O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ijtimoiy kompetentlik
- 4. Texnologik kompetentlik
- 5. Ekstremal kompetentlik
- Kreativlik negizida aks etuvchi muhim sifatlar
- SHaxs kreativligini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar
- SHaxs kreativligi ning asosiy belgilari (E.P.Torrens )
- Kreativ potensialga ega bo’lish uchun pedagog e’tibor qaratishi zarur bo’lgan jihatlar
- 40-mavzu: PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI. Reja
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
1. Ijtimoiy kompetentlik
chizma “Kreativlik” tushunchasi lug’aviy jihatdan (lot.) “creatio” – “yaratish”, “creative” – yaratuvchi, ijodkor ma’nolarini ifodalaydi, mohiyatiga ko’ra esa “shaxs ijodkorlik qobiliyatining namoyon bo’lishi” demakdir. Kreativlik – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati Kreativlik negizida aks etuvchi muhim sifatlar chizma
chizma
Kreativ potensialga ega bo’lish uchun pedagog e’tibor qaratishi zarur bo’lgan jihatlar kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish; ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish; hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish Adabiyotlar Ишмухамедов Р.,Абдуқодиров А., Пардаев А., Таълимда инновацион технологиялар.-Т., “Истеъдод”, 2008 й, -180 б Ишмухамедов Р.,Абдуқодиров А., Пардаев А., Тарбияда инновацион технологиялар.-Т., “Истеъдод”, 2009 й, -160 б Сайидаҳмедов Н. Педагогик маҳорат ва педагогик технология. – Т.: ОПИ, 2003. Холиқов.А. Педагогик маҳорат. – Т.:, 2011. Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари – Тошкент, 2015.7.Ғуломов С. Менежмент асослари.-Т.,Ўзбекистон, 2002,368 “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича ЎУМ.-Т.,2016 40-mavzu: PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA TUSHUNCHA. PEDAGOGIK TEXNIKANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. NUTQ TEXNIKASI VA MADANIYATI. Reja: Pedagogik texnika haqida tushuncha, uning tarkibiy qismlari. Mimika. Pantomimika. O`qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo`llari. Nutq, uning o`qituvchi faoliyatidagi o`rni. Nutq madaniyati haqida tushuncha va uning asosiy elementlari. Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika. Leksik madaniyat. O`qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo`llari. Mashg`ulotning borishi1. Pedagogik texnikaning birinchi guruh komponentlari o’z xulqini, yurish turishini boshqarish malakalari bilan bog’liq. O’z gavdasini boshqara olish (mimika, pontomimika); Hissiyoti va kayfiyatini boshqarish (ortiqcha ruhiy charchashlarni yo’qota olishi, ijodiy hissiyotlarni vujudga keltira olishi); ijtimoiy perseptiv qobiliyatlar (diqqat «yuzidan uqib olish», kuzatuvchanlik, xayol); nutq texnikasi (nafas, ovozni moslashishi, talaffuz tarzi, nutq sur’ati). Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari shaxsga va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, ta’lim - tarbiya jarayonining texnologik tomonini yoritadi: didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, qobiliyatlar; talab qo’yish, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish, pedagogik muloqotni boshqarish va boshqalar. O’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi jarayoni. Pedagogning ijodiy hissiyotlari asosida o’zaro hamkorlikni tashkil eta olish qobiliyatining samarasi haqida tushuncha hosil qilish. Pontomimika – bu gavda, qo’l va oyoq harakatidir. O’qituvchining gavdasi, qul va oyoqlari harakati ham joyida bo’lishi kerak. Pontomimika asosiy fikrni ajratib ko’rsatishga imkon beradi. YAqqol qiyofalarni gavdalantiradi. O’qituvchi darsda o’quvchilar oldida to’g’ri turish holatini mashq qilish kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, o’ng oyoq biroz oldinda), barcha harakatlar o’zini oddiyligi va nafisligi bilan o’quvchilar e’tiborini tortishi zarur. Gavda tutish estetikasi: oldinga-orqaga tebranish, og’irlikni bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o’tkazib turish, stul suyanchig’iga tayanib turish, boshni qashlash, qo’lda biror buyumni aylantirib turish, burunni artish, quloq qashlash kabi zararli odatlarga yo’l qo’ymaydi. O’qituvchi gavdasining harakati chegarali va bosiq bo’lishi, ortiqcha silkinish va keskin harakatlardan holi bo’lishi zarur. Mimika - o’z fikri, kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati. O’qituvchining yuz ifodasi va qarashi ba’zan o’quvchilarga so’zdan ham qattiqroq ta’sir ko’rsatadi. Jest va mimika axborotning hissiy ahamiyatini oshiradi, uni puxtaroq o’zlashtirilishini ta’minlaydi. O’quvchilar o’qituvchi kayfiyati va munosabatini uning yuzidan «uqib» turadilar. SHuning uchun ham o’qituvchining yuzi, uning sezgilarini ifodalash bilan birga, ularni yashirib turishi ham muhimdir. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling