O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
Kurs ishi Dilfuza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi maqsadi
KIRISHMavzuning dolzarbligi. Milliy mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng ko’plab o’zgarishlarga yo’l ochib berdi . Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini shakllantirish masalasini jiddiy vazifa qilib qo’ydi. Buning sababi “Milliy mustaqil davlat bor ekan uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’zi ta’siriga olish uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga qaratilgan intilishlar va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrarligidir”. Keltirilgan shu iqtibosdan ko’rinib turibdiki, milliy g’oya, avvalo mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur. Milliy istiqlol g’oyasi bajaradigan yana bir muhim funktsiya tarbiyaviy funktsiyadir. Milliy g’oyaning bu funksiyasi globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda yana ham dolzarbroq ahamiyat kasb etadi. Globallashuv faqat iqtisod va siyosat sohasida emas, balki ma’naviyat va mafkura sohasida ham jadallashib bormoqda. Aytish mumkinki, ma’naviyat va mafkura sohasidagi globallashuv boshqa sohalarga nisbatan jadalroq yuz bermoqda. Buning sababi o’z manfaatlarini ko’zlayotgan ba’zi davlatlar mamlakatimizga mafkuraviy jihatdan zararli va vayronkor ta’sir o’tkazishga urinayotganda har qanday xalqning ma’naviyati boshqa xalqlar ma’naviyatidan ajralgan holda rivojlanmaydi. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi mamlakatimiz yigit qizlarini Zamon talabalariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Davlat dasturi tasdiqlangan va unga asosiy vazifalar belgilangan. Kurs ishi maqsadi: mustaqillik sharoitida barkamol avlod tarbiyasining o‘ziga xosligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash hamda dolzarbligini yoritish. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling