O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Mahorat-bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat.
Xusayin Voiz Koshifiy (1440-1505) (Xuroson) "Futuvatnomai Sultoniy yoxud javomardlik tariqati" asarida ustoz - shogird munosabatlariga keng to’xtaladi. "Agar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi deb so’rasalar, irodat ustiga deb javob bergin. Agar irodat nima deb so’rasalar, samo va toatdir deb aytgin. Agar samo (eshitish) va toat nimadir deb so’rasalar nimani ustoz aytsa, uni jon qo’log’i bilan eshitish, chin ko’ngli bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalga ado etishdir deb ayt".
U shogirlikning 8 ta odobini ko’rsatadi: 1. Birinchi bo’lib salom berish. 2. Ustozning oldida oz gapirish. 3. Boshni oldinga egib turish. 4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik. 5. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish. 6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. 7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik. 8. O’tirib turishda hurmat saqlash. 2.K.D.Ushinskiy ta’lim rivojida o’qituvchilarning tutgan o’rni, ularning kasbiy tayyorgarligi darajasini, pedagogik mahoratni takomillashuvini ta’minlovchi omil ekanligi haqida. K.D.Ushinskiy o’qituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi shaxsga ta’sirini yuqori baholadi. Ushinskiy o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi marta ishlab chiqdi. Ushinskiy boshqa xalqlarning ham pedagogikasi va xalq maktablari taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1895 yilda Ushinskiyning vafotiga 25 yil to’lishi munosabati bilan bo’lgan yig’ilishda, uning ishini davom ettiruvchilardan biri, Modzalevskiy aytib o’tganidek, «Xuddi Lermontov — bizning xalq olimimiz, Suvorov — bizning xalq lashkarboshimiz, Pushkin — bizning xalq shoirimiz, Glinka — bizning xalq kompozitorimiz bo’lganidek, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy xalq pedagogimizdir» deganda haq edi. 3. Mahorat-bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o`qitish san’atidan iborat. Pedagog- o`z ishining ustasi, o`z fanini chuqur biluvchi, fan va san’atning mos soxalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o`qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bulgan mutaxassis. Pedagogik nazariyada o`qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy urin tutadi. Maxoratni egallash uchun ko`p narsani bilish va qila bilish zarur. Тarbiya prinsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O`quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to`g`ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. «Bizning pedagogikaviy ishda hamma narsani oxir okibat mahorat xal etadi»,- deydi Azarov. Aniq irsiy xususiyat sohibi bo`lgan talantli insongina haqiqiy usta-o`qituvchi bulishi mumkin, degan fikrlar mavjud. O`qituvchi bo`lib tug`ilmoq zarur. Deyarlik barcha insonlar (ba’zilaridan qat’i nazar) tabiat tomonidan tabiiy tarbiyachi sifatlarga ega bo`lib tug`iladi. Asosiy masala shundan iboratki, ularni pedagogik mahoratga o`rgatish zarur. «Тalantli insonlarning tasodifiy taqsimotiga ishonishimiz mumkinmi? Bizlar talant hisobiga tarbiyani amalga oshirishimiz mumkinmi? Yo`q. Shuning uchun fakat mahorat to`g`risida gapirish mumkin, ya’ni haqiqatda tarbiyaviy ishlarni biluvchi, tarbiyalay olish haqida gapirish mumkin. Mutaxassislik va bilishga asoslangan mahorat hamma masalalarni hal qila oladi»,- degan edi A.S. Makarenko. «Тarbiyachi o`zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va har doim u o`zining nimani xohlaganligini va nimani xohlamasligini bilishi zarur. Agar tarbiyachi buni bilmasa, u kimni tarbiyalay oladi»,- deydi A.S. Makarenko. O`qituvchining mahorati, har kanday sharoitlarda ham, kerakli darajadagi tarbiyalanganlik, rivojlanganlik va bilimdonlarni tarbiya qiluvchi o`quv jarayonini tashkil qila olishidan iborat. Demak, pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat rivojining yuqori darajasini ifodalab, pedagogik texnologiyalarning egallaganligini, shu bilan birga u pedagog shaxsining tula ifodasini, uning tajribasi, xalqparvarligi va kasbiy xolatini ko`rsatadi. Muallimning mahorati bu pedagogik jarayonning yuqori sifatlarini aniklovchi shaxsiy ish sifatlari va shaxsiy xususiyatlarining sintezidan-yig`indisidan iborat. Shunday kilib, mahoratning barcha tomonlarini hisobga olib uni quyidagicha yakunlash maqsadga muvofik. Mahorat, avvalo, pedagogning (muallimning) maxsus kasbiy salohiyatiga bog`liq bo`lganidan fizika, matematika, radiotexnika, informatika, televideniya kabi fanlarni o`qitish jarayonida ularning shakllari (ma’ruza, laboratoriya va seminar mashgulotlari)dan qat’i nazar o`qituvchi talabalarda zaruriy bilim darajasini shakllantiradi va uni egallash qobiliyatlarini rivojlantirib, fanga hurmatni uyg`otish asosida ularni tarbiyalash jarayonini boshqarishdan iborat. Adabiyotlar Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 бет. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling