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo`lda fidoiylik ko`rsatdilar. Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi o`quv muassasalar ochdi. O`quv muassasalardagi o`quv asbob- jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan doska va partalar yasadi. O`quv muassasasiga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning asosiy qismini kambagal kishilarning bolalari bo`lganligi uchun kiyim- kechak, oziq- ovqat, daftar- qalam bilan ta'minlash maqsadida, do`stlarining ko`magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “maktab kutubxonasi” nomli kitob do`konini ochdi. Avloniyning maktabi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga ko`ra mashg`ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o`z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktabidan far`q qiladi. U uz o`quv muassasasida tarbiyalanuvchilarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma'lumotlar beradi. Abdulla Avloniyning ilk toliblaridan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Toxiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan o`quv muassasasi haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi: 2. Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. “Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta'limiy - tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chakiruvchi, yomonlardan kaytaruvchi bir ilm- axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jixatlardan karaganda bu asar Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, Sa'diyning “Guliston” va “Bo`ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad Donishning “Farzandlarga vasiyat” asarlari shaqlidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir. Ozbek pedagogikasi tarixida Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya'ni tarbiyalanuvchi tarbiyasining fani demakdir, deb ta'rif berdi. Tabiiy, bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy tarbiyalanuvchi tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to`rt bo`limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badantarbiyasi”. 3.“Fikr tarbiyasi”. 4.“Axloq tarbiyasi” va bu haqida hamda uning ahamiyati to`g`risida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bo`limida tarbiyani yoshlikdan berish zururligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi keraqligini ta'kidlaydi. “Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy. Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Xar bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bulishi avlodlar tarbiyasiga ko`p jihatdan bog`li`, deb hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrining oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan- uy, bog`cha o`quv muassasasi va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma'noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab kuymaydi. U birinchi navbatda tarbiyalanuvchining sog`ligi haqida g`amxo`rlik qilish lozimligini uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog`lom fikr, yaxshi axloq, ilm- ma'rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng keraqli narsadur. Chunki o`qumoq, o`qutmoq, o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”. A.Avloniy badan tarbiyasi masalasida tarbiyalanuvchini sog`lom qilib ustirishda ota-onalarga murojaat qilsa, tarbiyalanuvchini fikr tomondan tarbiyalashda o`qituvchilarning faoliyatiga alohida e'tibor beradi. Abdulla Avloniy o`zining jismoniy tarbiya haqidagi nazariyasida quyi-dagilarni asoslab beradi: 1. Bola tarbiyasini u tug`ilmasdan burun, ona qornidaligidayoq boshlashning zarurligini; 2. Bolaning jismonan sog`lom bo`lishida to`g`ri ovqatlanish (ovqatlanish rejimi) va toza havoda bo`lishning ahamiyatini; 3. Turli harakatli o`yinlar va jismoniy mashqlarning jismoniy tarbiyadagi ahamiyatini; a) harakatli o`yinlarning bola aql-farosati va ilmining rivojlanishiga ta'siri; b) harakatli o`yinlarning bola axloqiy tarbiyasiga ta'siri. 4. Tozalik va pokizalik (shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish) ning jismoniy tarbiyadagi ahamiyatini; 5. Salomatlik uchun kurash dinning ham talabi ekanligini. 3. Shuning uchun ushbu darsliklardagi va “Turkiy guliston yohud axloq” asaridagi matnlardan, masal va she'rlardan boshlang`ich sinflar ta'lim-tarbiyasi jarayonida foydalanishimiz mumkin. Boshlang’ich sinflarning o’dobnoma va o’qish fani dasturlarini ko’rib chiqar ekanmiz, uning qator mavzularida Avloniy qarashlaridan foydalanish mumkinligiga guvoh bo’lamiz. Masalan, 1- sinf odobnomasining birinchi bo’limi “Salomlashish odobi” deb nomlangan. 1-sinfda “Oila-mo’’tabar dargoh“, 2-sinfda “Farzand burchi”, 3-sinfda “Bolalik - beg'uborlik, qarilik –donolik”, 4-sinflarda “Oilaviy munosabatlar odobi” nomli alohida boblar o’tilib, bularning barchasida ota-onani ulug’lovchi, oilaviy munosabatlarni mustahkam bo’lishini targ’ib qiluvchi Avloniy asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 4. 1-sinf Odobnoma dasturida «Bobolar o’gitlari”, 2-sinfda “Bilim-aql bulog’i”, 3-sinfda “Donolar o’gitlari” va 4-sinfda “Ilm va hunar -ma'naviyatdir yuksak” nomli boblarni o’rganish ko’zda tutilgan. Bu boblardagi turli mavzularda ilm, uning afzalligi, ilm ahli, ilm ahliga hurmat, ilm mashaqqati haqidagi masalalar o’rganiladi. Shu mavzularni o’rganishda ham quyidagi qator masal, hikoyat va sh’erlardano’rinli foydalanilsa, ularning tarbiyaviy ta`siri yuksakroq bo’ladi. Maktab, vatan va turli boshqa mavzulardagi boshlang`ich sinf darslarida foydalanish mumkin bo`lgan she’r, hikoya va masallardan misollar keltiramiz Avloniy ham ilmga, ma'rifatga katta e'tibor beradi. Jaholatni, ilmsizlikni qoralaydi va o`quv muassasasini insonning najot yo`li, xayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch, deb maqtaydi. Maktab Maktab sizni inson qilur, Maktab xayot exson qilur, Maktab gami vayron qilur, G`ayrat kilib uking, ug`lon! Maktabdadur ilmu kamol, Maktabdadur xusnu jamol, maktabdadur milliy xayol, G`ayrat qilib o`qing, o`g`lon!1 Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling