83
bilan asosiy predikat sub‟ekti o‟rtasida shunday
zich grammatik va mazmuniy
aloqa mavjud bo‟ladiki, bundan ana shu asosiy predikat sub‟ektining sifatdosh
o‟ram ko‟chimidan oldingi qurilmada konstruktiv bo‟lak – vositasiz to‟ldiruvchi
sifatida qatnashganligini sezish qiyin emas.
Boshqacha qilib aytganda, asosiy
predikatning sub‟ekti ayni paytda sifatdoshdan iborat predikativ bo‟lak ifoda etgan
harakatning vositasiz (harakat bevosita o‟tadigan) ob‟ektini ham ifoda etadi. Bu
holat o‟ramdagi predikativ bo‟lak o‟timli sifatdoshdan iborat bo‟lgandagina
kuzatiladi. Masalan:
Men sevgan qiz meni sevmas ekan (N.Aminov)//The girl I
loved would not love me gapidagi asosiy predikat
(sevmas ekan)ning sub‟ekti –
qizga xos doimiy bo‟lmagan belgi
men sevgan//the girl I loved sifatdosh o‟rami
bilan ifodalangan.
Bu sifatdosh o‟ramning predikativ bo‟lagi bo‟lmish
sevgan//loved – o‟timli
shakldir, shuning uchun ham asosiy predikatning sub‟ekti sifatida qatnashayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: