O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


AQSHda eksperimental pedagogikaning yirik vakili Eduard Torndayk (1874-1949”) edi. 2. Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy


Download 2.48 Mb.
bet367/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

AQSHda eksperimental pedagogikaning yirik vakili Eduard Torndayk (1874-1949”) edi.

2. Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870)ning pedagogik qarashlari o`rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: K.D. Ushinskiy rus xalq pedagogikasining asoschisi. Тula shahrida dvoryan oilasida tug`iladi. Moskva universitetining yuridik fakultetida o`qiydi. 1846 yili Yaraslav yuridik litseyida ishlaydi, 1855 yildan Gatchina yetimlar institutida, 1859 yildan Smolniy aslzoda qizlar institutida inspektor bo`lib ishlaydi. Bu yerlarda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshi yo`lga quyadi, yangi fanlar, metodlar kiritadi.
"Pedagogik adabiyotning foydasi to`g`risida", "Maktabning uch elementi", "Ijtimoiy tarbiyada xalq ruxi" maqolalarini, 1861 yil "Detskiy mir" xrestomatiyasini, "Ona tili", "Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati" kitoblarini yozadi.


3.Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari. K.D.Ushinskiy tarbiya ishidagi turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir etishdan iboratdir, bu aqlni umuman o’stirish, boshni bilimlar bilan to’ldirishdan ko’ra ham muhimroqdir», — deb yozgan edi.
Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni, ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bo’lishni o’stirishi kerak.
Ushinskiy ko’r-ko’rona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, «Eski maktabda intizom nihoyatda g’ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar ulashib beruvchi o’qituvchidan qo’rqish asosiga qurilgan edi. Bu qo’rquv bolalarni zararli holatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka olib keldi» deb u bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bo’lishni talab qildi.
Ushinskiy egoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g’arazgo’ylik, munofiqlik singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi.
Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak: 1. Ta’lim (axloqiy tarbiyada kitob va darsliklarni o’rni); 2. O’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi (Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni hech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi»); 3. E’tiqod; 4. O’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish (pedagogik odob); ogohlantirish choralari; 6. Rag’batlantirish va jazolash.
4. K.D.Ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari pedagogika tarixida o’zining chuqurligi va o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushinskiy ta’limni bolalarning psixologik jihatdan kamol topishlarining yosh bosqichlarini hisobga olishni va ular psixologiyasining xususiyatlarini e’tiborga olib tashkil etish kerakligini talab qildi.
Ushinskiy xotira bilan esda saqlab qolish to’g’risida gapirib, unutishning oldini oladigan tez-tez takrorlash yo’li bilan tarbiya oluvchilarda o’z xotiralariga ishonchni mustahkamlash kerak, deb ko’rsatdi. U darsda ko’rsatmalilik tamoyiliga katta ahamiyat berib, psixologik nuqtai nazardan ko’rsatmali ta’limni mohiyatini yoritib berdi.
Ushinskiy ko’rsatmali ta’lim tamoyillarini nazariy jihatdan ishlab chiqishga va uni amalda tatbiq etishga doir juda ko’p qimmatli fikrlar kiritdi. Ushinskiy o’qitish jarayonida ko’rsatmali ta’limga munosib o’rin berdi: u ko’rsatmali ta’lim o’quvchilarning rivojlanishini ta’min etadigan shartlardan biridir, deb bildi.
Ushinskiy bolalarning o’quv materialini anglab, puxta va mustahkam o’zlashtirishi tamoyiliga katta e’tibor berdi.
Ushinskiy o’zining pedagogik tizimida dars hamda ta’lim metodiga katta ahamiyat berdi.
Darsda mashg’ulotlar turlicha bo’lishi mumkin: yangi bilim berish, o’quvchilarning mashqlar bajarishi, o’tilganlarni takrorlash, o’quvchilarning bilimini hisobga olish, o’quvchilarning yozma ishlarni bajarishlari. Har bir dars ma’lum maqsadga qaratilgan, tugallangan bo’lishi va yetarli darajada tarbiyaviy xarakterga ega bo’lishi lozim. Ushinskiy mashg’ulotlarni almashtirib va metodlarni xilma-xil qilib turishni tavsiya qildi.
Rossiyada o’qishga o’rgatishda tovush metodini joriy qilish va keng tarqatishda Ushinskiyning xizmati katta bo’ldi.



Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling