O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Mustaqillik sharoiti va ilm-fan taraqqiyotida barkamol avlod


Download 0.57 Mb.
bet5/10
Sana18.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1282497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi Dilfuza

Mustaqillik sharoiti va ilm-fan taraqqiyotida barkamol avlod

tabiyasining ustuvor jihatlari


Hozirgi davrdagi jamiyat taraqqiyoti intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalash muammosini nihoyatda dolzarbligini ta’kidlamoqda va u ham milliy, ham umumbashariy mazmun-mohiyatga ega, uning ijrosi insoniyatni ma’naviyat va ma’rifatga, yuksak barkamollikka, ezgulikka olib boradi. Shu sababli ham intellektual salohiyatli avlod va uni shakllantirish muammosining yechimlari azal-azaldan xalqimizning ezgu-orzusi bo’lib kelgan.
O’zbek xalqining o’tmishiga nazar soladigan bo’lsak ajdodlarimiz ham yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishga doimo e’tibor berib kelgan va ularning doimiy amaldagi orzusi bo’lgan. Bunday orzuga erishish nafaqat oila boshlig’i yoki ta’lim muassasalaridagi murabbiylar, balki yurtimizning donishmandlari-ziyolilari (olimlar, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, hadischilar va h.k.) va adolatparvar hukmdorlarning ham bosh maqsadi bo’lgan.
Jumladan, Abu Nasr Farobiyning fozillar jamiyati, Yusuf Xos Hojibning «Saodatga eltuvchi bilim», shuningdek, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Hoja Ahrori Valiy, Al-Marg’inoniy, An-Nasafiy, Az-Zamahshariy, Najmiddin Kubro, Ya’qub Charhiy, Xoja Muhammad Porso, Mahdumi A’zam Xojogon, Kosoniy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Abdulholiq G’ijdivoniy va boshqalarning ilmi hadis yo’nalishidagi ta’limotlari va Al-Xorazmiyning dunyoviy ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari, Ibn Sino tibbiyoti, Abu Rayhon Beruniyning qomusiy ilmi va ijtimoiy axloqiy qarashlari, Amir Temur davlatchiligi va tuzuklari hamda uning adolatli ijtimoiy-tashkilotchilik ishlari, Mirzo Ulug’bekning koinot haqidagi ta’limoti, Mirzo Boburning ta’limni («Xatti Boburiy») isloh qilish sohasidagi, Alisher Navoiyning adolatli jamiyat va ma’rifatga chaqiruvchi ta’limotlari, Ma’mun akademiyasining ta’limotlarida teran ifoda qilingan.
Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “...hech shubhasiz, buyuk ajdodlarimiz merosiga tayangan holda hozirgi zamon va taraqqiyotning yangi va yuksak cho’qqilarini egallashga intilishimiz, o’zimizning nimalarga, qanday ulkan ishlarga qodir ekanligimizni namoyon etishimiz, barchamiz, avvalo, navqiron avlodimiz uchun ham qarz, ham farz bulishi shart”.
Hozirda bunday boy o’tmish merosimizga ega bo’lgan ajdodlarimiz orzusiga mustaqillik tufayli erishildi va respublikamiz ahlini turli jabhalarida tub burilishlarga, islohatlar qilishga ilhomlantirdi. Jumladan, ta’lim tizimida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (KTMD) qabul qilinib, bulardan maqsad – ta’lim sohasini tubdan isloh qilishni, uni o’tmishdan qolgan zararli sarqitlardan to’la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir.
Ma’lumki, bunday maqsadni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi (UTT)da islohatlarni muntazam amalga oshirib va kuzatib borishni takozo etadi.
Ushbu faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar nazarda tutilmog’i lozim:

  • ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turini rivojlantirish;

  • uzluksiz ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish: ta’lim, fan, texnika va texnologiyalarning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqiyosidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar dasturlarini tubdan o’zgartirish;

  • ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish va yangilarini yaratish iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el invistisiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog’liq, ya’ni kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish;

  • milliy istiqlol tamoyillari va xalqni boy intellektual meros hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish;

  • ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish jamiyat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish;

  • ta’lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlar rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;

  • ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tizimini yaratish va joriy etish;

  • uzluksiz ta’lim tizimi fan va amaliyot (ishlab chiqarish) bilan integrasiyalashning mukammal mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • ta’lim , ilm-fan bilan bog’liq ishlarni chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish xamda rivojlantirish;

  • ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish va h.k.

Demak, yuqorida qayd etilganlarni hisobga oladigan bo’lsak, uzluksiz ta’lim tizimining bosh masalalaridan biri yosh avlodni «Davlat ta’lim standartlari» (DTS) talablari darajasida tayyorlashdan iborat. (Bu yerda DTS jamiyat taraqqiyotiga mos muntazam ravishda takomillashtirilib borishi ham e’tiborga olinadi).
Umuman olganda barkamol avlod tarbiyasi o’zining ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy- uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab va mas’uliyatli dinamik jarayondir.
Demak, taraqqiyotning O’zbek modeliga asoslangan barkamol avlod tarbiyalash orzusini ifodalashga ma’naviy, iqtisodiy va qonuniy asoslarimiz bor. Shu sababli ham shakllanayotgan avlod o’z ixtisosligi bo’yicha jahon talablari darajasiga javob beruvchi, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi mutaxassis, yuksak ma’naviyatli va axloqiy yetuk barkamol avlod bo’lishi lozim.
Navbatdagi vazifa orzuga erishishning usul va vositalari hamda yo’llarini belgilab olishdan iboratdir. Ularni quyidagicha ifodaladik:

  • ta’lim-tarbiya berish va unga mos intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalash tizimini jamiyatda yuz berayotgan xamda rivojlanish sari qadam qo’yilayotgan jarayonlar bilan muntazam ravishda moslab borish;

  • barkamol avlodni ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy axloqiy tarbiyalashning istiqbolli uslub va vositalarini ishlab chiqish xamda qo’llash.

Belgilangan maqsad va vazifani amalga oshirish uchun uzluksiz ta’lim tizimining ahamiyati beqiyosdir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy modelida uzluksiz ta’limga alohida e’tibor berilgan.
Mazkur uzluksiz ta’lim tizimi ketma-ketligi oldingi ta’lim tizimidan farqli o’laroq unda uzilish yo’q, ya’ni ma’lum bir bosqichlardan keyin yoshlarimiz bo’sh qolmaydilar. Ayniqsa, ularni dasturlar bilan ta’minlashlar kadrlar tayyorlash milliy dasturida markaziy e’tiborlardan biri hisoblangan, ya’ni umumta’lim maktablari (I-IX sinflardagi), o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim dasturlarini tuzishda tayanch ta’lim dasturlar vazifasini bajarib, ular o’zaro uyg’unlashib uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etadi.
Davlatimiz bugungi kunda intellektual salohiyatli avloddan O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lishdek muhim va istiqbolli ezgu-niyatlar qilmoqda. Bunday ezgu-niyatlarni amalga oshirishda nafaqat uzluksiz ta’lim tizimi, intellektual salohiyatli avlod orzusi va vazifalari, balki mustahkam ilmiy asoslangan uzluksiz ta’lim tarkibi ham kerak. Ushbu ishda uzluksiz ta’lim tarkibini quyidagicha ifodalashni taklif qildik:

  • maktabgacha tarbiya (xonadon bog’chasi, fermer xo’jaligi bog’chasi va bolalar bog’chasi);

  • umumiy o’rta ta’lim (1-4- sinflar va 5-11- sinflar);

  • o’rta-maxsus ta’lim (kasb-hunar kolleji, akadem liseylar);

  • oliy ta’lim (institut, universitet, akademiyalarda bakalavriyat, magistratura);

  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspiranturaga va doktoranturaga ruxsat berilgan oliy o’quv yurtlarida, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida);

  • kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash (kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash universitetlarida, xodimlar malakasini oshirish institutlarida, kadrlarni qayta tayyorlash huquqi berilgan o’quv markazlarida);

  • maktabdan tashqari ta’lim («ustoz-shogird» guruhlarida, ommaviy sprot tadbirlarida, to’garaklarda, milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg’or tajribalarni inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy vositalarni joriy qilish va h.k.).

Barkamol avlod tarbiyasi uchun qayd etilgan ta’lim tizimi tarkibi Davlat ta’lim standartlari talabi asosidagi kadrlar tayyorlashning uzviy tarkibiy qismi bo’ladi va undan foydalanib jahon ta’limi talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash mumkin.
Tarbiyalayotgan yosh avlodimiz, qo’yilgan maqsadga javob bergan holatga kelgandan keyin amaliy faoliyatga (mehnat bozori)ga yo’llanma beriladi, aks holda qo’shimcha chora- tadbirlar belgilanib, intellektual salohiyatli avlod tarbiyasi maqsadiga mos qo’shimcha ta’lim- tarbiya olib boriladi.
Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonida, ayniqsa ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo’lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarimizning og’ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo’ladi.
Mamlakatimiz Prezidentining ta’limni rivojlantirishga, yoshlarga jahon andozalariga mos bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularni milliy g’oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda intellektual salohiyatli kadrlar qilib yetishtirish borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi kundagi mazmun-mohiyati tubdan o’zgardi.
Eng asosiysi, mamlakatimizda barkamol avlod ta’lim-tarbiyasini kafolatlovchi milliy model yaratildi. Bugun mamlakatimiz aholisining 60 foiziga yaqinini yoshlar tashkil etadi. Ular uchun respublikamizda barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Bu ham intellktual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashga bo’lgan e’tiborning omiliy bir ko’rinishi ekanligi shubhasizdir. Shu o’rinda bir savol tug’iladi: Zamonaviy intellektual salohiyatli yosh avlod kim va u o’zida qanday fazilatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi lozim? Biz ushbu savolga quyidagicha javob berishni lozim deb topdik:
Barkamol avlod – bu yuksak aql zakovat sohibi, mustaqil fikrni erkin bildira oladigan, milliy g’oyaning tub ma’no mazmunini anglab yotgan va ularga sodiq bo’lgan, dunyoqarashi keng, sog’lom fikrli, mahalasi, uyi tinchligi uchun jonini fido etishga tayyor turuvchi o’z Vatani dovrug’ini jahon uzra keng yoyadigan haqiqiy bunyodkor shaxs.
Hozirgi paytda bu sohada keng ko’lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda milliy qadriyatlarni milliy g’oya uyg’unligi asosida tashkil etishga ahamiyat berilayotgani intellektual salohiyatli yoshlar ongining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki tarbiyalanayotgan barkamol avlodning ongi va dunyoqarashini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirmasdan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti bu sohaga bo’lgan e’tiborining mohiyati haqida shunday degan edi: “Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanish, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarali va taqdiri – bularning barchasi, avvalombor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”.
Modamiki, davlatimiz kelajagimiz vorislari bo’lgan zamonaviy intellektual salohiyatli yoshlar ta’lim tarbiyasiga hyech narsani ayamayotgan ekan, o’z umrini bunday ulug’ va mas’uliyatli ishga bag’ishlagan har bir pedagog davlat va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonchga munosib bo’lish, pedagogik faoliyatida yuksak samaradorlikka erishish bilan javob berishi, XXI asr avlodini tarbiyalashda faol qatnashish lozim.



  1. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling