O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Ingliz va O’zbek tillaridagi fe’lli qurilmalarning qiyosiy tahlili


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana02.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1422368
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi

2.4. Ingliz va O’zbek tillaridagi fe’lli qurilmalarning qiyosiy tahlili. 
Sodda gap tarkibiga turli sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart 
maylidagi fe‟lli o‟ram (o‟ram)larni kiritish natijasida bu gap qurilishi 
murakkablashishi 
(ham 
shakl, 
ham 
mazmun 
jihatdan) 
va 
bunday 
o‟ram(o‟ram)lardagi ikkinchi darajali predikatsiyaga ko‟ra gapda predikativ 
jamlanish yuzaga kelishi mumkin. Ana shunday o‟ram (o‟ram)lar bilan 
27
М.В.Бадхен. Понятие пространственной локализации и его интерпритация в английском языке // 
Лингвистические исследования. Анализ синтактических единц. Москва, 1986. 
28
А.М.Пешковский. Русский синтаксис в научом освешинии. Москва, 1956; А.А.Потебния. Из записок по 
русской грамматике, Москва,1958. 


46 
murakkablashgan sodda gaplarda bu predikativ jamlanishga ko‟ra shu tipdagi 
gaplarning sintaktik maqomini belgilashda, ya‟ni bunday gaplar haqiqatan ham 
sintaktik jihatdan sodda gapmi yoki ergash gapli qo‟shma gapmi, degan masalada, 
xususan, turkologiyada, qolaversa, boshqa tilshunosliklarda ham uzoq yillardan 
beri keskin munozara boradi, biroq, hanuzgacha yagona, to‟g‟ri, ko‟pchilik 
tomonidan tan olingan bir fikrga kelinganicha yo‟q. 
Bunday tizim (konstruksiya)lardagi, garchi ikkinchi darajali bo‟sa-da, 
predikatsiya ayni tizimlarni ma‟lum darajada ergash gap sifatida qo‟llanuvchi 
muayyan tizimlar bilan yaqinlashtiradi. Ana shundan kelib chiqib, o‟z egasiga ega 
bo‟lgan sifatdosh o‟ramlarni aniqlovchi ergash gap deb talqin qilish to‟g‟ri emas, 
bunday tizimlar bilan to‟la ma‟nodagi ergash gaplar o‟rtasida to‟liq tenglik yo‟q. 
Bu tizimlarning “bosh gap” bilan bog‟lanishida ergash gaplarning bosh gap bilan 
bog‟lanishidagiga qaraganda sezilarli darajada farq bor. Ayni paytda bu 
tizimilardagi kesim deb qaralgan fe‟l shakllarning kesimlik darajasi ham “bosh 
gap”dagi kesim bilan aynan bir xil emas. 
Mazkur tizimlarda muayyan propozitsiya ifodalanadi. Bu propozitsiya esa 
harakat va uning bajaruvchisi o‟rtasidagi, belgi va belgi egasi o‟rtasidagi va shu 
kabi munosabatlardan iborat bo‟ladi. Shuning uchun ham bunday tizimlarning 
bo‟laklari o‟rtasida, sub‟ekt – predikat aloqasi mavjud, ammo ularda gap 
qurilishining muhim ega-kesimlik belgilarining yo‟qligi bu birliklarning gap 
sifatida qaralishiga imkon bermaydi. Mazkur sub‟ekt – predikat aloqasiga ko‟ra 
bunday tizimlarni ikkinchi darajali predikatsiyali tizimlar deb nomlash mumkin. 
Ana shunday tizimlarda predikativ bo‟lak vazifasini fe‟lning shaxssiz 
shakllaridan tashqari bor, yo’q kabi modal so‟zlar, shuningdek, boshqa ko‟pgina 
belgi ifodalovchi so‟zlar ham bajarib kelishi mumkin. Masalan:They were met by 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling