O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 1.04 Mb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1347323
1   2   3
Bog'liq
Yo’ldosh shakllanishida dastlabki a’zolarning ro’li Reja

Yo’ldosh turlari . Embironning ona organizmidan oziq moddalar bilan ta'minlanishi har xil bo’ladi. Shuning uchun yo’ldoshning quyidagi turlari
bo’ladi:
1. Epitelioxorial yo’ldosh, u yarim yoki chala yo’ldosh deb ham ataladi. Bunday yo’ldoshda vorsinka o’simtalari yaxshi rivojlanmaydi va faqat do’ngchasimon bo’lib, bachadonning shillimshiq qavatiga botib kiradi. Tug’ish vaqtida vorsinkalar bachadonga zarar yetkazmay, o’z chuqurchalaridan chiqadi. Tug’ish og’riqsiz va qon ketishsiz o’tadi. Bunday yo’ldosh cho’chqa, ot, tuya, lemur, kitsimonlar va boshqa hayvonlarda uchraydi
2. Desmoxorial yoki biriktiruvchi to’qimali yo’ldosh vorsinkalarning ko’pligi bilan epitelioxorial yo’ldoshdan farq qiladi. Xorion vorsinkalari bilan birikkan joyda bachadon shilimshiq qobig’ining epiteliysi yemiriladi. Tarmoqlanib ketgan vorsinkalar epiteliydan o’tib, biriktiruvchi to’qimaga botadi va ona qon tomiriariga yetib boradi. Bunday yo’ldosh katelidon deyilib, embrionning dastlabki davrlarida embrionga nisbatan 200 marta katta bo’ladi. Bunday yo’ldosh kavsh qaytaruvchilarga xosdir.
3- Vazoxorial yoki endotelioxorial yo’ldosh hosil bo’lishida bachadon shilimshiq epiteliysi ham, biriktiruvchi to’qima ham yemiriladi hamda vorsinkalar qon tomirlariga yetib boradi. Qon tomirlari vorsinkalar oldida kengayadi. Ona qoni embrion qonidan yupqa endotelial hujayra bilan ajralib turadi. Shuning uchun oziq modda va gazlar almashinuvi qiyinchiliksiz sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh yirtqich sut emizuvchilarda hosil bo’ladi.
4. Gemoxorial yo’ldosh hosil bo’lishida bachadonda chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bunday yo’ldosh hasharotxo’rlar, kemiruvchilar, barcha


Yo’ldoshning tuzilishi (Yu.I.Afanasev, 1990 bo’yicha).
A-Yo’ldoshning tuzilishi (qonning sirkulyasiyasi strelkalar bilan ko’rsatilgan); B-yo'ldosh
vorsinkalarining tuzilishi; V,G-uch oylik va to’qqiz oylik homiladorlik davrlarida qon-yo'ldosh
to’sig’ining tuzilishi.
I-amnion epiteliysi; 2-xorion; 3-vorsinka; 4-fibrinoid; 5-sariqlik xaltasi; 6-kindik ipi; 7-yo'ldosh
chegarasi; 8-lakun; 9-spiralsimon arteriya; 10-endoraetriyning bazal qavati; 11-miometriy; 12-
simplastotrofoblast; 13-sitotrofoblast; I4-bazal membrana; 15-kapilyar; 16-trofa blast; uzuq chiziqli joylar qon-yo’ldosh to’sig’ining qalinligini biidiradi. ,Yo’ldosh tiplari (K.G.Gazaiyan, L.V.Betov, 1983 bo'yicha). A-epitelioxorial; B-desmoxorial; V-endotelioxorial; G-gemoxorial.
p rimatlar va odamlarda uchraydi. Bachadondagi bezlar yo’qoladi, biriktiruvchi to’qima va qon tomirlarining devori yemiriladi. Yemirilgan to’qimalar o’rnidan tomirlardan quyilgan qon bilan to’lgan katta bo’shliqlar hosil bo’ladi. Xorion vorsinkali qon bilan yuvilib turadi va undan oziq moddalarni so’rib oladi. Vorsinkalarning tomirlari bilan bachadon o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatilmaydi . Moddalar almashinuvi vorsinkalarning yupqa devori orqali sodir bo’ladi. Embrion bilan ona organizmi o’rtasida yaqin aloqa bo’lganligi uchun tug’ish davrida "bachadon devori ancha qismining tortilishi va ancha qon ketish bilan amalga oshadi. Homiladorlik davrida bachadon shilimshiq qavati hujayralari oqsil, yog’, uglevod ajrata boshlaydi. Bu moddalar "bachadon suti" liam deyiladi. Bu moddalar embrion uchun oziqa sifatida sarflanadi.
Tug’ish davrida homila bachadon bo’yni orqali o’tayotganda, uning qobiqlari yirtiladi va tashqariga amnion suyuqligi oqib chiqadi. Tug’ishdan keyin yo’ldosh ajralib chiqadi, oldin ko’p qon ketadi va asta-sekin to’xtaydi. Bachadonda shilimshiq qobiq epiteliysi qaytadan tiklanadi. Asta-sekin tuxumdonda graaf pufakchalari yangidan yetila boshlaydi, ovulyasiya sodir bo’ladi va menstrual sikl qaytadan tiklanadi.Yuqorida ko’rib chiqilgan yo’ldoshning barcha turlarida ona va embrion qoni o’zaro qo’shilmaydi. Agar bu qonlar qo’shilsa, har ikkala organizm uchun ham xavflidir. Embrion epitelioxorial va desmoxorial yo’ldosh orqali gistotrof yo'l bilan oziqlanadi. Bunday vorsinkalar bachadon bezining sekretini va biriktiruvchi to’qimaning elementlarini hazm bo’ladigan holatga keltiradi. Odam embrionida yo’ldosh hosil bo’lishining boshlang’ich davrida gistotrof oziqlanish bo’lib, embrion keyinchalik geraotrof oziqlanishga o’tadi. Past molekulyar oziq moddalar xorial o’simtalar devoridan embrion qoniga bemalol so’rilib o’tadi. Ona qonidagi moddalar fermentlar ta'sirida parchalanadi va embrion ehtiyoji uchun qayta ishlanadi. Ona qonidagi oqsillar vorsinkalarning to’sig’i orqali o’ta olmaydi. Shuning uchun oqsillar aminokislotalar holida o’tadi. Yo’ldoshning muhim vazifalaridan biri ona va embrion qonidagi gazlar almashinuvi va nafas olish jarayonini boshqarishdir-Ona qonidagi kislorod voisinkalar atrofida to’planib, diffuziya yo’li bilan xorion qon tomirlari orqali embrionga o’tadi. Embrionda gazlar almaslunuvi sodir bo’lib, hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi yaiia ona qoniga o'tadi-Yo’ldosh qoldiq moddalarni embriondan ona organjzmiga o’tkazish vazifasini ham bajaradi. Ba'zan homiladorlik ona organizmida katta o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi. Yo’ldosh ona organizmi va embrion o’rtasidagi himoya vazifasini ham bajaradi. Yo’ldosh ona qonidagi toksin moddalar,mikroorga nizmlarning embrionga o’tishiga yo'l qo’ymaydi. Ba'zi viruslar bu to’siqdan o’ta oladi va embrionni halok qiladi. Yo’ldosh ichki sekresiya bezlarining vazifasini ham bajaradi. Yo’ldosh estrogen, progesteron va ganodotrop gormonlar ishlab chiqarishi mumkin. Bu gormonlar jinsiy bezlarga, sut beziga, embrionning o’sishiga ta'sir etadi va yo’ldoshdagi qonning ivishiga yo'l qo’yrmaydi. Demak, sut emizuvchilar embrionining nafas olishi va oziqlanishi uchun bir necha moslamalar bor. Ular tuxumdagi oriqlik xaltasidan turlicha foydalanishlari mumkin. Rivojlanishning boshida sariqlik xaltasining ustida qon tomirlari paydo bo’lib, ular orqali embrion nafas oladi. Sariqlik xaltasining ikkinchi vazifasi esa oziq modda yetkazishdir. Keyinchalik bu vazifani allantois bajaradi. Qoramollarning tuxumi alesital, ya'ni sariqlik moddasi bo’lmaydi, ammo sariqlik xaltasi yaxshi rivojlangan bo’lib, bachadonning shilimshiq qavatidan oziq moddani embrionga o’tkazadi. Allantois esa keng xalta shaklida bo’lib, moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan suyuq qoldiq moddalami yig’ishi- mumkin. yo’ldoshlilarda allantois embrionni kislorod va oziq moddalar bilan ta'minlashi, chiqindi moddalarni ona organizmiga o’tkazish vazifalarini bajaradi.
Xulosa
Shunday qilib, yo’ldosh ona va homila o’rtasida gazlar almashinuvi, moddalar almashinuvi sodir bo’lishini ta'minlaydi, qonning ivishiga, embrionga infeksiya, toksinlar kirishiga yo'1 qo’ymaydigan moddalar, shuningdek, embrion va ona organizmi rivojlanishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi.
Spirtli ichimliklar, chekish, giyohvand moddalar iste'mol qilish embrionga salbiy ta'sir ko’isatadi va embrionning nobud bo’lishiga, mayib, majruh, irsiy kasalliklar bilan tug’ilishiga sababchi bo’ladi.
Maxsus tibbiy -genetik maslahat "markazlari tashkil etib, oila qurishga qaror qilgan yoshlarga ular oilasida tag’iladigan farzandlar salomatligi haqida tushuncha berishni joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Odam genotipining namayon bo’lishida spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, chekish juda yomon ta'sir etadl. Ular odamlarda zararli mutasiyalar sonini ko’paytiradi, har xil jigar, buyrak, yurak, asab kasalliklarining ko’payishiga sabab bo'ladi.Bunday bolalar aqliy jihatdan qoloq, ruhiy va jismoniy jihatdan zaif bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “O’qituvchi” 2. Akayevskiy A.I. Anatomiya domashnix jivotnix M.: “Kolos” 1975 3. Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986 4. Sidorova M.V. M.: VO “Agropromizdat” 1991 5. Sidorova M.V. Davidova Praktikum po anatomi s osnovami gistologii L.: “Selxozizdat” 1985 6. Vrakin V.F. embriologi selskoxozyaystvennux jivotnux M. “Kolos” 1982. 7. Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984. 8. Qodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994

Internet saytlari:
1. www.google.com
2. www.ziyo.uz.com
3. www.arxiv.uz
4. www.ziyonet.uz

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling