O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
eshitmagan Botirbekov juda erib ketdi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (erib ketdi)
- 3.6. Ingliz va O’zbek tillaridagi gerundiyli predikativ qurilmalar va gaplar o’rtasidagi sintaktik sinonimiya.
eshitmagan Botirbekov juda erib ketdi (P.Qodirov)//Batirbekov who never
heard such a praising from anyone became very pleased gapidagi hali hech kimdan bunchalik mqatov eshitmagan sifatdosh o‟ramida eshitmagan predikativ bo‟lagining sub‟ekt bo‟lagi sintaktik jihatdan bevosita ifodalanmagan. Ammo asosiy predikat (erib ketdi)ning mazkur sifatdosh o‟ram aniqlab kelgan Botirbekov so‟zi bilan ifodalangan sub‟ekti mazmuniy jihatdan mazkur ikkinchi darajali predikat uchun ham sub‟ekt bo‟la oladi, ya‟ni Botirbekov eshitmagan. Demak, asosiy va ikkinchi darajali predikatlarning sub‟ektlari umumiy, o‟z referentlariga ko‟ra bir xil. 3.6. Ingliz va O’zbek tillaridagi gerundiyli predikativ qurilmalar va gaplar o’rtasidagi sintaktik sinonimiya. Harakat nomi harakat-holatni predmet sifatida emas, balki jarayon holida bildiradi va shu harakat-holatning atamasi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu shaxssiz fe‟li shakli bir tomondan, mazmunan harakat bildirish, o‟timli- o‟timlisizlik, nisbat, boshqarish kabi fe‟lga xos xususiyatlar bilan xarakterlansa, ikkinchi tomondan, otlashgan holatda qo‟llanishi, turlana olishi bilan xarakterlanadi. Harakat nomi –(i)sh, -(u)v va –moq qo‟shimchalari bilan yasaladi. Ammo – (i)sh qo‟shimchasi bilan yasalgan shakl o‟zbek tilida o‟zining juda keng qo‟llanishi, uslubiy jihatdan xolisligi, leksik-semantik jihatdan murakkabligi bilan boshqalaridan farqlanadi. Harakat nomili tizimlar ham muayyan gapning nominalizatsiya maqsadidagi ko‟chimidan iborat. Tilshunos A.Hojiyev ham –(i)sh qo‟shimchasi bilan yasalgan harakat nomi mustaqil gapga teng tizimni gapning kengaytirilgan biror bo‟lagi vazifasida qo‟llanuvchi tizimlarga aylantirishda ishtirok etishini alohida ta‟kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, A.Hojiyev ham harakat nomili tizimlarni muayyan gapning u yoki bu tarzdagi ko‟chimi sifatida baholaydi. Bunday ko‟chimda mustaqil gapning gap bo‟lmagan tizimga aylanishi barobarida 92 depredikatsiya yuzaga keladi: mustaqil gapda mavjud bo‟lgan predikativ mazmun sezilarli darajada kamayadi, ya‟ni u ikkinchi darajali predikatsiyaga aylanadi. Harakat nomining otlik xususiyati benihoya ortiq, u otga juda ham yaqin. Predikativ mazmun darajasining nominalizatsiya darajasiga teskari nisbatda bo‟lishiga ko‟ra bunday harakat nomili tizimlardagi ikkinchi darajali predikatsiya darajasi juda ham kuchsiz bo‟ladi. Ammo shunga qaramasdan, ikkinchi darajali predikatsiyali harakat nomili tizimlar ham muayyan propozitsiyani, mazmun munosabatini ifoda etadi. Ikkinchi darajali predikatsiyali ana shunday harakat nomili tizimlar ishtirok etgan gap tarkibi ham sintaktik jihatdan soddaligicha qolgani holda uning mazmuniy tarkibi ikki propozitsiyaning qo‟shiluvidan iborat bo‟lib, murakkablashadi. Aytish lozimki, ikkinchi darajali predikatsiyali harakat nomili konstruksiyalar kuchli darajada nominalizatsiyalashganliklari uchun ham deyarli substantiv holatda qo‟llanadi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy mazmun munosabatining “ichiga” muayyan mazmuniy uzv sifatida kiradi. Ikkinchi darajali predikatsiyali harakat nomili tizimlarni 2 guruhga ajratish mumkin: 1) sub‟ekt bo‟lagiga ega bo‟lgan va 2) sub‟ekt bo‟lagiga ega bo‟lmagan harakat nomili tizimlar. Harakat nomili tizimlarning 1-guruhi gapda sintaktik jihatdan ega vazifasini bajarib, asosiy pedikatning sub‟ektini ifoda etishi mumkin, ya‟ni tizimda ifodalangan propozitsiya asosiy propozitsiyaning “ichiga” sub‟ekt sifatida kiradi, uning zaruriy mazmuniy uzviga aylanadi. Bu holat esa mazkur ikki propozitsiyaning zich aloqaga kirishuvi uchun zaruriy sharoit vazifasini o‟taydi. Bunda o‟z sub‟ekt bo‟lagiga ega bo‟lgan harakat nomili tizimning gapda ega vazifasida kela olishi ayni gapda kesim sintaktik o‟rnini egallagan fe‟lning ma‟nosi bilan bog‟liq, ya‟ni har qanday ma‟noli fe‟l ham ayni tizimlarning gapda ega sintaktik o‟rnini egallashga yo‟l qo‟yavermaydi. Chunki bu tizimlar ega sintaktik o‟rnida kelganda, gapning sub‟ekti propozitiv ifodaga ega bo‟ladi. Propozitiv sub‟ektning qo‟llanish imkoniyati esa asosiy predikatning semantikasi 93 bilan chegaralanadi. O‟zbek tilida, misollarning ko‟rsatishicha, shuningdek, umumiy mantiqqa ko‟ra muayyan fizik harakat ifodalaydigan fe‟llar deyarli barcha hollarda propozitiv sub‟ekt qo‟llanishiga imkon bermaydi. Albatta, bu holat propozitiv sub‟ektning mantiqan muayyan fizik harakat uchun bevosita bajaruvchisi bo‟la olmasligi bilan izohlanadi. Kesim o‟rnidagi fe‟lning ma‟nosi umuman fizik harakatdan iborat bo‟lmaganda esa gapda propozitiv sub‟ekt ifodasining qo‟llanishi uchun imkoniyat mavjud bo‟ladi. Masalan, turli hissiy, affektiv holat, umuman, ruhiy faoliyat va shu kabilarni ifodalovchi predikatlar propozitiv sub‟ekt bilan bog‟lana olishi mumkin, chunki ayni holatlar uchun muayyan propozitsiyaning sub‟ekt olishi mantiqiydir. Demak, ana shunday semantikali fe‟llar kesim o‟rnida kelganda, gapdagi ega sintaktik o‟rnini o‟z sub‟ekt bo‟lagiga ega bo‟lgan harakat nomili tizimlar egallashi mumkin. Masalan: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling