O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
II BOB. HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
II BOB. HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA
GAP NAZARIYASINING TALQINI 2.1. Sintaksis nazariyasining tilshunoslik taraqqiyoti hozirgi bosqichidagi holati. Ma‟lumki, sintaksis grammatikaning bir qismi bo‟lib, gapning aytilish maqsadiga, qurilishiga, shakliga va kommunikativ munosabatiga ko‟ra tasniflab o‟rganuvchi fandir. Sintaksis atamasi yunonchadan oligan bo‟lib, u gapning ifodalanish usullarini, so‟zlar o‟rtasidagi sintaktik munosabatlarni hamda gapni bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga ajratib, sintaktik tahlil qilishdan iborat masalalarni o‟z ichiga qamrab oladi. E.Ya.Moroxovskayaning fikricha, sintaktik nazariyalar asosan, 1) an‟anaviy nazariya 2) strukturaviy sintaktik nazariya va 3) transformatsion sintaktik nazariyadan iborat. Ingliz tili sintaksisi tarixiga e‟tibor qaratilsa, sintaksisning asosiy ob‟ektlari sifatida so‟z birikmasi va gap qurilmalarini o‟rganib kelgan. So‟z birikmasi masalasi tilshunoslar o‟rtasida ancha munozarali masalalardan biri bo‟lib, uni sintaksisda o‟rganish kerakmi, yoki u tilning alohida sathimi, yoki leksikalogiyaning ob‟ektimi, degan masalalar hozirgacha davom etib kelmoqda. Keyingi tadqiqotlardan ma‟lum bo‟lishicha, “So‟z birikmalari lingvistik kategoriya sifatida lug‟at qatlamidan o‟rin oladi.” 8 Ushbu tadqiqot natijalaridan anglashiladiki, so‟z birikmalari tilning leksik sathida kuzatilishi lozim. Tilshunoslikda matn lingvistikasi paydo bo‟lgach, sintaksisni ikki turga, ya‟ni kichik sintaksis va katta sintaksisga ajratish maqsadga muvofiqdir. Demak, kichik sintaksis gap va uning turlarini, gap qurilmasida ishtirok etgan sintaktik birliklarning o‟zaro sintaktik aloqalarini, sintaktik birliklarning funksional vazifalarini o‟rganuvchi sintaksisdir. Katta sintaksis esa matn va uni tashkil 8 Doniyeva M. “Ingliz tilida otli so’z birikmalarining derivatsion-funksional va matnni shakllantirish xususiyatlari”. Avto.ref., Samarqand 2012. 32 etuvchi birliklarning pragmatik, kognitiv, lingvomadaniyat, deyktik, stilistik hodisalarini o‟z ichiga qamrab oladi. Kichik sintaksisning asosiy o‟rganish ob‟ekti gap bo‟ladigan bo‟lsa, ma‟lumki, gap bir yoki bir necha so‟zlardan tashkil topgan, tugal fikrni ifodalaydigan, uch belgi, ya‟ni predikativlik, modallik va prosodikani o‟zida mujassamlashtirgan hosiladir. Har qanday gap predikativlik xususiyatiga ega bo‟lishi majburiy shartlardan biridir. Aks holda u gap emas, balki so‟zlar yig‟indisidan iborat bo‟lib qoladi. Predikativlik asosida an‟anaviy grammatikalarda ta‟riflanishicha, ega va kesimdan anglashilgan fikr tushuniladi. Lekin predikativlikni bunday ta‟riflashda ham ayrim nuqson borligi ham seziladi. Chunki, predikativlik nafaqat ega va kesimdan anglashilgan fikrga aytiladi, balki, bir tarkibli gaplarda ham predikativlik mavjudligini aytib o‟tish lozim. Ko‟pgina tilshunoslarning fikricha, predikativlik deganda, asosan, kesim vazifasini bajaruvchi element tushuniladi. Lekin, predikativlik tushunchasi asosan, gapning asosiy mazmuni, tugalligini anglatuvchi elementga nisbatan aytiladi. Modallik deganda, so‟zlovchining aytiladigan fikrga sub‟ektiv munosabati va aytiladigan fikrning real voqelikka bo‟lgan munosabati tushuniladi. Demak, har qanday tugal fikrni anglatuvchi bir yoki bir necha so‟zdan iborat gaplarda modallik mavjuddir. Prosodika ham gapning asosiy belgilaridan biri hisoblanib, har qanday tugal fikrni anglatuvchi so‟z, so‟z birikmasi yoki gap nutqqa ko‟chganda ma‟lum bir ohangda talaffuz etilishini tushunamiz. Ohang nutqning ajralmas tarkibiy qismidir, chunki ohang nutqda gap ma‟nolarini bir biridan ajratib turuvchi vosita hisoblanadi. Demak, gap bu nutq materialidir. Katta sintaksisning ish ob‟ekti matn va uni tashkil etuvchi birliklar, matnning leksik-grammatik vositalari hamda semantik tuzilishi, kommunikativ maqsadiga ko‟ra tasnifi kabi masalalar bilan shug‟ullanadi. Til birliklarining sintaktik tahliliga tilshunoslar turlicha yondashadilar. Bular quyidagilardan iborat: 33 1) Bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga ajratib tahlil qilish; 2) Tema va remani aniqlash usuli bilan tahlil qilish; 3) Bevosita ishtirokchilarga ajratib tahlil qilish; 4) Komponent va sintaksemalarga ajratib tahlil qilish; 5) Derevatsiyalash imkoniyatlari asosida tahlil qilish; Katta sintaksisning asosiy ish ob‟ekti matn tilshunosligi bo‟lib, unda matnni kognitiv nuqtai nazardan tahlil qilish, matnni mazmun jihatdan konseptlarga ajratish kabi jarayonlar kuzatiladi. Ma‟lumki, hozirgi vaqtda matn tahliliga nisbatan pragmatik nuqtai nazardan yondashuv jadal rivojlanmoqda. Sintaksis gap turlari strukturasi haqidagi ta‟limot bo‟lsa, pragmatika lingvistik qurilmalarning tuzilishi, ularning grammatik xususiyatlari va munosabatlarini yorituvchi fan emas, balkigap belgisi va propozitsiyaning matndagi muvofiqligini so‟zlovchi va tinglovchi tomonidan oqilona ta‟minlanishini o‟rganuvchi fandir. Demak, pragmatika ko‟proq nutqiy faoliyat va uning bosqichlarini aniqlash bilan shug‟ullanadi. Ular 3 bosqichdan iborat bo‟lgan harakatlar: lokutiv, illokutiv, perlakutiv. 1) Lokutiv – nutqiy faoliyat ijrosi; 2) Illokutiv – so‟zlovchi va suhbatdosh o‟rtasidagi munosabatlarning ifodalanishi; 3) Perlokutiv – so‟zlovchi nutqining tinglovchiga ta‟siri. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling