o’sha qo’shiqni eshitganingizda siz tabiat qo’ynida bo’lgansiz. Bu o‟rinda aniq
sintaktik ifodaga diqqat qilinayapti, aslida har ikki predikatdagi mavjud morfologik
ko‟rsatkichlar bir shaxsni ko‟rsatib turibdi.
Bunday holatlar yuqoridagi fikrni shubha ostida qoldirmaydi, balki unga
yana ham aniqlik kiritadi. Ya‟ni sifatdosh o‟ramlar otlashib, o‟rin-payt va chiqish
kelishiklari bilan shakllansa, undagi predikativ bo‟lak bilan asosiy predikatning
sub‟ekti bir shaxsda bo‟lgandagina sifatdosh o‟ram payt va sabab holi sintaktik
o‟rnida kela oladi. Bunda ham gapning mazmun jihati murakkablashadi.
Sub‟ekt bo‟lagi sintaktik jihatdan bevosita ifodalanmagan sifatdosh
o‟ramlarda sub‟ekt bo‟lak, garchi sintaktik jihatdan bevosita ifodalanmagan bo‟lsa-
da, mazmuniy jihatdan asosiy predikatning sub‟ekti, ob‟ekti, belgisi yoki shu
kabilari bilan o‟z referentiga ko‟ra bir xil bo‟ladi. Boshqacha qilib aytganda,
mazkur ikkinchi darajali predikatsiyaning sintaktik jihatdan ifodalanmagan sub‟ekt
bo‟lagi asosiy predikatsiya ifodachisi bo‟lgan gapda mazmunan mavjud bo‟ladi.
Ana shu asosiy va ikkinchi darajali predikatsiyalarni ifodalashda u yoki bu
darajada qatnashuvchi muayyan bo‟laklarning referent jihatdan bir xilligi bir sodda
gap doirasida ikki yoki undan ortiq propozitsiyaning ifodalashini ta‟minlaydi va,
demak, gap mazmuniy qurilishining murakkablashishi uchun zaruriy sharoit
yaratadi.
Bunday sifatdosh o‟ram asosiy predikatning sub‟ektini ifodalagan bo‟lakni
aniqlab kelishi mumkin. Bunda mazkur sintaktik ifodalanmagan sub‟ekt bo‟lak
asosiy predikatning ana shu aniqlanayotgan ob‟ekti bilan referent jihatdan bir xil
bo‟ladi, ya‟ni u mazmunan mavjud. Yana ham aniqrog‟i, asosiy va ikkinchi
darajali predikatlarning sub‟ektlari umumiy bo‟ladi. Predikatsiyaning zaruriy
uzvlaridan biri bo‟lgan sub‟ektlarning bunday umumiyligi asosida gap mazmuniy
qurilishi murakkablashar ekan, ikki (yoki undan ortiq) mazmun munosabatlarining
bog‟lanishi juda zich, bo‟ladi. Masalan: Hali hech kimdan bunchalik maqtov
91
Do'stlaringiz bilan baham: |