O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


- mavzu: O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI


Download 2.48 Mb.
bet374/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

36- mavzu:

O’QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI

REJA:
  1. Kommunikativ qobiliyat mohiyati


  2. Muloqat, muloqatga kirishish, aloqa o’rnatish- kommunikatsiya tushunshalari mohiyati


  3. O’qituvchining muloqatga kirishish jarayonida qo’llaydigan muomala uslublari


  4. Talabalarning kommunikativ imkoniyatlari, muloqotga kirisha olish qobiliyatlari aniqlash.




MAQSAD:

- Ta`limiy - kommunikativ qobiliyat mohiyatini o’rganish, talabaning kommunikativ imkoniyatini aniqlash.


  1. Tarbiyaviy - o’qituvchiga xos bo’lgan muloyimlik, samimiylik, adolatlilik, kamtarlik hislatlarini singdirish.


  2. Rivojlantiruvchi - muomalaga kirishishi past bo’lgan talabalarga alohida topshiriqlar berib, ularni faollashtirish.

    MAShG’ULOTNING BORIShI:
    1. Pedagogik qobiliyatning muhim turlaridan biri kommunikativ qobiliyatga alohida e`tibor qaratiladi. Talabalar o’qituvchi kommunikativ qobiliyati mohiyatini yoritish uchun «Osnoviu pedagogicheskogo masterstvo» (Yu.Zyazyuna) kitobining 146-159 betlari, «Pedagogika» (A.Munavvarov) darsligining 57-beti, Pedagogik psixologiya asoslari (V.Krutetskiy) ning 289-291- betlaridan foydalanishlari lozim.


    Kommunikativ qobiliyatlar - bolalarga yaqinlasha olish, aralashish qobiliyati, o’quvchilarga to’g’ri yondashish yo’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan juda samarali munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligidir,- degan xulosaga kelinadi.
    2. O’qituvchining kommunikativ qobiliyatida yoki muloqotga kirishishda ta`sir etishning ishontirish va ma`qullash usullaridan keng foydalaniladi. Talabalar yuqorida berilgan va qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda muloqotda ishontirish va ma`qullash, ularning ahamiyati, ishontirishning og’zaki ta`sir shakllari: ogohlantiruvchi so’zlar, tezlik bilan ta`sir etish, ijro etishga undovchi buyruqlar, ta`qiqlovchi iboralar, andazaga qaratilgan harakatlar, hazil orqali anglatish, ma`qullash yoki ayblash haqida to’htalib o’tadilar. Bunda «Tarbiyaviy ishlar metodikasi» (Ruvinskiy tahririda)ning 87-104 betlaridan foydalanish mumkin.
    3. Talabalar maktabga borib, iloji boricha 2 ta o’qituvchi darsini kuzatadilar. O’qituvchilarning kommunikativ qobiliyati - o’quvchilarga yondashishi, ular bilan munosabat o’rnatishini ko’rib, tahlil qiladilar. Qaysi o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabati to’g’ri va samarali bo’lganini, qaysisida qanday kamchiliklarga yo’l qo’yganligini solishtirib, baho beradilar. O’qituvchi muloqoti qanday tashkil etilishi lozim degan masalaga o’z qarashlarini bayon etadilar.
    4. Turli testlar orqali talabalarning kommunikativ imkoniyatlari, muloqotga kirisha olish qobiliyatlari aniqlanadi.
    Buning uchun R.Toshimov tuzgan «O’zingizni bilasizmi?» kitobidagi testlardan, E.G’oziyev va R.Toshimov tuzgan «Muomala treningi»dan va boshqalardan foydalanish mumkin.
    Bu mashgulotda «O’zingizni bilasizmi?» kitobidagi «Shaxsning kommunikativ imkoniyatlarini aniqlash testi» ni echib ko’raylik.
    Tavsiya etilayotgan 16 ta savolning hammasiga ochiq ko’ngillik bilan javob bering va ochkolar yig’indisini toping. «Ha» ga - 2 ochko, «bilmadim», «hayronman» ga - 1 ochko, «yo’q» ga- 0 ochko.
    SAVOLLAR:
    1.Ma`sul ishga duchor bo’lganingizda hayajonlanasizmi?
    2.Ahvolingiz yomon bo’lguncha ham shifokor chaqirmaysizmi?
    3.Kutilmaganda dars o’tasiz (ma`ruza qilasiz) desa norozilik bildirasizmi?
    4.Mehmonxona tayin bo’lmasa ham begona shaharga safarga borishdan bosh tortasizmi?
    5.Begona kishiga kechinmalaringizni so’zlaysizmi?
    6.Begona odam sizdan yo’lni yoki vaqtni so’rasa g’ashingiz keladimi?
    7.Har xil avlod o’rtasida hayot masalasida kelishmovchilik bo’ladi deb hisoblaysizmi?
    8.Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan 200 so’mingizni so’rashga xijolat tortasizmi?
    9.Oshxonada sifatsiz taom keltirishsa indamay qo’yaverasizmi?
    10.Vagonda bir necha soat begona yo’lovchi bilan ketsangiz gapni birinchi bo’lib boshlaysizmi?
    11.Navbatda turish maqsadingizga erishishingiz uchun zarurat bo’lsa ham uzundan-uzoq navbat kutishdan voz kechasizmi?
    12.Xodimlar o’rtasida bo’lgan mojaroni hal qilishdan o’zingizni olib qochasizmi?
    13.Biror adabiyot yoki san`at haqida gap ketsa o’z fikr, nuqtai-nazaringizni himoya qilasizmi?
    14.Sizga yaxshi tanish, ma`lum bo’lgan masala bo’yicha noto’g’ri fikr eshitsangiz ham jim tura olasizmi?
    15.Sizdan ish yoki o’qish yuzasidan yordam so’ralsa norozi bo’lasizmi?
    16.O’z fikringizni og’zaki bayon etishga imkoniyat bo’lsa ham yozma ravishda bayon etishni afzal ko’rasizmi?
    Natijalar izohi:
    30-32 ochko yig’sa, u muloqatga tez kirishuvchan emas, muloqotga ehtiyoji kam. U bilan muomala qilish murakkab. Odamlar bilan ko’prok muloqotda bo’lishga intilish, o’rganish lozim.
    25-29 ochko yig’gan kishi indamas, kamgap, yolg’izlikni yoqtiradi. Yangi ish, yangi muloqatga qiynaladi. Uning bu xususiyati o’ziga ham yoqmaydi.
    19-24 ochko yig’gan kishi boshqalar bilan osoyishta muloqatda bo’ladi. Yangi masala, muammolardan cho’chimaydi. Odamlar bilan kelisha oladi. Tortishuvlarda qatnashishni uncha yoqtirmaydi.
    14-18 ochko egasi qiziquvchan, tinglashni biladi. O’z qarashini jahlsiz himoya qila oladi. Shovqinli davralarda bo’lishni uncha yoqtirmaydi.
    9-13 ochko. Atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishadi, qiziquvchan, sergap. Garchi bajarish qo’lidan kelmasada hech kimning iltimosini rad qilmaydi. Unga murakkab ishlarda sabr-toqat, qat`iylik etishmaydi.
    4-8 ochko. Doimo muloqotga intiladi, hamma gapdan xabardor. Har qanday masala bo’yicha gapiraveradi. Ishlarni ishonch bilan boshlaydi, lekin oxiriga etkazmaydi.
    3 ochko egasida muloqatga intilish kasallikka aylangan. Bunday kishi ezma, jahldor, tez xafa bo’luvchidir. Ko’pincha qat`iy va odil bo’la olmaydi.
    Shu kabi testlar asosida talabalarning muloqatga kirishishi aniqlanib, tahlil etiladi.
    XULOSA.

    Talabaning muomalaga kirisha olish darajasini aniqlashga oid qator testlar echib ko’riladi, topshiriq sifatida uyda shunga o’xshash testlarni topib, bajarib ko’rish topshiriladi. Pedagogik masalalar echiladi. Talabalar ishtirokiga qarab tegishli ballar qo’yiladi. Muomalaga kirishishi qiyin bo’lgan talabalar bilan alohida qo’shimcha mashg’ulotlarolib borilib, trening mashg’ulotlari o’tkaziladi.


    TOPSHIRIQ.
    - O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini kuzatish, tahlil etish.
    - Talabalarning kommunikativ imkoniyatlarini aniqlashga oid testlar yechish.
    Adabiyotlar
    1. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.


    2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 бет.


    3. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.




    Download 2.48 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling