O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni


Download 0,57 Mb.
bet7/10
Sana18.03.2023
Hajmi0,57 Mb.
#1282497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Dilfuza

Barkamol avlod tarbiyasida milliy g’oyaning o’rni


Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoshlarga qaratilayotgan e’tibor davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida qaralib, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan zamonaviy mutaxassislarni yetishtirish hamda jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, mard va jasur, vatanparvar, ma’naviyati yuksak, milliy g’oyani o’zida mujassam etgan shaxsni shakllantirishga e’tibor berila boshladi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar qabul qilinib, dasturlar ishlab chiqildi.
Milliy istiqlol g’oyasining mazmuni va mohiyatini tashkil etuvchi asoslardan biri- xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Tarix-buyuk murabbiy. U odamga namuna bo’ladigan misollarnigina emas, balki ba’zan achchiq saboqlar ham beradi.
Milliy istiqlol g’oyamizning falsafiy asosini eng avvalo milliy-ijtimoiy tafakkurning butun dunyoda mashhur nodir namunalari, buyuk ajdodlarimizning falsafiy merosi, diniy va ilmiy qarashlari, progressiv aholi qatlamlarining dunyoqarashi, xalq orasida keng tarqalgan ezgulik va adolat g’oyalari, sofko’ngillik va oliyjanoblik, halollik, jasorat, ma’naviy va jismoniy barkamollik tashkil etadi.
Istiqlol g’oyasining falsafasi, uning mazmuni va mohiyati, eng muhim prinsiplari jamiyatimizning progressiv taraqqiyot yo’lini, milliy davlat barpo etish jarayoni va istiqbollarini nazariy jihatdan asoslab bergan Islom Abdug’aniyevich Karimov asarlarida o’zining teran ifodasini topdi.
Milliy istiqlol g’oyasi kishilik sivilizasiyasining - qadimgi dunyo, antik dunyo, o’rta asrlar, boshqa davrlar va hozirgi zamonning falsafiy tajribasiga tayanadi. Milliy istiqlol g’oyasining mazmuniga G’arb va Sharq ijtimoiy tafakkurining qator buyuk vakillari, chunonchi, Suqrot va Konfusiy, Zardusht va Aflotun, Akvinskiy va Forobiyning va jadidchilik vakillarining hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan qarashlari: jahon dinlarida mavjud bo’lgan umuminsoniy gumanizm g’oyalari ta’sir ko’rsatmoqda.
“G’oya” tushunchasining hozirgi zamon ilmiy talqiniga muvofiq, u obyektiv
voqyelikning inson tafakkuridagi in’ikosi bo’lib, ayni paytda, inson ongi, borliqni aks ettirish bilan birga, o’zida bilish jarayonini yanada chuqurlashtirish va amaliy hayotni ijodiy o’zgartirishning keng, chuqur imkoniyatlarini mujassam etadi hamda o’z navbatida, uning o’zi ham ularning rivoji negizida muttasil taraqqiy topib boradi. “G’oya” borliqni to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirishi mumkin. Shunga qarab, u jamiyatning yo rivojiga yoki tanazzuliga xizmat qiladi.
Yashashdan maqsadimiz, xuddi shu milliy istiqlol g’oyasi bilan chambarchas bog’lanib, uyg’unlashib ketmas ekan, bunday hayot bema’nodir.
Prezidentimiz atrofiga birlashish, hamma masalada unga ko’mak berish, milliy istiqlolimizning mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, halollik, poklik, kamtarlik, oilaviy totuvlik, milliy ahillik, do’stlik-birodarlik haqidagi buyuk g’oyalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni talabalarning ongiga singdirish, xalqqa tushuntirish, ularning bajarilishiga o’z hissasini qo’shish-olimu fuzalolarning, shoiru yozuvchilarning sharafli burchi va bosh maqsadidir.
Ahli donishlarning har bir kalomi, ta’sirchan, serma’no asari odamlarning qalbi va ongiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etib, hayotimizdagi kamchiliklar, nuqsonlarni bartaraf etishga, yangi inson dunyoqarashini, uning ma’naviy hamda estetik qarashlarini shakllantirishga ko’maklashadi.
G’oyani amaliyotga joriy etuvchi kuch kim ekanligiga qarab, tor doiradagi manfaatlarni ko’zlovchi sinfiy g’oyalar, shuningdek, o’z mazmuni va miqiyosiga ko’ra insoniyatning ongi va qalbiga singan, barcha xalqlar uchun yuksak insoniy qadriyat hisoblanadigan, bashariyatning ezgu maqsadlariga xizmat qiladigan umuminsoniy g’oyalar ham mavjuddir.
Xalqni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlar sari birlashtirish, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishiga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni tarbiyalash, ularni bunyodkorlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas tuproq uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadidir.
Bu g’oya dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallab borayotgan mamlakatimiz xalqining istiqlol yillarida orttirgan tajribalarining, bosib o’tgan murakkab va shonli yo’lining, milliy tafakkuri va ma’naviyatidagi yuksalishlarning mantiqiy natijasi, xalq irodasining mujassam ifodasi sifatida shakllandi. Milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning asriy an’ana va qadriyatlarini, milliy o’zligimizni o’zida jamlaydi, ularni umuminsoniy qadriyatlar, dunyo tamaddunining yangi yutuqlari bilan boyitadi.
Bugungi notinch dunyodagi murakkab vaziyat haqida o’ylaganda milliy istiqlol g’oyasi, yurtdoshlarimiz, avvalo yosh avlod dunyoqarashini sog’lom asosda shakllantirish, diyorimizdagi tinchlik-osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni amaliy ishlar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotganiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayniqsa, “Vatan ravnaqi”, “Yurt tinchligi”, “Xalq farovonligi” kabi shu zaminda yashayotgan insonlarning barchasi uchun birdek qadrli bo’lgan muqaddas tushuncha va tamoyillarning asosiy g’oyalarimiz sifatida shakllanib xalqimizning qalbi va ongiga chuqur singib borayotgani, bu esa yurtimizdagi tinchlik- barqarorlikning, iqtisodiy o’sish va rivojlanishning muhim asoslaridan biri bo’lib xizmat qilayotgani hammamizni quvontiradi.
Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bejiz yemas.
Xo’sh, barkamollik, barkamol shaxs, barkamol avlod tushunchalari nima? Ular qanday shakllanadi?
Barkamollik – kamolotga yerishgan, komil topgan, bekamu ko’st, yetuk, barkamol inson. Barkamollik – jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yerishgan, yetuklik, mukammallik
holati.
Barkamol avlod – yerkin fikrlovchi, o’z xalqi uchun kurashuvchi, hur fikrli va istiqlol
g’oyalari bilan sug’orilgan, o’z Vataniga fidoyilik bilan bilan xizmat qiluvchi, tadbirkor va tashabbuskor ozod shaxsdir.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, barkamol avlod deganda, avvalo, jismonan baquvvat, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi.
Barkamol avlod deganda yoshlarimizning bilim-malaka va kasb-hunar hamda mutaxassislikni yegallashi, ilm-fanda yuksak davonlarga ko’tarilishi demakdir.
Darhaqiqat, hozirgi globallashuv sharoitida yoshlarimiz oldiga qo’yilayotgan talablar yuksak hamda mas’uliyatlidir. Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo’lishlarini orzu qilayotgan, barcha intilishlarimizni shu maqsadga yo’naltirgan yekanmiz, buning uchun, birinchi galda, ma’naviy tarbiya beradigan milliy g’oya masalasiga katta ahamiyat bermog’imiz asosiy vazifadir.
Yuqorida qayd yetib o’tilganidek milliy g’oyaning jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyati beqiyos. Milliy g’oyani o’zida tarkib toptirmagan kishilarsiz yetuk kishilik jamiyati qurish mumkin yemas va milliy g’oya shaxsning barkamol shakllanishida asosiy o’rin tutadi. Xususan, milliy g’oya tushunchalariga yega bo’lgan bo’lajak o’qituvchilar kelajakda yosh avlodni ma’naviy yetuk, ijobiy-axloqiy sifatlar bilan qurollantirib tarbiyalaydi, o’zida bor ijobiy fazilatlarni o’z o’quvchilarida ko’rishga intiladi va natijada jamiyatimizda adolatli, vatanparvar, insonparvar shaxslar ko’payib boraveradi. Ular yesa o’z navbatida jamiyat taraqqiyoti uchun doimo o’zlarining munosib hissalarini qo’shishga intilib yashaydi. Chunki yurtimizning yertangi kuni taraqqiyot uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yetuk mutaxassis yoshlarga bog’liq. Bu muhim masalaga davlatimiz tomonidan davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.



    1. Download 0,57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling