Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi
PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI
Download 217 Kb.
|
metodichka (4) WORD
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA TALABALARNING HUQUQ VA VAZIFALARI
2. PEDAGOGIK AMALIYOTNING MAZMUNI1. Maktabning oʻquv-tarbiya ishlari bilan tanishish, pedagogik hodisalarni kuzatish. Oʻquvchilar va sinf jamoasining psixologik xususiyatlarini oʻrganish. Bolalar va oʻsmirlar, yoshlar tashkilotlaridagi tarbiyaviy ishlar bilan tanishish. Maktabning ish tajribalarini, oʻqituvchi va sinf rahbarining oʻquv tarbiyaviy ishlarini oʻrganish va tahlil qilish. Oʻquvchi va oʻqituvchilar tarkibini oʻrganish. Oʻqituvchining, sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlar olib borish. Fanlar boʻyicha sinfdan tashqari mashgʻulotlarga qatnashish va tashkil qilish. Psixologik-pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarini amalda foydalanish. Maktabdagi oʻquv-tarbiya ishlarini oʻrganish, taqqoslash, tanqidiy qarash va ularni amalda foydalana bilish. Oʻquvchilarning kasbiy qiziqishlarini oʻrganish, oʻquvchiga psixologik- pedagogik tavsifnoma tuzish. Sinf rahbarining yordamchisi sifatida tarbiyaviy ishlarni uyushtirish. Fan oʻqituvchilarining yordamchisi sifatida oʻquv-tarbiya ishlarini bajarish. Psixologik-pedagogik va uslubiy fanlar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritish. Maktabning oʻquv-tarbiya ishlari sistemasini, oʻquvchini va oʻquvchilar tarkibini har tomonlama oʻrganish. Fanlar boʻyicha sinf va sinfdan tashqari ishlarni olib borish, dars va tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishda opponent vazifasini bajarish. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish. Sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma berish. Uslubiy va ilmiy ishlarni bajarish. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA TALABALARNING HUQUQ VA VAZIFALARITalabalar pedagogik amaliyot davrida xohlagan masala boʻyicha pedagogika institutining pedagogik amaliyot va maktab rahbariyatiga, oʻquv oʻrni oʻqituvchilariga murojaat qilishi, oʻquv – tarbiyaviy ishlarni rivojlantirish, amaliyotning tashkiliy masalalari boʻyicha tavsiyalar berish, oʻquv muassasalaridagi bolalar va oʻsmirlar, yoshlar va kasaba uyushmalarining konferentsiya va yigʻilishlariga qatnashish, kutubxona, fan kabinetlaridan va mavjud oʻquv-uslubiy qurollardan foydalanish huquqiga ega. Oliy pedagogika ta’lim muassasasining talaba amaliyotchilari pedagogik amaliyot jarayonida: -pedinstitutning (peduniversitetning), fakul’tetning pedagogik amaliyot boʻyicha rahbari, guruh rahbari, metodistlar, pedagogika va psixologiya oʻqituvchilari, maktab rahbariyati va oʻqituvchilarning topshiriqlarini ma’suliyat bilan bajarishga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidasini qat’iyan saqlashga, kamtarinlik, tashkilotchilik, tartib-intizom, odoblilik va mehnatsevarlilik namunasi boʻlishiga; pedagogik amaliyot dasturlarida koʻrsatilgan barcha vazifalarni bajarishga, bolalar bilan oʻtkaziladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning tashkil qilinishi va uyushtirilishiga puxta tayyorlanishga, ularning reja va dasturlarini, konspektlarini tuzishga, uni oʻqituvchi, sinf rahbari va uslubiyotchiga tasdiqlatishga; dars jadvaliga muvofiq barcha oʻquv tarbiyaviy ishlariga va ularning tahliliga faol qatnashishga, ma’lum sifatda amaliyot kundaligini yuritish va amaliyot yakunida guruh rahbariga hisobot berishi va amaliyot boʻyicha sinov topshirishi shart. Yuqorida e’tirof etilgan talablarni bajarmagan amaliyotchi pedagogik amaliyotdan chetlashtiriladi. Pedagogik amaliyotdan chetlashtirilgan yoki pedagogik amaliyot davridagi faoliyati uchun noloyiq baho olgan talaba ushbu semestrdagi oʻquv rejasini bajarmagan hisoblanadi. Fakul`tet (Institut) kengashi qarori bilan unga oʻqishdan uzluksiz ravishda takror pedagogik amaliyot belgilanadi. Download 217 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling