O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq maorifi va pedagogika
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1941 yil 22 iyunda
- Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun”
Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq maorifi va pedagogika. Tarixdan ma’lumki, sobiq Sovet davlati, xalqi o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri ikkinchi jahon urushi yillaridir. O’sha davrda mamlakatimiz yoshlarini, xususan respublikamiz yoshlarini yuqori axloq ruhida, ayniqsa vatanparvarlik, do’stlik, mehnatsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi.
1941 yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush e’lon qilmay turib sobiq Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. Sobiq Sovet Ittifoqi hamma xalqlarni Vatanni yakdillik bilan mudofaa qilish uchun otlantirdi. SHarqda mash’al — O’zbekiston ham himoyaga o’zining munosib hissasini qo’shdi. Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temir yo’llarda, kolxoz, sovxoz va MTS larda — hamma joyda “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun” degan shior ostida fidokorona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar Vatan mudofaasiga, dushman ustidan g’alaba qilishga safarbar etildi. Mudofaa fondi tuzish, tanklar, samolyotlar hamda boshqa jangovar texnikalar qurish uchun mablag’ yig’ishda umumxalq harakatining avj olishi xalqlarning vatanparvarligini yana bir bor isbot etdi. Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o’quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. Sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti 1943 yil iyul oyida bir qator yirik shaharlarda o’g’il bolalar bilan qiz bolalarni alohida o’qitishni joriy etdi. Masalan: O’zbekistonda alohida o’qitish 1943 yil sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida amalga oshirildi. 1 dekabrdan boshlab yana 4 ta yirik shaharlarda — Buxoro, Urganch, Farg’ona va Marg’ilonda amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy-fizkultura darslari soati ko’paydi. harbiy o’qish 1-sinfdan boshlab o’tila boshlandi, harbiy ta’lim faqat o’g’il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o’rgatila boshlandi. O’zbekistonga ko’plab yosh bolalar va kattalar evakuatsiya qilingan edi. 1942 yilda evakuatsiya qilinganlar soni 716 mingga yetdi. 1943 yilda O’zbekiston hududida 154 ta bolalar uyi bor edi. Bolalar uyining soni 1945 yilga kelib 242 taga, undagi tarbiyalanuvchilar soni esa 31.500 ga yetdi. Urush davrida o’qituvchilar sonini ko’paytirishga alohida e’tibor berildi. CHunki ko’pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun Respublika bo’yicha 1940—1941 o’quv yilida 36267 nafar o’qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketgan o’qituvchilar o’rnini to’ldirish uchun qisqa muddatli o’qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941 yildan 1943 yilgacha bu kurslarni 16 ming o’qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohada ishlayotgan o’qituvchilar ham maktabga qaytarildi. Mahalliy maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o’zbek xotin-qizlaridan ko’proq jalb etish zarurligi alohida qayd etildi. 1957—58 o’quv yilidan boshlab ba’zi pedagogika oliy o’quv yurtlarida boshlang’ich maktab uchun oliy pedagogika ma’lumotiga ega bo’lgan o’qituvchilar tayyorlashga kirishildi va buning uchun maxsus fakultetlar tashkil etildi. Lekin urushdan keyingi yillarda hamda mavjud jamiyatni rivojlantirish jarayonida respublika maktablarida hamma narsa risoladagidek olib borildi deyish xato bo’lar edi. Boshlang’ich maktabda to’rt yillik boshlang’ich ta’limdan uch yillik boshlang’ich ta’limga o’tish amalga oshirildi. To’liqsiz yetti yillik o’rta maktab tashkil etilib, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga aylantirildi. Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o’quvchilar quyidagi o’quv yurtlarida o’qishlari mumkin edi. Ular: 1) To’liq umumiy ta’lim o’rta maktablarida (IX—X sinflarda); 2) o’qish muddati uch-to’rt yillik bo’lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida. 1959—1975-yillarda respublikada internat-maktablar, maxsus maktablar va kuni uzaytirilgan guruhlar tarmog’i rivojlandi va ularda tarbiyalanuvchilarning soni o’sdi; jismonan nuqsonli bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilindi; pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmog’i kengaytirildi. 70—80-yillarda O’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o’zgarmay qolaverdi. Ularning moddiy-texnik bazasi yaxshilanmadi. Ammo maktablar, o’quvchilar soni yildan-yilga ortib boraverdi. Masalan, O’zbekistonda 1945—46-o’quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, ularda qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970—71-o’quv yilida respublikaning umumiy ta’lim maktablari soni 7072 taga, o’quvchilar soni esa 3 mln.164 ming kishiga yetdi... 1970—1980-yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ 11% dan 8% ga kamayib ketdi... 5% dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi1. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling