O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I.Ta`lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar


Download 49.22 Kb.
bet8/15
Sana08.09.2023
Hajmi49.22 Kb.
#1674322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Suzish fanidan 2021

I.Ta`lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalar
Bolalarni suzishga o`rgatish metodikasi” fanining maqsadi.” fani bо‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bо‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bо‘yicha talabalarning bilim saviyasi va о‘zlashtirish darajasini Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari о‘tkaziladi:
II. Asosiy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
Fan bo’yicha nazariy mashg’ulotlar rejalashtirilmagan
III. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
O’quv jarayoni asosan:
-asta-sekinlik va izchillik bilan talabalarning salomatligini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish, ishchanlik qobiliyatini oshirish;
-jismoniy rivojlanishida funksional nuqsonlarni bartaraf etish, kasalliklardan keyingi asoratlarni tugatish;
-yangi amaliy-kasbiy ko’nikmalarni egallash;
-jismoniy va aqliy ish qobiliyatini rivojlantirish;
-zarur gigienik ko’nikmalar va kundalik sog’lomlashtirish jismoniy mashg’ulotlarini bajarish ehtiyojini shakllantirishga qaratiladi.
Talabalarni har tomonlama rivojlantirish va salomatligini tiklash uchun turli jismoniy sifatlarni (kuch, chidamlilik, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik va boshqa.) rivojlantiradigan mashq va vositalardan, shuningdek hayot uchun muhim ko’nikmalar: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va b. dan foydalanish lozim. U yoki bu kasalliklarda keng qo’llanadigan maxsus gimnastik mashqlardan foydalanish kerak.
- suzish mashg‘ulotlarida mashq qilish va o‘rgatish asoslari; suzishning usullarini o‘rgatish va o‘zlashtirish bo‘yicha tayyorlov mashqlari; suzish texnikasini takomillashtirish va o‘rgatishda maxsus sport mashqlari; ko‘krakda kroll va chalqancha kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‘rgatish; suzish mashg‘ulotlarida o‘rgatish metodlarini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
- suzishda startdan chiqish va burilishlarni o‘rgatish; suvda cho‘kayotgan odamga birinchi yordam ko‘rsatish; suzish bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqa hujjatlari, hakamlik qilish haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Butun ta’lim davri mobaynida talabalarni mustaqil shug’ullanish-gigienik gimnastika mashqlarini bajarish, kechirgan kasalligini hisobga olgan holda sog’lomlashtiruvchi yugurish, salomatlik guruhlarida qo’shimcha shug’ullanishga jalb qilish kerak.

Download 49.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling