O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-mavzu: O`QITUVCHI FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI


Download 2.48 Mb.
bet375/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

37-mavzu:

O`QITUVCHI FAOLIYATIDA MUOMALA MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI
REJA:
  1. Pedagogik muomala va pedagogik muloqotning mohiyati, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni


  2. O’qituvchi faoliyatining turli bosqichlarida pedagogik muloqotning vazifalari. Muloqotning individual uslubi. Pedagogik muloqotga qo’yiladigan talablar.


  3. Muloqat atamasining falsafiy va pedagogik tahlili, uning mohiyati, xususiyatlari, tuzilishi va funksiyalari, «o’qituvchi-o’quvshi», «o’qituvchi- maktab rahbariyati», «o’qituvchi va jamoatshilik», «o’qituvchi –ota-onalar» kabi tizimda tashkil etiladigan muloqat madaniyati haqida to’xtab o’tiladi.


  4. Turli muloqatni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi


II. Muloqotni kuzatish va o’zlashtirishga oid amaliy ishlar.


  1. Nazariy mashg’ulotlar va kuzatishlar asosida muloqotga oid qarashlarni shakllantirish, rivojlantirish.


  2. muosharat odobining ta`lim jarayonidagi ahamiyati. Sof adabiy tilda so’zlashish.


  3. Muloqatga o’rgatuvchi o’yin mashqlaridan foydalanish.




MAQSAD:


  1. Ta`limiy- Talablarning muomala, pedagogik muloqat, sharqona muloqat, muloqatning vazifasti, tuzilishi haqidagi bilimlarini mustahkamlash.


  2. Tarbiyaviy- O’zaro va o’quvchilar bilan insoniy, do’stona muomalaga o’rgatish.


  3. Rivojlantiruvchi- Muomala, muloqat madaniyati tarkib topishiga ko’maklashish. Talabada muloqatning demokratik uslubi qaror topishiga yordamlashish.


MAShG’ULOTNING BORIShI:
1. O’qituvchi o’quvchilarga biron -bir narsani o’rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojlanishning ko’p qirrali jarayonidir. Munosabat birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot ayriboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayriboshlanishi munosbatning kommunikativ jihati sifatida ta’riflanishi mumkin. Munosabatning ikkinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas,balki harakatlar, hatti - harakatlar bilan ham ayriboshlashdan iborat.
Munosabatning uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir - birlarini idrok eta olishlarini taqozo qilishdir. SHunday qilib, yagona munosabat jarayoniga shartli ravishda uchta jihatni kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o’zaro birgalikdagi harakat) va perseativ (o’zaro birgalikda idrok etish) jihatlarni alohida ko’rsatish mumkin. Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruriyatga ko’ra boshqa odamlar bilan birlashishi, ular bilan muomalaga kirishi, ya’ni aloqa o’rnatishi, o’zaro hamjihatlilikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob tariqasida axborot berishi lozim. Munosabatning o’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat kursatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa (avvalo) ishlab chiqarish tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa avvalo munosabat vositasi sifatidagi tildan iborat ekanligini bildiradi.
Muloqot - pedagogik faoliyatdagi eng muhim kasbiy quroldir.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling