Amerika Qo`shma Shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
3-5 yoshgacha bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari;
1-8 sinflar uchun boshlang`ich maktablar (6-13 yoshda o`qiydilar);
9-12 sinflar uchun o`rta maktablar (14-17 yoshlilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat;
oliy ta’lim, bu 2 yoki 4 yil o`qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi;
universitet va boshqa oliy o`quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktarantura.
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. O`quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo`lishi mumkin. O`quv yili 180 kun, dars 45-50 minut. O`quvchilar ta’tilda ishlaydilar.
AQSh ta’lim tizimiga eng ko`p mablag` ajratiladi. Bolalarning 95-99 %i boshlang`ich o`rta ta’limga tortilgan.
Bu yerda 3 yoshgacha bolali ayollarga moddiy imtiyozlar berilmaydi. 3-5 yoshda xususiy yoki davlat bog`chalariga boriladi.
Boshlang`ich sinf o`quv predmetlari o`quvchilarning umumiy savod xonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo`nalishiga ham ega qiladi. O`quv-tarbiya ishlari bilan bog`liq masalalarni har bir shtat o`zi mustaqil hal qiladi. Boshlang`ich maktab ham turlicha: 4, 5, 6, 8 yillik bo`lishi mumkin. Bu davrda ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiyena, matematika, hunarmandchilik, badantarbiya va sport o`rgatiladi.
AQShda to`laqonli o`rta maktab sirasiga 10, 11, 12- sinflar kiradi. 7, 8, 9- sinflarni aksariyat holda quyi o`rta maktab deb ham yuritiladi.
O`rta maktablar o`quvchilariga uch yo`nalishda: akademik, kasbkor, umumiy yo`nalishlarda bilim beradi. Ko`rgazma; texnik vositalardan keng foydalaniladi.
Oliy ta’lim 4 bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, doktor. Birinchi bosqichni bizdagi o`rta maxsus o`quv yurtiga tenglashtirish mumkin. Bu 2 yillik kollej, keyin 11 bosqich 4 yillik kollej va universitetlardir. Buni bitirganlar 1-darajali bakalavr bo`ladi. 111 bosqich-magistr maktabi, o`qish 1-2 yil, IV bosqich-doktarantura, o`qish 3-4 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |