O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
XX asrning 70—80-yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
XX asrning 70—80-yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi. Xalq ta’limi tizimida muhim o’rinni egallagan umumiy ta’lim maktablari respublikamiz hayoti bilan chambarchas bog’langan bo’lib, davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qiladi. SHuning uchun ham respublikamizda hukumati, xalq ta’limi vazirligi joylardagi hokimiyatlar va jamoatchilik xalq ta’limi tizimini, jumladan, umumiy ta’lim maktablarini rivojlantirish, ularning tarmoqlarini kengaytirish va yangi binolar bilan ta’minlash, o’quv moddiy va texnika bazasini mustahkamlash hamda ularni yuqori bilimga ega bo’lgan o’qituvchilar bilan ta’minlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Bu esa umumiy ta’lim va hunar maktablarni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotda umumiy o’rta ta’lim o’n bir yillik bo’lib, I—IV sinflar — boshlang’ich maktab, V—IX sinflar esa to’liqsiz o’rta va X—XI sinflar — barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. SHuningdek, o’rta hunar-texnika bilim yurtlari, o’rta maxsus o’quv yurtlari kabi nomlangan. Mazkur tuzilishga binoan o’rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o’qitish nazarda tutiladi. Hunar-texnika ta’limi esa qayta tubdan o’zagrtirilib, “O’rta hunar-texnika bilim yurtlari”ga aylantirildi. O’rta ma’lumotga ega bo’lmagan, ishlab chiqarishdagi faol yoshlar uchun kechki (smenali) va sirtqi maktablar saqlanib qolindi. Umumiy o’rta va hunar ta’limi tizimining o’zgarishi bilan, oliy o’quv yurtlari, bilim dargohlariga qabul qilishning yangi qoidalari, talablari ishlab chiqiladi. Umumiy o’rta va hunar ta’limi bilan unda beriladigan ta’limning mazmuni, shakllari, metodlari va usullarini ham tashkil etilishini o’zgartirishni taqozo etadi. O’quv fanlarining amaliy yo’nalishini kuchaytirish, mehnat tarbiyasi va kasb tanlashga o’rgatishni yo’lga qo’yish, ta’lim mazmunining politexnik yo’nalishini ta’minlash masalasi asosan amalga oshiriladi. O’quv darsliklari, metodik qo’llanmalar yaratildi; o’quv rejasiga “Atrof muhit bilan tanishish” (I—II sinflarda), “Informatika fa hisoblash texnikasi asoslari” (X—XI sinflarda), “Oila etikasi va psixologiyasi” (X—XI sinflarda), “Ishlab chiqarish asoslari. Kasb tanlash” (VIII—X sinflarda) kabi fan asoslari kiritildi SHuni qayd etish zarurki, o’zbek maktablari sobiq ittifoq davrida milliy zamindan batamom uzilib qolgan edi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling