O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-mavzu. Aqliy zaif va psixik rivojlanishda ortda qolgan bolalar bilan suzish


Download 49.22 Kb.
bet6/15
Sana08.09.2023
Hajmi49.22 Kb.
#1674322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Suzish fanidan 2021

16-mavzu. Aqliy zaif va psixik rivojlanishda ortda qolgan bolalar bilan suzish
mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish xususiyatlari
Aqliy zaif va psixik rivojlanishda ortda qolgan bolalarning jismoniy rivojlanish
xususiyatlari. Aqliy zaif va psixik rivojlanishda ortda qolgan bolalar shikastlanishining
o‘ziga xosligi. Aqliy zaif va psixik rivojlanishda ortda qolgan bolalar bilan ishlash
xususiyatlari. Autist bolalar bilan ishlash xususiyatlari. Daun sindromi bo‘lgan bolalar
bilan ishlash xususiyatlari. Aqliy zaif bolalar bilan ishlash xususiyatlari.
17-mavzu. Nogiron bolalar bilan musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish
xususiyatlari
Nogiron bolalar bilan musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish xususiyatlari.
Shikastlanish turi va tashxisiga qarab musobaqalarni o‘tkazish xususiyatlari.
Shikastlanish turi va tashxisiga qarab tasniflash.

  1. Аmaliy, seminar yoki laboratoriya mashg`ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar

Amaliy va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professoro‘
qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy
ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar, qiyoslar
orqali yanada boyitadilar. Shuningdek darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar
bilimlarini mustaxkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy
maqollalarda va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar echish,
mavzular bo‘yicha taqdimotlar va ko‘rgazmalarni tayyorlash, qonun va me’yoriy xujatlardan foydalana bilish tavsiya etiladi.
III.1. Amaliy mashg`ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.Suvni o‘zlashtirish va suv muhiti bilan tanishtirish mashqlari.
2. Suv tubida har xil chuqurlikda va har xil usullarda harakatlanishni o‘rgatish.
3. Bolalarda suvda to‘g‘ri nafas olishni shakllantirish uchun o‘yinlar.
4. Suv tubida ko‘zni ochishni o‘rgatuvchi mashqlar.
5. Suvda ko‘krakda va chalqancha yotishni o‘rgatish.
6. Ko‘krakda va chalqancha sirpanishni o‘rgatish.
7. Suvda koordinatsion imkoniyatlarni va oyoq harakatlarini o‘rgatish.
8. Suvga tushishdan qo‘rqmaslikni, suvda o‘ynashni va suv sepishni o‘rgatish.
9. Suvga sho‘ng‘ishni, suv tubida ko‘zni ochishni, suv tubida mo‘ljal olish va
harakatlanishni o‘rgatish.
10. Suvda nafas chiqarishni o‘rgatish.
11. Oyoq harakati texnikasini o‘zlashtirish uchun mashqlar.
12. Suvda koordinatsion imkoniyatlarni, ko‘krakda va chalqancha suzishda qo‘l
harakatlarini o‘rgatish.
13. Oyoq harakati texnikasini o‘zlashtirish uchun o‘yinlar.
14. Sirpanishda qo‘l harakatini o‘rgatish.
15. Suvda koordinatsion imkoniyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish.
16. Suvni o‘zlashtirish va krol usulida suzishni o‘zlashtirish mashqlari.
17. Suvda koordinatsion imkoniyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, oyoq va
qo‘l harakatini moslashtirib, nafasni ushlab suvga nafas chiqarishni o‘rgatish.
18. Yengillashtirilgan usulda suzishni o‘rgatish.
19. Ko‘krakda va chalqancha usulda suzishni o‘rgatish.
20. Suvdagi bayramlarni tashkil qilish va o‘rgatish.
21. Tayanch harakat apparatida nuqsoni bor bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish
va o‘tkazish xususiyatlari.
22. Ko‘zi ojiz va ko‘zi ko‘rmaydigan bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish va
o‘tkazish xususiyatlari.
23. Eshitish qobiliyati buzilgan va kar bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilish va
o‘tkazish xususiyatlari.
24. Psixik rivojlanishda ortda qolgan va aqliy zaif bolalar bilan mashg‘ulotlarni tashkil
qilish va o‘tkazish xususiyatlari.
25. Nogiron bolalar o‘rtasida musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish.



Download 49.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling